O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi: (2020-yil 1-iyulgacha bo‘lgan o'zgartish va



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi: (2020-yil 1-iyulgacha bo‘lgan o'zgartish va
qo‘shimchalar bilan) — Т.: «Yuridik adabiyotlar publish*, 2020.
73


- turli hokimiyat organlari bir-birini nazorat qilib borishini ta ’minlaydi.
Hokimiyatning bo‘linishi prinsipini joriy qilish faqat hokimiyat tuzilmalarini 
normal, yaxshiroq, malakaliroq ishlashini ta’minlash uchungina emas, avvalo, 
bu prinsip hokimiyatni to‘g ‘ri tashkil qilish natijasida fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini to‘la ta’minlash, manfaatlarini kengroq, to'laroq ifodalashni maqsad 
qilib qo‘yadi. Chunki, har bir hokimiyat tuzilmasi o‘z vazifasini to‘la va malakali 
bajarsa, huquq buzilishlariga barham beriladi.
Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi hokimiyat tuzilmalarini bir-biridan xoli, 
mustaqil bo‘lishiga imkon yaratadi. Demokratik davlatda bu, ayniqsa, muhimdir.
Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi aslo davlat hokimiyatining yagonaligiga putur 
yetkazmaydi. Yagona davlat hokimiyati kuchli funksiya va vazifalarni amalga oshirish 
zarurligidan kelib chiqib, uning qonunchilik, ijro etish, sud faoliyatini kuchli, shu 
sohaga ixtisoslashgan organlar olib borishini nazarda tutadi. Ularning mustaqilligi 
esa, o‘zlariga yuklangan vazifalarni to‘la bajarish imkoniyatini yaratadi.
Hokimiyatning bo‘linishi prinsipining qonuniy asoslari mavjud. Bu prinsipni 
yanada kengroq amalga joriy etish uchun ko‘plab qo‘shimcha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda ikki palatali parlamentga o‘tish, quyi Qonunchilik 
palatasini professional asosda doimiy ishlovchi organga aylantirish ham, eng 
avvalo, hokimiyatning boMinishi prinsipini chuqurroq joriy etishni ko‘zlagan.
Olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar ham hokimiyatning bo‘linishi 
prinsipi asosida sudlarning haqiqiy mustaqilligiga erishishni nazarda tutadi.
Davlat hokimiyatining bo‘linishi prinsipini mahalliy davlat hokimiyati organlariga 
nisbatan ham joriy etish mahalliy davlat organlari ishini takomillashtirishga olib 
kelishi haqidagi fikrlar hozirgi kunda o‘z isbotini topmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijro hokimiyatining boshlig‘i 
vakolatining bekor qilinishi hokimiyatning bo'linishi prinsipini yanada kengroq 
qo‘llash imkoniyatini yaratadi.
Demokratiya jarayonlarining rivojlanishi, davlat qurilishi va boshqaruvini 
yanada erkinlashtirish siyosati hokimiyatning bo‘linishi prinsipini yanada chuqur 
qo‘llash imkonini berdi.
Bu haqda Prezident shunday fikr bildirgan: «...davlat hokimiyatining uchta 
subyekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatning yanada mutanosib taqsimlanishini 
ta ’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda»1.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin