Ta’lim sifatini oshirishdagi islohotlar, muommolar va ularning yechimlari



Yüklə 206,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü206,29 Kb.
#164153
  1   2
ta-lim-sifatini-oshirishdagi-islohotlar-muommolar-va-ularning-yechimlari



Ta’lim sifatini oshirishdagi islohotlar, muommolar va 
ularning yechimlari 
 
O.Raupova 
U.A.Maxmonov 
TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan 
islohatlar, ularning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar berilgan. Shuningdek oliy ta’lim 
tizimida kuzatilayotgan ayrim muammolar haqida ham bayon etilgan. 
Kalit soʻzlar: 
oliy ta’lim tizimi, islohot, konsepsiya, muammo, mobillik.
Reforms, problems and their solutions in improving the 
quality of education 
O.Raupova 
U.A.Maxmonov 
Karshi Institute of Irrigation and Agrotechnology of TIAMMI NRU 
Abstract:
This article provides information on the ongoing reforms in the 
higher education system and their importance. It also addresses some of the 
challenges facing the higher education system. 
Keywords:
higher education system, reform, concept, problem, mobility. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish 
yo’lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz hayotida yuz 
berayotgan siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar, shubhasiz, oliy ta’lim 
muassasalari faoliyatiga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Endilikda oliy ta’lim 
muassasalarining vazifasi bo’lajak mutaxasislarga faqat bilim berish emas, balki 
ularning shaxsini shakllantirish, ularda amaliy va kasbiy ko’nikmalarni, malakalarini 
shakllantirish, ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish, ularda kreativlik qobiliyatini 
shakllantirish ham kiradi.
Bugungi 
kunda 
universitetlarning 
ta’lim 
berish 
faoliyati 
yanada 
takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati 
yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush 
kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, mas’uliyatni oʻz 
zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1162


aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta’lim olishni 
eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda [1]. 
Mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga 
intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va 
innovasion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni 
mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini rivojlantirish 
singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim 
tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o’quv 
yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli 
texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb 
qilish, innovasion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini 
tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko’plab aniq yo’nalishlar 
belgilab berilgan [1]. 
2018 yil 5 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan 
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3775-sonli qarori qabul qilindi va unda oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga 
oshirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909 sonli va 2017 
yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda 
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli Qarorlari muhim ahamiyat kasb etib, mazkur hujjatlar 
asosida oliy ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish orqali tayyorlanadigan 
mutaxassislar va oliy malakali kadrlarni jahon intellektual mulk bozorida yuqori 
baholanishini kafolatlovchi yangi sifat darajasiga koʻtarishning 2017-2021 yillarga 
moʻljallangan kompleks dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur doirasida xorijiy 
davlatlarning universitet va institutlarida yuzlab talabalarimizning oʻqishi, va 
aksincha, mamlakatimiz OTMlarida nufuzli xorijiy professor-oʻqituvchilarni ishlashi 
yoʻlga qoʻyildi. Bu yutuqlar asosan oliy ta’limni yangicha tashkiliy shakllari va 
yoʻnalishlariga taalluqli boʻlib, ta’lim sifati va samaradorligi yuksaltirish boʻyicha 
hali koʻplab muammolar oʻz yechimini kutib turibdi. Jumladan, ta’limni 
boshqarishning optimal usullarini ishlab chiqish, maqsadli moliyalashtirish, 
professor-oʻqituvchilar malakasini oshirishning yangi shakllarini joriy qilish, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1163


talabalar bilimini baholash va uni doimiy monitoringini olib borish, ta’lim 
yoʻnalishlari boʻyicha kontrakt mablag’lar miqdorini aholining daromadidan kelib 
chiqqan holda belgilash va h.k [2]. 
Bundan tashqari oliy ta’lim tizimidagi muammolar sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
1) Ayni vaqtda jamiyatning ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlik bilan axborotlar 
oqimi kirib kelmoqda va shiddat bilan tarqalmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda 
qabul qilib olish, ularni tahlil etish va saralab olish, qayta ishlash, umumlashtirish, 
xulosalash hamda eng toʻgʻri ma’lumotlarni talablarga yetkazib berishni yoʻlga 
qoʻyish oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar oldida 
turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi
1
.
2) Mobillik darajasi yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar kontengentini 
shakllantirishni, ularni xorijiy ta’lim va ilm-fan muassasalari, mamlakat ishlab 
chiqarish korxonalari bilan uzviy bog’lanishlarini mustahkamlash
2

3) Oliy oʻquv yurtlari bilan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida 
faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar hamkorligining chuqur va mukammal 
yoʻlga qoʻyilmaganligi. Buning natijasida talabalarning hozirgi zamonaviy 
texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalarga borib, muammosiz va 
qiyinchiliksiz ishlab ketishlarini ta’minlash uchun zaruriy bilimlarga ega boʻlishida 
muammolar yuzaga kelmoqda.
4) Oliy ta’lim tizimida kuzatiladigan muammolardan yana biri, bu 
moddiy-texnik bazaning yetishmasligi va mavjudlarining zamon talablariga mos 
emasligidir. Bu oʻz navbatida darslarning siaftiga salbiy ta’sir etadi, talabalarning 
zamonaviy oʻlchash asboblari, zamonaviy oʻlchash qurilmalari va oʻlchash tizimlari, 
zamonaviy texnik vositalar va boshqalar haqida yetarlicha bilimlarga va amaliy 
koʻnikmalarga ega boʻlmasligiga olib kelmoqda. 
Yuqorida qayd etib oʻtilgan birinchi muammoning yechimi bevosita fan 
oʻqituvchilari va OTM rahbariyati hamkorligida haletilishi mumkin. Bunda fan 
oʻqituvchisi Internet tarmogʻidagi, ijtimoiy tarmoqlardagi va turli axborot vositalari 
yordamida yoritib borilayotgan yangiliklardan, ya’ni oʻzi oʻqitayotgan fan sohasiga 
oid yangiliklar va ma’lumotlardan doimiy tarzda xabardor boʻlib borishi, axborotlarni 
tahlil qilishi va saralab olishi talab etiladi. OTM tomonidan esa bu borada 
oʻqituvchiga tegishlicha amaliy yordam koʻrsatib borilishi va tegishlicha talablar 
belgilanishi kerak boʻladi.
Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarda ta’lim tizimini ishlab 
chiqarish bilan bog’liqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor 
1
N.T.Abullajonova. Oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish usullariga doir. Oliy ta’lim islohatlari: yutuqlar, muammolar, 
yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materaillari toʻplami. 25-26 oktabr 2019 yil. 65-68 betlar.
2
Z.T.Xakimov. Oliy ta’lim islohatlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar va istiqbollari. Oliy ta’lim islohatlari: yutuqlar, 
muammolar, yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materaillari toʻplami. 25-26 oktabr 2019 yil. 3-7 betlar.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1164


qaratilmoqda. Shu sababli oliy oʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalari va xizmat 
koʻrsatish sohasidagi tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikni yanada 
kuchaytirishga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq boʻlar edi. 
Moddiy-texnik bazaning yetishmasligi va mavjudlarining zamon talablariga mos 
emasligi masalasini hal etishda OTM rahbariyati tashabbuskor boʻlishi lozim. Bunda 
kerakli asbob-uskunalarni, jihozlarni faqat chetdan sotib olishnigina emas, balki ichki 
imkonoyatlardan foydalangan holda, iqtidorli professor-oʻqituvchilar va talabalardan 
foydalangan holda ishlab chiqishni ham reja qilish kerak boʻladi. 
Oliy ta’lim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy ma’lumot 
olmoqchi boʻlgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Aniqroq 
aytganda, yoshidan qat’iy nazar, oliy ma’lumotni kunduzgi, kechki va sitqi ta’lim 
shaklida olishga sharoit yaratildi. Ya’ni mamlakatimizning har bir fuqarosi yoshi, 
millati va elatidan qat’i nazar, oʻzining Konstitusion huquqlaridan to’liq foydalanish 
imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tashqari, mehnat staji, ish tajribasiga ega boʻlgan 
fuqarolar oʻzlari ishlayotgan korxonaning yuqori tashkilotlari tavsiyasi bilan 
imtihonsiz, suhbat asosida oliy oʻquv yurtiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. 
Jumladan, kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini 2021/2022 oʻquv yilida davlat 
OTMlarining 
sirtqi 
va 
kechki 
ta’lim 
shakliga 
oʻqishga 
kirishi 
uchun 
Respublikamizdagi 71 ta tashkilotga tavsiya berish huquqi berildi. Ular tomonidan 
berilgan yoʻllanmaga koʻra, ishlovchi xodimlar imtihonsiz, suhbat natijalariga koʻra, 
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilish qoidasining 
kiritilishi xalqimiz uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Har bir tashkilot 100 tagacha 
xodimiga shunday yoʻllanma berishi mumkinligi ham qayd etildi. Oliy ta’lim 
islohotining bu qoidasi bozor munosabatlarining mohiyatiga ham moslandi [3].
Umumiy xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, oliy oʻquv yurtlarida 
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning tayyorlanish sifati qanchalik yuqori boʻlsa, 
ular zamonaviy bilimlarni qanchalik yuqori darajada egallagan boʻlsa, mamlakat 
iqtisodiyotining asosiy boʻgʻinlari boʻlgan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish 
tarmoqlarining rivojlanishiga, takomillashuviga va sifatning oshishiga xizmat qiladi. 
neg yuqori sifatli mahsulot va xizmat jamiyat a’zolarining roziligiga, mazmunli hayot 
kechirishga va mamlakatda tinchlikning ta’minlanishiga olib keladi. 

Yüklə 206,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin