O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Ota-onasizlarga davlat g ‘am xo4rligi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. Ota-onasizlarga davlat g ‘am xo4rligi
Davlat ota-onalarga farzandlarini voyaga yetguncha boqish, tarbiyalash 
majburiyatini yuklash bilan birga, ota-onasiz bolalarni boqishni, tarbiya qilishni, 
o‘qitishni o‘z zimmasiga oladi. Bu Konstitutsiyadagi: «Davlat va jamiyat yetim 
bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan m ahrum bo lgan bolalarni boqish,
183


tarbiyalash va o‘qitishni ta ’minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarini 
rag ‘batlantiradi», - degan qoida asosida amalga oshiriladi (64-modda).
Voyaga yetgunga qadar davlat va jamiyat qaramog‘ida bo‘ladigan, ularning 
yordamiga muhtoj bolalar deganda, yetim bolalarni (ota-onasi vafot etgan 
bolalarni), ota-onaning vasiyligidan mahrum bo‘lgan (ota-onalari tashlab ketgan 
yoki ota-onalik huquqidan tegishli tartibda m ahrum qilinganlar) bolalarni 
nazarda tutamiz. Bunday yordamga muhtoj bolalarni davlat turli tadbirlar 
belgilab, m untazam ravishda ular hayotda o‘z o‘rinlarini topishi uchun zaru r 
sharoit yaratib beradi.
Bola ota-onasiz bo‘Isa, «Mehribonlik» uylariga, maxsus m uassasalarga 
joylashtiriladi. Turli sabablarga ko‘ra bolalarning ota-onasidan tarbiya olish 
imkoniyati bo‘lmasa, bola oilalarga farzandlikka beriladi yoki unga voyaga 
yetgunicha vasiylik hamda homiylik belgilanadi.
M amlakatim izda ko‘plab «Mehribonlik» uylari mavjud bo‘lib, ularda yetim 
bolalar voyaga yetgunlariga qadar davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan 
foydalanib, kelajak hayotga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Hozirgi kunda ko‘plab oilalar yetim bolalarni asrab olib, ularning tarbiyasi 
bilan sh u g ‘ullanmoqda.
Bunday tajriba, ya’ni ota-onasiz yetim bolalarni o‘z oilasiga olib farzandlaridek 
tarbiyalash, topganini baravar baham ko‘rish xalqimiz m a’naviyatiga xos bo‘lib, 
urf-odatga aylangan.
Ikkinchi jahon urushi davrida urush natijasida ota-onasidan ajragan 
ko‘plab bolalar 0 ‘zbekistonda o‘z oilalarini topgan. Ayniqsa, oddiy temirchi 
Sh. Shomahmudov 14 nafar yetim bolani tarbiyalab, jahon ahlining tahsiniga 
sazovor bo‘lgan.
0 ‘sha davrdagi yetim bolalarni boquvchi oilalarga davlat e’tibori bilan 
hozirgi kundagi yetim bolalarni tarbiyalovchi oilalarga davlat e’tibori butunlay 
boshqacha. Hozir yetim bolalarni boquvchi oilalar davlat va jamiyat tomonidan 
doimiy ko‘mak olib turadi.
M am lakatim iz aholisi soniga nisbatan boshqa mamlakatlarga qaraganda 
«Mehribonlik» uylari kamligi, bizda ota-onasizlar ko‘plab oilalarda tarbiya olishi 
bilan xarakterlanadi.
Ota-onasiz, yetim bolalarga jamiyat va davlat g ‘am xo‘rligini amalga oshirishda 
turli ja m g ‘armalar ham katta rol o‘ynaydi. Bunday ja m g ‘armalar 0 ‘zbekistonda 
yetarlicha. Bular jumlasiga «Mehr-shavqat va salomatlik», «Sog‘lom avlod uchun» 
ja m g ‘armalari kiradi. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi bu tashkilotlar 
jamiyat nomidan yetim-yesirlarni boqish, tarbiyalash, o‘qitish ishlariga katta 
yordam bermoqda.
Konstitutsiyaga asosan, dunyoga kelgan farzand ota-onasining nasl- 
nasabidan va fuqarolik holatidan q at’iy n azar qonun oldida tengdirlar.
Konstitutsiyaning «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi», -
degan 65-moddasi qoidalari, farzandlarga te n g huquqlilik va teng imkoniyat
184


bo'lishini nazarda tutadi hamda har qanday holda onalik va bolalikning davlat 
tomonidan himoyaga olinishini ko‘rsatuvchi yana bir muhim huquqiy asosdir.
Ota-onasizlar jamiyat va davlatning ko‘magi ostida hayotda o‘z o‘rnini 
topmoqda. Davlat yetim-yesirlarga faqat umumiy ta ’lim olishda imtiyoz va 
imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, ularni ta’limning boshqa bosqichlarida 
qo‘llab-quvvatlamoqda. 0 ‘quv yurtlariga o‘quvchi qabul qilishda ota-onasizlarga 
tegishli hujjatlar asosida imtiyozlar berilgan. Ana shu imtiyozdan foydalanib, 
ko‘plab ota-onasizlar o‘zlari uchun zarur kasblarga ega bo‘lmoqda. Ular o‘quv 
muassasalari tomonidan iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
2006-yilning «Homiylar va shifokorlar yili» deb e’lon qilinishi, u bo‘yicha 
qabul qilingan hujjatlar va belgilangan tadbirlar ota-onasiz bolalarni boqish, 
tarbiyalash, o‘qitish uchun katta imkoniyatlar yaratishni nazarda tutgan edi. Bu 
ham davlat va jamiyatning o‘z vazifasiga jiddiy qarashini ko‘rsatmoqda.
Bozor munosabati natijasida mamlakatimizda mulkdorlar ko‘payib bormoqda, 
ular ham o‘z mablag‘larining ma’lum qismini ihtiyoriy ravishda ota-onasiz 
bolalarning tarbiyasiga sarflamoqda.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin