O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

Iqtisodiy 
faoliyat 
yuritadigan 
shaxslarga 
davlat 
huquqiy
kafolatlarini berish bilan cheklanmay, huquqlardan to4la foydalanish
uchun shart-sharoit yaratish, ishbilarm onlar faoliyatiga to'sqinlik
qiluvchilarning tanobini tortib qo4yish bosh m asala hisoblanadi4.
0 ‘zbekiston Respublikasi XXI asrga mamlakatda amalga oshiriladigan 
vazifalarning asosiy yo‘nalishlarini aniq belgilab kirib keldi. Birinchi Prezident
I.A. Karimovning « 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida birinchi ustuvor 
yo‘nalish sifatida mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini 
yanada erkinlashtirish belgilandi. Shu asosda xususiy mulkchilik yetakchi o‘rinda 
turadigan ko‘p ukladli iqtisodni barpo etish maqsadi belgilandi. Buning uchun, 
eng avvalo, erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit yaratish 
zarurligi, kichik va o‘rta biznesni keng rivojlantirish uchun ham ma yo‘lni ochib 
berish Iozimligi ko‘rsatildi.
1 K arim ov I.A. M am lak atim izd a d em okratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jam iyatini
rivojlantirish k o n sep siy a si. - Т.: «O ‘zb ek isto n * , 2 0 1 0 . 48 -b e t.
2 M ir z iy o y e v S h . X a lq im izn in g roziligi b izn in g fa o liy a tim izg a berilgan e n g oliy bahodir. Т.:
« 0 ‘zb ek isto n » , 2 0 1 8 . 2-tom , 3 7 -b et.
3 K arim ov I.A. 0 ‘z b e k isto n n in g o ‘z istiqlol va taraqqiyot y o ‘li. - Т.: « 0 ‘zb ek isto n * , 1 9 92. 4 9 -b et.
4 K arim ov I.A. 0 ‘zb e k isto n n in g siy o s iy , ijtim oiy va iq tisod iy istiq b o lin in g a so siy tam oyillari. - Т.:
« 0 ‘zb ek isto n » , 1 995. 37 -b e t.
159


Uzoq yillar davomida davlat iqtisodni boshqargan, shuning uchun birdaniga 
u nin g iqtisodga aralashuvini cheklash ancha mushkul ish bo‘lishi tabiiydir. 
Dastlabki davrlarda erkin iqtisodiy faoliyat olib borish, tadbirkorlik faoliyatining 
rivojlanishiga to‘sqinliklar uchrab turishi ham tabiiydir. Shu tufayli iqtisodiyotni 
erkinlashtirish, eng avvalo, iqtisodiy faoliyat olib boruvchi subyektlarning 
erkinligini, mustaqilligini ta ’minlash, buning uchun tadbirkorlik faoliyati yo‘lidagi 
to‘siq va cheklashlarga barham berish chora-tadbirlarini nazarda tutadi.
Hozirgi paytga kelib bozor iqtisodiyotining eng muhim yo‘naltiruvchisi 
hisoblangan tadbirkorlik tegishli s u r’atlar bilan rivojlanmayotgani aniq bo‘ldi. 
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida buning sabablarini ko‘rsatib 
berdi. U ning asosiy sababi sifatida ularga erkinlik berilayotganligi, asossiz 
tekshiruvlar ko‘pligi qayd qilindi. 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin