Konstitutsiya va qonunlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. U larning
b archa qoidalarining bajarilishi, bu qoidalarning bajarilishi shartligi davlatga,
davlat
organlariga, fuqarolarga, jamoat birlashmalariga, barcha nodavlat
tashkilotlariga taalluqlidir.
Konstitutsiya va qonunning asosiy xususiyati ham ularning qoidalari bajarilishi
shartligidir. Buning uchun jamiyatning barcha a’zolari, tuzilmalari Konstitutsiya
va qonunlarni so‘zsiz tan olishi kerak. Konstitutsiya
va qonunlarni tan olish
uchun ularni bilish zarur. Konstitutsiya va qonunlar jamiyat a’zolariga turli
shakldagi bilimlar berish, tashviqot-targ‘ibot olib borish natijasida yetkaziladi.
Bunda ta ’lim m uassasalari va ommaviy axborot vositalarining roli katta.
Qonunlarni tan olish ularni so‘zsiz bajarish demakdir. Qonunlarni bajarish
majburiy, lekin ular ongli, ixtiyoriy bajarilganda samarasi ko‘proq bo‘ladi.
Konstitutsiya
va
qonunlarning
ustunligi
va
so‘zsiz
tan
olinishi
Konstitutsiyaning o‘zida konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilab qo‘yilgan bo‘lib,
bu m azkur qoidaning ahamiyatini yanada oshiradi (15-modda).
Konstitutsiya
va qonunning ustunligi deganda, ularning norma va qoidalari
boshqa har qanday huquqiy hujjatlardan yuqori turishi tushuniladi. Boshqa
barcha huquqiy hujjatlar farmon, qaror, farmoyish, buyruq, yo‘riqnoma,
nizomlar
ularga mos bo‘lishi shart.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, boshqa qonunosti hujjatlari bilan
Konstitutsiya hamda qonun normalari orasida ziddiyatlar, kelishmovchiliklar
kelib
chiqqanda, Konstitutsiya va qonunlarning amal qilishi bilan ta ’minlanadi.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta ’minlashda, birinchidan, qonunlarni
bilish muhim ahamiyat kasb etsa, ikkinchi muhim sharti,
qonunlarni hurm at
qilishdir. Bunga juda katta va keng qamrovli tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot
olib borish bilan birga, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish orqali erishiladi. Shaxsiy o‘rnak
ko‘rsatish har qanday tashviqot va ta rg ‘ibotdan ham samarali bo‘lishi mumkin.
Har bir shaxs, u mansabdor shaxsmi, davlat xizmatchisimi, oddiy xizmatchimi
yoki oddiy fuqaromi, qonunlarni hurmat qilib,
har qanday holda ham ularni
bajarsa, bu boshqalarga ibrat bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa, mansabdor shaxslarning qonunlarning ustunligini e’tirof etishi va
bajarishi boshqa xodimlarning ham qonunlarga shunday munosabatda bo‘lishiga
olib kelishi mumkin.
Qonunlarni bajarmaslik, ularga rioya qilmaslikni oqlovchi hech qanday
bahona, sabablarning bo‘lmasligi qonun ustuvorligini ta ’minlaydi. Hech narsa,
ya’ni
davlat manfaatimi, jamoat manfaatimi, jamoat birlashmalari manfaatimi
qonun buzilishiga olib kelmasligi kerak.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini so‘zsiz tan olish huquqiy davlatning
sharti hisoblanadi. Bu fuqarolar huquq va erkinliklarini ta ’minlash, ijtimoiy
munosabatlarni to‘g ‘ri
tashkil qilish, konstitutsiyaviy tuzum ning barqarorligini
ta’minlash,
bozor
munosabatlarini
shakllantirish
garovidir.
Dostları ilə paylaş: