tan olingan va iqtisodiy rivojlangan, farovon turm ushni ta ’minlash qoidalariga
tayanishga harakat qildi. Shu tufayli iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakllardagi
mulk shakllari tashkil qilishi, mulk shakllaridan biri hisoblanuvchi xususiy mulk
davlat tomonidan muhofaza qilinishi Konstitutsiyada m ustahkam lab qo‘yildi.
Ana shu maqsadda Konstitutsiyaning o‘zida va boshqa moddalar hamda boshqa
qonun hujjatlarida tegishli qoidalar belgilandi.
M asalan,
Konstitutsiyaning
53-moddasida
mulkdor
faqat
qonunda
belgilangan tartibda mulkidan
m ahrum etilishi mumkinligi, 36-moddada har bir
shaxs mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi, bankka qo‘yilgan omonatlar sir
tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanishi belgilab qo‘yildi. Juda ko‘p
sonli qonunlarda xususiy mulkni himoya qilish tartibi belgilandi.
Xususiy mulkka zarar yetkazganlik, mulkka bo‘lgan huquqlarni buzish
uchun turli javobgarlik belgilandi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida mulkni bosqinchilik,
tovlamachilik,
talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish,
firibgarlik, o‘g ‘rilik yo‘li bilan egallaganlik (164-169-moddalar) uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan. Bundan tashqari, mulkni qo‘riqlashga vijdonsizlarcha
munosabatda bo‘lish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish,
tran sp o rt vositalarini olib qochish uchun (172, 173, 267-moddalar) jinoiy
javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining bu moddalari avvalgi
tuzumdagi kabi sotsialistik
mulkni qonunsiz egallash uchun alohida og‘irroq jazo, shaxsiy mulk uchun
alohida yengilroq jazo o‘rnatmay, u m um an mulkni nazarda tu tg an va bu xususiy
mulkning bir xilda muhofaza etilishini ko‘rsatadi.
M am lakatim izning yigirma yillik tarixini ko‘radigan bo‘lsak, xususiy
mulkni rivojlantirish yo‘li olib borilayotganligini, bunga misol qilib, tadbirkorlar
huquqining alohida tartibda himoya qilinishi, o‘rta va kichik biznesni
rivojlantirish
choralari ko‘rilayotganligi, ommaviy mulkni xususiylashtirish izchillik bilan
amalga oshirilayotganini ko‘rsatish mumkin.
M am lakatim izda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlar
natijasi
ham mulkka egalik hissini shakllantirishga qaratilganida ko‘rinadi. Amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan kutilayotgan natija mulkka egalik hissini
uyg‘otish ekan, bunga erishishning samarali yo‘llaridan biri mamlakatimizda
tadbirkorlikni rivojlantirish, unga qulay sharoitlar yaratib berishdir. S huning
uchun Prezidentimiz tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
ishlar
jadal davom ettirilishi, faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali
taraqqiyotga, farovon hayotga erishi olishimiz haqida aniq ko‘rsatib berdi1.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi m a’ruzasida bu masalaga alohida
to‘xtalib shunday dedi:
Dostları ilə paylaş: