davlatning asosiy belgisi - barcha fuqarolarning qonun oldida
ten gligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta’m inlanishidir»1.
Konstitutsiya va qonunning ustunligini so‘zsiz tan olish konstitutsiyaviy
qoida sifatida o‘rnatilgan bo‘lsa-da, hayotda shu qoidaga amal qilmaslik holiari
uchrab turadi. Bu qonunlarni bilmaslik yoki bilib turib unga bepisandlik bilan
qarash shaxsiy hamda idora manfaatlarini ustun qo‘yish natijasida vujudga
keladi.
Idoraviy manfaatlarni ustun qo‘yish natijasida ba’zi qonunosti hujjatlarini
Konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda* qabul qilish holiari uchrab, bu umumiy
manfaatga zarar yetkazishi mumkin.
Shuning uchun Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipini buzish
huquqbuzarlik hisoblanib, javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlashda turli tuzilmalar
ishtirok etib, bunda Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin tutadi.
2-§. Barchaning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq
ish ko‘rishi zarurligi
Bu qonuniylik prinsipidan kelib chiqadi. Qonuniylik prinsipi davlat faoliyati
prinsipi bo‘lib, u ijtimoiy hayotning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiluvchi shartdir.
Qonuniylik prinsipi orqali davlat o‘z faoliyatini yuritib, ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soladi.
Qonuniylik prinsipi - bu barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar,
xizmatchilar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning
qonun hamda boshqa qonuniy hujjatlarga og‘ishmay amal qilishidir. Bundan
qonunlarga amal qilish barchaning vazifasi ekanligi tushuniladi.
Prezident
«Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning
huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom , ichki uyushqoqlik va
m as’uliyat ustuvor boim asa, qonunlar va an’analar hurmat qilinm asa,
Dostları ilə paylaş: