XVII bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
l-§ . Jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni
Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari uchun alohida bir bobning
ajratilishi ularning jamiyat hayotidagi o‘rni yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Ommaviy axborot vositalari
jamiyatdagi eng kuchli, jamiyat taraqqiyotining
qanday bo‘lishini belgilovchi vositalardandir.
Ommaviy axborot vositalari orqali inson ongiga ta ’sir qilinadi. U orqali
Konstitutsiyada
belgilangan turli fikrlilik, fuqarolarning asosiy huquqlari va
erkinliklari hisoblangan so‘z erkinligi, erkin fikr bildirish ro‘yobga chiqadi.
«Fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy
huquqlarini ta’m inlash rivojlangan demokratik davlat va kuchli
fuqarolik jam iyatini barpo etishning muhim shartidir»1.
Bunda eng muhim vosita ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Shuning
uchun ular oldiga salmoqli vazifalar qo‘yilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari vazifalarini ko‘radigan bo‘lsak, ular:
- aholida tegishli fikrlarni shakllantiradi;
- bo‘layotgan voqealar to‘g ‘risida ma’lumot
berib boradi;
- ko‘p fikrlilik, so‘z, fikr erkinligini ta’minlaydi;
- turli idoralar, siyosiy institutlar
manfaatini ifodalaydi;
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi;
- demokratik jarayonlarning chuqurlashuviga hissa qo‘shadi.
Ommaviy axborot vositalari jamiyat bilan birga rivojlanadi. U davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan, yetarli huquqiy asoslar bilan ta ’minlangandagina o‘z
vazifasini to‘la bajarishi mumkin. Shuning uchun,
ommaviy axborot vositalari,
ularning faoliyati mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan chetda
emas. Ularning faoliyati doimiy takomillashuvga muhtoj.
Keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish,
faoliyatini
takomillashtirish uchun ko‘pgina ishlar qilindi.
Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, matbuot,
televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish,
ularning mustaqilligi va
erkinligini amalda ta ’minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash
borasida oldimizga qo‘ygan besh ustuvor vazifa va yo‘nalishlardan biri etib
belgilanishi, ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida munosib o‘rin
egallashini ta ’minladi.
Ommaviy axborot vositalari mamlakatda
olib borilayotgan islohotlarni,
liberallashtirish siyosatini ta rg ‘ib qilish, ularning mohiyatini aholiga yetkazish
bilan birga, ularning faoliyatiga ham islohotlar, liberallashtirish sezilarli ta’sir
qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: