VII bob. TASHQI SIYOSATNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
l-§ . Tashqi siyosat yuritish - davlatning muhim vazifasi
H ar qanday davlatning ichki va tashqi funksiyasi mavjud bo‘lib, bu masala
keng ravishda «Davlat va huquq nazariyasi» fanida o‘rganiladi.
Davlatning tashqi funksiyasi, o‘z
navbatida, tashqi siyosat olib borish
zaruratini vujudga keltiradi. Ayniqsa, hozirgi «globallashuv» davrida to‘g ‘ri
tashqi siyosat olib borish davlatning muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda.
H ar qanday davlatning tashqi siyosati, mamlakat xavfsizligini ta ’minlash,
xalq farovonligiga erishish, jahon hamjamiyatida o'zining munosib o‘rnini
topishiga qaratilgandir.
Tashqi siyosat harbiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni vujudga keltiradi va
mam lakat manfaatiga xizmat qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach, dunyodan ajralib emas,
dunyodagi barcha m amlakatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilish, jahon
hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishiga qaratilgan tashqi siyosat olib bormoqda.
0 ‘zbekistonning tashqi siyosati o‘zaro hurmat, manfaatlar muvozanatiga
asoslanadi.
Yuqorida tilga olingan tashqi siyosatning asosiy vazifasi milliy xavfsizlikni,
fuqarolar xavfsizligini ta ’minlash, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun
jahondagi
imkoniyatlardan foydalanish, xorijiy mamlakatlarda qulay bozorlar
topish hisoblanadi.
Shu maqsadda (mudofaa maqsadida) 0 ‘zbekiston o‘z Qurolli Kuchlarini
shakllantirdi. Ularni zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta ’minladi. Bu borada
boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Tashqi siyosat natijasida chet el investitsiyalarining 0 ‘zbekistonga kelishi
uchun imkoniyat va sharoitlar yaratildi. Ko‘plab xorij davlatlarning korxona va
tashkilotlari bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilindi va bu ish davom etmoqda.
0 ‘zbekistonning tashqi
siyosati
insonparvarlikka
asoslangan.
Uning
natijasida mamlakatimiz turli tabiiy ofatlarga uchragan
davlatlarga iqtisodiy
yordam ko‘rsatdi.
0 ‘zbekistonning tashqi siyosatidagi eng asosiy masala qo‘shni davlatlar bilan
tinch-totuv yashash, keng hamkorlik qilish hisoblanadi. Lekin bu 0 ‘zbekistonning
uzoqda joylashgan mamlakatlar bilan aloqasiga to‘sqinlik qilmaydi. Hozirgi
kunda 0 ‘zbekiston dunyoning barcha joylarida, Afrika, Amerika, Evropada
joylashgan davlatlar bilan o‘zaro manfaatdorlikda hamkorlik qilmoqda.
0 ‘zbekistonning tashqi siyosatini belgilashda, yuritishda Oliy Majlis va
Prezident tegishli vakolatlarga ega. Masalan, Oliy
Majlis Konstitutsiyaning
78-moddasining
tegishli
bandlariga
binoan,
tashqi
siyosatning
asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi hamda davlat strategik dasturlarini
qabul qiladi; xalqaro
shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qiladi; Prezidentning urush e’lon
90
qilish to‘g ‘risidagi farmonini tasdiqlaydi; Oliy Majlis Senati chet davlatlardagi
diplomatik hamda boshqa vakillarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashqi siyosat sohasida quyidagi vazifa
hamda vakolatlarga ega: 0 ‘zbekistonning
suvereniteti, xavfsizligi va hududiy
yaxlitligini muhofaza etishga doir choralarni ko‘radi; xalqaro muzokaralar
olib boradi, shartnoma, bitimlarni imzolaydi, ular asosidagi majburiyatlarning
bajarilishini ta ’minlaydi; diplomat va boshqa chet el vakillaridan ishonch
yorliqlarini qabul qiladi; diplomat va boshqa vakillarni tayinlash uchun Senatga
taqdim etadi; tashqi siyosatning eng muhim masalalari yuzasidan Oliy Majlisga
m a’ruza taqdim etadi; tashqaridan hujum yoki tajovuz bo‘lganda yoki mudofaa
qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatidan kelib chiqib, zarurat bo‘lsa,
urush holati e’lon qiladi. Oliy Majlis va Prezidentning xalq nomidan tashqi
aloqalarda ishtirok etishini avvalgi boblarda aytib o‘tgan edik.
Tashqi siyosatda Vazirlar
M ahkamasi ham ishtirok etib, Konstitutsiyaning
98-moddasiga asosan, Prezidentning topshirig‘iga binoan Bosh vazir xalqaro
munosabatlarda Vazirlar M ahkamasi nomidan ish ko‘radi.
Tashqi davlat siyosatini yo‘lga qo‘yish va olib borishda 0 ‘zbekiston Tashqi
ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi muhim rol
0
‘ynaydi1.
Dostları ilə paylaş: