O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Voyaga yetgan, m ehnatga layoqatli farzandlarning



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6-§. Voyaga yetgan, m ehnatga layoqatli farzandlarning
ota-ona oldidagi majburiyati
Voyaga yetgan farzandlarning ota-ona oldida ko‘plab majburiyatlari bo‘lib, 
bu majburiyatlar ota-onaga g ‘amxo‘rlik qilishni nazarda tutadi. Bu burch nafaqat 
Konstitutsiyaviy burch, u xalqimiz qon-qoniga singgan, axloqiy qoidalarga mos 
urf-odatimiz hamdir.
Azaldan ota-onaga g ‘amxo‘rlik qilingan, 
ularni ranjitgan farzandlar 
qoraiangan, qarg‘ishga qolgan, ulardan hamma yuz o'girib, yakkalab 
q o‘y g a n .
Ana shu axloqiy qoida Konstitutsiyada qoida sifatida mustahkamlangach, endi 
noqobil farzandlarni nafaqat qoralash, qarg‘ash, yakkalab qo‘yish emas, qonun 
yo‘li bilan jazolash imkoni tu g ‘ildi.
Konstitutsiyaning 66-moddasida: «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli 
farzandlar o‘z ota-onalari haqida g ‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar», - degan 
qoida belgilandi.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalariga ular 
birgalikda yashaydimi, alohida yashaydimi (qayerda yashashidan q at’iy nazar), 
bundan qat’iy nazar, g ‘am xo‘rlik qilishga majbur.
Farzandning ota-onaga g ‘am xo‘rligi nimalardan iborat? Eng avvalo, ota- 
onaning normal yashashi uchun to‘liq imkoniyat yaratish. Bu turar-joy bilan, 
oziq-ovqat (egulik), kiyim-bosh bilan ta ’minlash. Ota-onalarning so g ‘lig‘i 
haqida g ‘amxo‘rlik qilish, ularni tibbiy xizmatga muhtojligida tibbiy xizmatdan 
foydalanishini ta ’minlash.
Iqtisodiy tomondan g ‘am xo‘rlikning o‘zigina ota-ona ehtiyojini qondirmaydi, 
unga qo‘shimcha ravishda m a’naviy jihatdan ham ota-ona qo‘llab-quvvatlanishi 
kerak.
185


Farzandlar ota-ona ehtiyojini ixtiyoriy ravishda qondirmasa, unda ularga 
majburlov choralari qo‘llaniladi. Moddiy majburlov choralari bu farzandlardan 
ota-ona hisobiga majburiy to‘lov (aliment) undirishdir.
M ehnatga layoqatli, iqtisodiy imkoniyatlari yetarli, turar-joy masalasida 
qiyinchiligi yo‘q farzandlarning ota-onalarini qariyalar uyiga joylashtirishi 
xalqimizda eng yomon uyat ish, oriyatsizlik deb qoralanadi.
Afsuski, xalqimiz m a’naviyatiga xos bo‘lmagan shunday holatlar ahyon- 
ahyonda bizda ham uchrab turadi. Shuning uchun yoshlarga ta ’lim-tarbiya 
berishda, farzandlarning ota-ona oldidagi burchining faqat huquqiy jihatiga 
emas, uning m a’naviy va axloqiy jihatiga ham e’tibor berilib, xalqimizning uzoq 
yillar davomida to‘plagan eng yaxshi hislatlariga tayanish zarur. Farzandlarning 
ota-ona oldida majburiyatini bajarmasligiga faqat yuridik javobgarlik bilan ta ’sir 
qilmay, bu inson xususiyatiga xos bo‘lmagan holat. Eng tuban insonlargina 
shunday qilishi mumkinligini, ota-onasini xoru zor qilgan insonlarning ikki 
dunyoda ham yuzi qora bo‘lishi va eng muhimi, hayvondan farqi bo‘lmasligi 
o‘quvchilarga yetkazilishi kerak.
Oila munosabatlarining konstitutsiyaviy asosda hal qilinishi, Konstitutsiyada 
unga alohida bob ajratilishi, bizda oilaga bo'lgan jiddiy munosabatning isbotidir. 
Oilani mustahkam lash bu jamiyatni mustahkamlash va rivojlantirish ekanligi 
davlatning oilaga bo‘lgan munosabatini belgilovchi asosiy holatdir. Inson o‘z 
salomatligini saqlashga harakat qilganidek, jamiyat ham oilani m ustahkam lashga 
harakat qiladi, chunki jamiyat so g ‘lig‘i oila sog‘lomligiga bog‘liq. Oilalar so g ‘lom 
bo‘lsa, jamiyat ham so g ‘lom bo‘ladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, farzandlarni ota-ona oldidagi burchini 
konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi 0 ‘zbekistonga xos xususiyatdir.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin