Yuqoridagilarga e’tibor bersak, eng oddiy xulosa shundan iborat bo‘ladiki,
davlat hokimiyati xalq manfaatiga zid harakat qilmasligi va hokimiyatni qonun
vakolat bermagan hech qanday organ amalga oshirmasligi kerak.
Konstitutsiyani qabul qilish vaqtida Prezidentimiz tomonidan aytilgan:
« 0 ‘zbekistonda davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq bo‘lib, davlat
xalqning irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi»1, - degan so‘zlar
Konstitutsiyada ham o‘z ifodasini topdi va amalda ham namoyon bo‘lmoqda.
Davlat hokimiyati faqat qonun vakolat bergan organlar tomonidan amalga
oshirilishi demokratik huquqiy davlat shartlaridan biridir. Davlat hokimiyati
jamiyat hayotiga kuchli ta ’sir qiluvchi vosita ekan, u ham turli ta ’sirlardan o‘zini
himoya qilishi kerak.
Bu, eng avvalo, boshqa qonunda belgilanmagan organlar va tartibda davlat
hokimiyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymasligi bilan ta ’minlanadi.
Konstitutsiyamizning 7-moddasida: «Konstitutsiyada nazarda tutilm agan
tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini
to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini
tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka
tortishga asos bo‘ladi», deb belgilanib, bu masala huquqiy tomondan hal qilingan.
Bu yerda bir necha harakat qonunsiz hisoblanib, taqiqlangan. Bular, birinchidan,
davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish. Bunda bir hokimiyat organining
boshqa hokimiyat organi vakolatini egallab olishi yoki boshqa tuzilmalar, jamoat
birlashmalari tomonidan hokimiyat organlarining vakolatlarini egallab olishi nazarda
tutilgan. Ikkinchidan, asossiz ravishda hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish
yoki butunlay tugatish. Uchinchidan, Konstitutsiya va qonunlarda ko‘rsatilgandan
tashqari yangi organlar tuzish yoki mavjud organlarga o‘xshash organlar tuzish.
Bunday harakatlar qonunga xilof hisoblanadi. Sababi har qanday qonuniy tuzilmalar
(organlar) faoliyatini to‘xtatish yoki tugatish, vakolatlarini o‘zlashtirish, yangi
organlar tuzish konstitutsiyaviy tuzumga xavf soladi, boshqaruvni izdan chiqaradi,
natijada, fuqarolar xavfsizligiga va barqarorlikka putur yetkazadi.
Bunday
noqonuniy
tuzilmalarni
tuzish,
qonuniy
davlat
hokimiyati
organlarining faoliyatini to‘xtatishga urinish hollari O ‘zbekistonda bo‘lgan.
N amanganda bir guru h kimsalar 90-yillarning boshida o‘zlaricha tartib o‘rnatish
maqsadida qonunsiz tuzilmalar tuzib, hokimiyat organlari vakolatlarini egallab,
jazolovchi o rg an larn in g o ‘rnini bosishga harakat qilishgan. Natijada, N am anganda
beboshlik vujudga kelgan, faqat qonuniy hokimiyat organlarining aralashuvi
natijasida qonuniy hokimiyat organlarining o‘rnini bosishga qaratilgan harakat
o‘z vaqtida to‘xtatilgan va ko‘plab qon to‘kilishlarining oldi olingan.
Hokimiyat vakolatlarini o‘zlashtirish, faoliyatini to‘xtatish yoki tugatish,
noqonuniy tuzilmalar tuzish o g ‘ir oqibatlarga olib kelishi tufayli, ana shunday
holatlarda qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Bunday harakatlar
Dostları ilə paylaş: