O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. 0 4zbekiston Respublikasini himoya qilish



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6-§. 0 4zbekiston Respublikasini himoya qilish
va harbiy xizm atni o‘tash
Ko‘p hollarda vatanni himoya qilish, harbiy va muqobil xizmatni o‘tash 
bitta burch deb qaraladi. Aslida, ular boshqa-boshqa burch. Masalan, vatanni 
himoya qilish barcha fuqarolarga tegishli, doimo bo‘lsa, harbiy xizmatni o‘tash 
shu ishga yaroqli fuqarolarga tegishli bo‘lib, u m a’lum vaqt doirasi bilan ham 
chegaralanadi.
151


Konstitutsiyaning 52-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasini himoya qilish -
0 ‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda 
belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», - deb 
belgilangan.
Vatanni himoya qilish muqaddas burch bo‘lib, u fuqarolarning jinsi, yoshi va 
boshqa xususiyatlaridan q at’iy nazar, barcha fuqarolarga taalluqli. Bu burchning 
amal qilish vaqti ham chegaralanm agan, u doimiy amalda bo‘ladi. Vatanni 
himoya qilish burchiga fuqarolar Qurolli Kuchlar safida bo‘ladimi, boshqa 
yerdami, undan q a t’iy nazar, amal qilishi shart. M am lakat ichkarisida ham, 
tashqarisida ham bu burch bajariladi.
M am lak atn in g taraqqiyoti, xavfsizligi, fuqarolar xavfsizligi m am lakatning 
mustaqilligiga bog‘liq bo‘lsa, mustaqillikni saqlash vositalaridan biri - vatanni 
himoya qilish burchining to‘la bajarilishi hisoblanadi.
Harbiy xizmatni o‘tash burchi ham vatanni himoya qilishni maqsad qilib qo‘ysa- 
da, bu burchlarni bajarish shartlari alohida qonunlarda belgilab qo‘yiladi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Mudofaa to‘g ‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy 
xizmat to‘g ‘risida»gi qonunlari bu burchlarni o‘tash sharoitlarini belgilaydi.
Ularda harbiy xizmatga chaqirish uchun belgilangan yosh, so g ‘lig‘iga 
qo'yiladigan talab, majburiy harbiy xizmat muddati, xizmatchilarga yaratiladigan 
shartlar, kimlar harbiy xizmat o‘tashdan butunlay yoki vaqtincha ozod qilinishi 
belgilangan.
Harbiy xizmatga chaqirishda faqat davlat manfaati emas, fuqarolar manfaati, 
oila manfaati e’tiborga olinishi qonunlarda belgilangan. Jumladan, majburiy 
harbiy xizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha, shu ishga yaroqli (sog‘ligi jihatidan) 
fuqarolar jalb qilinadi.
0 ‘quv yurtlarida ishdan ajralgan holda ta ’lim oluvchilar, tergov, surishtiruv 
o‘tkazilayotganda ishga daxldor fuqarolarning harbiy xizmatga chaqirilishi 
kechiktiriladi. Tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tash 
davrida halok bo‘lganlar, yakka-yagona o‘g ‘il farzand bo‘lgan bolalar harbiy 
xizmatdan ozod etiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan majburiy xizmat 
muddatlari ham aniq belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyada belgilangan burchlarni bajarish mamlakat taraqqiyotining 
garovi hisoblanadi. Konstitutsiyada belgilangan burchlarning har biri boshqa 
fuqarolar huquq va erkinliklarini buzmaslik, manfaatiga ziyon yetkazmaslik 
atrof muhitni sog‘lom saqlash, mamlakat iqtisodini rivojlantirish va eng 
muhimi, Vatanni himoya qilish orqali mamlakat mustaqilligini saqlashni ko‘zda 
tutadi. Burchlarni bajarish fuqarolarga havola qilinib, ular ixtiyoriy bajarilmasa, 
majburlov choralari orqali bajariladi. Konstitutsiyada belgilangan burchlarning 
bajarilishi aholining huquqiy ongi, huquqiy bilimiga bog‘liq bo‘lib, undan davlat 
ham, barcha fuqarolar ham manfaatdordir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 225-moddasida: «Harbiy yoki 
muqobil xizmatdan bo‘yin tovlash» uchun jinoiy javobgarlik va jazo belgilangan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin