4-§. 0 ‘zbekiston xalqi. X alqning jam iyat va davlat hayotidagi
ishtiroki. Xalq nom idan ish olib borish
Konstitutsiyaning 8-moddasida: « 0 ‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar,
0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», degan qoida belgilanib,
unda «xalq» tushunchasiga aniq, qisqa, huquqiy ta ’rif berilgan.
1
Karimov I.A. M amlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 2010. 10-bet.
74
«Xalq» tushunchasini aniqlash huquqiy munosabatlarda muhim o‘rin egallaydi.
Chunki 0 ‘zbekistonda kimlar yashashidan qat’iy nazar davlat boshqaruvida
faqat xalq ishtirok etadi, xalq esa, 0 ‘zbekiston fuqarolaridir. 0 ‘zbekiston fuqarosi
bo‘lmagan shaxslar, ya’ni xorijiy mamlakat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar davlat boshqaruvida, idora ishlarida ishtirok etmaydi. 0 ‘zbekiston xalqi,
ya’ni fuqarolarigina davlat boshqaruvida ishtirok etadi.
0 ‘zbekiston xalqining davlatni boshqarish ishlarida ishtiroki ularning
siyosiy huquqlari hisoblangani uchun bunday huquqlar siyosiy huquqlarga
taalluqli
Konstitutsiya
normalarida
belgilab
qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning
32-moddasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va
davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish
huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar
o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Bu yerda xalqning davlat hayotida ishtirok etish yo‘llari aniq belgilab
qo‘yilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 9-moddasida: «Jamiyat va davlat
hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy
ovozga (referendumga) qo‘yiladi», - deb belgilangan. 0 ‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyingi davrda, haqiqatan ham, eng muhim masalalar xalq
muhokamasiga taqdim etilganligini, shuningdek, referendumga qo‘yilib, hal
qilinganligini ko‘ramiz.
Bularni
misollar
bilan
ko‘rsatish
mumkin.
Agar
Konstitutsiyaning
ijtimoiy hayotdagi o‘rnini ko‘radigan bo‘lsak, undan muhim hech narsa yo‘q.
Konstitutsiya loyihasi ishlangach, u uzoq vaqt xalq muhokamasiga qo‘yildi.
M uhokam a natijasida tushgan fikr-mulohazalar asosida loyihaga ko‘pgina
tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritildi. Muhokama asosida xalq Konstitutsiyani
yaratishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yoki, keyingi vaqtda
qabul qilinayotgan ko‘plab qonun loyihalari, albatta, xalq muhokamasiga qo‘yildi
va ularning istak-mulohazalari qonunlarning qabul qilinishida inobatga olindi.
0 ‘zbekiston mustaqil davlat bo‘lgach, davlat rivojlanish tarixida referendum
degan hodisa (voqelik) uchraydigan bo‘ldi. Uning natijasida, mustaqilligimiz
xalq tomonidan m a’qullandi, Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga
o‘zgartirildi va nihoyat, ikki palatali parlament tashkil qilindi.
Demak, eng muhim masalalarga xalq o‘z munosabatini bildirdi, xalqning
ovozi shu masalalarni hal qilishda asosiy rol o‘ynadi.
Xalq davlat boshqaruvida muhokamalarda, referendumda ishtirok etish bilan
qatnashar ekan, bular haqida aniqroq tushunchaga ega bo‘lish zarur.
Umumxalq muhokamasi nima, umumxalq ovozi (referendum) nima, degan
savollar tez-tez uchrab turadi.
Umumxalq muhokamasida m a’lum bir masala yoki loyiha ommaviy axborot
vositalari orqali e’lon qilinadi. Xalq uni o‘rganib, o‘z istak, mulohaza, takliflarini
ommaviy axborot vositalari orqali bildiradi yoki pochta orqali yoki shaxsan
tegishli organlarga yetkazadi. Muhokamada loyihaning u yoki bu qoida,
75
normalariga o‘zgartirish, biror qo‘shimcha kiritish, mavjud norma, qoidalarni
olib tashlash haqida fikr bildiriladi, qanday fikr-mulohazalarni inobatga olish
yoki rad etish tegishli organ, komissiya vakolatiga kiradi. M uhokam a bir necha
kun, xafta yoki oylab davom etishi mumkin. Muhokamada qancha odam ishtirok
etishi belgilab qo‘yilmaydi.
Umumxalq ovozi (referendum) masalani uzil-kesil hal qilish uchun yoki
qonun loyihasini qabul qilish uchun o‘tkaziladi. Bunda masala ijobiy hal qilinadi
yoki rad etiladi. Referendumda qancha xalq ishtirok etishi, qanchasining ovoz
berishi masalaning hal qilinishini belgilaydi. U saylovdagi kabi ovoz berish
orqali hal qilinadi. Uni saylovdan farqi, saylovda aniq nomzodlarga ovoz berilsa,
referendumda aniq masalaga ovoz beriladi.
Xalq davlat hayotida boshqa usullar orqali ham ishtirok etadi. M asalan:
saylov orqali, davlat organlarining faoliyatini nazorat qilish orqali. Bu masalalar
keyingi mavzularda o‘rganiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasining referendumi
to‘g ‘risida»gi maxsus Qonuni qabul qilingan bo‘lib, unda nima uchun referendum
o‘tkazilishi, referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar doirasi, qanday
hollarda referendum o‘tkazish mumkin emasligi, referendum o‘tkazishning
asosiy prinsiplari va referendum o‘tkazish tartibi belgilab qo‘yilgan.
Qonunga asosan referendum o‘tkazish tashabbusi huquqiga: Respublika
fuqarolari, Oliy Majlisning palatalari, 0 ‘zbekiston Prezidenti ega.
Fuqarolar referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadigan bo‘lsa, bunday
tashabbusni referendumda ishtirok etuvchilarning kamida besh foizi qo‘llab-
quvvatlasa, tashabbus amalga oshiriladi.
Referendum 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi.
0 ‘zbekiston Prezidenti referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan taqdirda,
Oliy Majlisga murojaat etishi yoki referendum o‘tkazish to‘g ‘risida o‘z qarorini
qabul qilishi mumkin.
Referendum o‘tkazishda saylovlar vaqtidagi asosiy prinsiplar, tartiblar
qo‘llaniladi.
Referendum o‘tkazish, uning natijalarini aniqlash, e’lon qilishda M arkaziy
saylov komissiyasi ishtirok etadi.
Referendumda qabul qilingan qaror respublikaning butun hududida majburiy
kuchga ega bo‘ladi va davlat hokimiyati tomonidan tasdiqlanishi sh art emas.
Yuqorida qayd etilganidek, xalq o‘z xohish-irodasini amalga oshirishni davlatga
topshirgan. Bu qonuniy asosga ega. Lekin davlat juda murakkab tuzilma, uni
harakatga keltiruvchi, yurgizuvchi ko‘plab mansablar, organlar mavjud. Xalq
hokimiyatning yagona manbai bo‘lsa-da, ham m a vaqt, ham m a joyda to‘g ‘ridan-
to‘g ‘ri harakat qila olmaydi. Buning imkoniyati ham yo‘q. Shuning uchun, xalq
nomidan harakat qiluvchilar doirasi aniq chegaralab qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasida: « 0 ‘zbekiston xalqi nomidan
faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi
76
mumkin», - deb mustahkamlab qo‘yilgan. Bu sharafli va mas’uliyatli vazifani
Oliy Majlis bilan Prezident mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda
ham amalga oshiradi.
Nima uchun faqat Oliy Majlis va Prezident?
Oliy Majlis ham, Prezident ham xalq vakilligining oliy ko‘rinishi. 0 ‘zbekiston
Oliy Majlisi ikki palatadan iborat bo‘lib, quyi palata - Qonunchilik palatasi
xalq tomonidan bevosita saylangan deputatlardan iborat bo‘lsa, yuqori palata -
S enatning a’zolari - senatorlar xalq saylagan mahalliy Kengash deputatlaridan
va Prezident tayinlagan senatorlardan iborat. Quyi palata deputatlarini saylashda
xalq bevosita ishtirok etsa, Senatni shakllantirishda vakillari orqali ishtirok
etadi. Oliy Majlis oliy vakillik va yagona qonunchilik organidir. Shuning uchun
ularning xalq nomidan ish olib borishi asoslidir.
Prezident - davlat boshlig‘i. 0 ‘zbekistonda Prezident bevosita xalq tomonidan
saylanadi, u xalqdan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri vakolat oladi. Prezidentning bunday
vakolatga egaligi Konstitutsiyaning yana boshqa moddasida ham ko‘rsatilgan:
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi
nomidan ish ko‘radi» (93-modda). Prezidentning ham xalq nomidan, ham davlat
nomidan ish olib borishining m a’nosi bor. Chunki davlat xalq hokimiyatini
tasarruf etuvchi tuzilma bo‘lsa, Prezident xalq saylagan, m a’qullagan davlat
boshlig‘i.
Konstitutsiya xalq nomidan ish olib boruvchilarni aniq belgilab qo‘yar ekan,
shu bilan boshqa hech qanday tuzilma bunday vakolatga ega emasligini ham
ko‘rsatib qo‘ygan. Chunki jamiyatda bulardan tashqari boshqa tashkilot va
tuzilmalar ham mavjud.
Shuning uchun, Konstitutsiyaning 10-moddasi ikkinchi bandida: «Jamiyatning
biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida
shaxs 0 ‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas», — deb qayd
qilingan. Bu qoida jamiyatda o‘zboshimchalikni, jamiyatning buzilib ketishini,
hokimiyat uchun noqonuniy kurashlarning oldini oladi va hech qanday siyosiy
kuchlarga imtiyoz berilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Dostları ilə paylaş: |