O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Soliq va yig4m larn i to4lash



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. Soliq va yig4m larn i to4lash
M am lak atim iz d a bozor m unosabatlarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti 
tamoyillarini hayotga tatbiq qilish huquqiy m unosabatlarda yangi jihatlarni 
vujudga keltirdi va ularni Konstitutsiyada m u sta h k am lash zaru rati vujudga 
keldi.
Shu tufayli Konstitutsiyada fuqarolarning yangi huquqlari singari (mulkdor 
bo‘lish huquqi) yangi burchlari ham belgilandi.
4 - § . A tr o f t a b ii y m u h it g a e h t iy o t k o r o n a m u n o s a b a t d a b o ‘lis h
1 5 0


Davlat o‘z ehtiyojlari va fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun 
yetarli iqtisodiy imkoniyatga ega bo‘lishi zarur. Shu maqsadda davlat budjeti 
shakllantiriladi. Davlat budjeti turli manbalardan shakllanib, ular ichida soliqlar 
alohida o‘rin tutadi. Soliqlar to‘lash faqat korxona, tashkilotlarning (yuridik 
shaxslarning) burchi bo‘lib qolmasdan, bunday burch fuqarolarga (jismoniy 
shaxslarga) ham yuklatilgan.
Konstitutsiyaning 51-moddasida: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar 
va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar», - deb mustahkamlangan.
Demak, fuqarolar, albatta, soliq va yig‘imlarni to‘lashi kerak va bu to‘lovlar 
(soliq, yig‘imlar) qonunga binoan amalga oshiriladi.
Soliqlar va boshqa majburiy toiovlarning turlari 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi 23-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, 0 ‘zbekiston 
Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; yer qa’ridan 
foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq; mol-mulk solig‘i; yer solig‘i; obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; transport vositalariga benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qiladi.
Shuningdek, ijtimoiy ja m g ‘armalarga majburiy to‘lovlar; Respublika yo‘l 
ja m g ‘armasiga majburiy to'lovlar; davlat boji; bojxona to‘lovlari; ayrim turdagi 
tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish 
huquqi uchun yig‘im singari majburiy to'lovlar joriy qilingan.
Konstitutsiyada soliqlarni to‘lashning burch qilib belgilanganligi uni 
bajarmaganlik uchun javobgarlikni ham yuzaga keltiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 184-moddasida soliqlar yoki 
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik 
belgilangan.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari shakllanishi natijasida soliq to‘g ‘risidagi 
qonunchilikka ham o‘zgartirishlar kiritilib, soliq tizimini takomillashtirishga
soliq to‘lash yukini yengillashtirishga harakat qilinmoqda. Soliq tizimi 
fuqarolarning daromad manbalari cheklamasligini, ishlab chiqarish orqali va 
boshqacha olinadigan daromadlarning doimiy ortib borishidan manfaatdor 
bo‘lishini nazarda tutadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin