davlatlarning 0 ‘zbekistonning shu tashkilotga qabul
qilinishini yoqlab ovoz
berishi o‘z-o‘zidan O ‘zbekistonni tan olishidir.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston dunyodagi eng nufuzli xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlarning jumladan, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti,
Q o‘shilmaslik harakati,
Parlamentlararo Ittifoq, Interpol, Xalqaro olimpiya
qo‘mitasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zosidir.
0 ‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi yo‘li xalqaro iqtisodiy, savdo,
moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikka qaratilgandir. Shu asosda jahondagi
en g nufuzli moliya tashkilotlari va banklari bilan hamkorlik o‘rnatilgan.
0 ‘zbekistonning davlat suverenitetiga ega bo‘lishi
uning mustaqil tashqi
siyosat yuritishiga imkoniyat yaratdi va davlatning suverenligi tashqi siyosat
olib borishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
0 ‘zbekistonning xalqaro huquqning to‘la huquqli subyekti sifatidagi
xususiyatlari quyidagilarda yaqqol ko‘rinadi:
- xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning teng huquqli a’zosi sifatida tan
olinganligi;
- ko‘plab xorijiy m amlakatlar bilan diplomatik va konsullik munosabatlarini
o‘rnatganligi;
- 0 ‘zbekistonning jahonda mavjud eng
muhim xalqaro shartnom a va
konvensiyalarga qo‘shilganligi, ko‘plab ikki tomonlama shartnom a va kelishuvlar
ishtirokchisi ekanligi;
- mamlakatda xalqaro hamkorlikning huquqiy ba’zasi yaratilganligi.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekistonning dunyodagi eng muhim muammolarni
hal qilish bo‘yicha, masalan, xalqaro
terrorizmga qarshi kurashish, narkotik
moddalarni tarqatishga to‘sqinlik qilish, Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga
aylantirish, Afg‘onistondagi ahvolni tinch yo‘l bilan hal qilish, Orol dengizi
havzasidan vujudga kelayotgan oqibatlarni bartaraf
etish va boshqa taklif,
tavsiyalari xalqaro miqyosda foydali takliflar sifatida e’tirof etilmoqda.
0 ‘zbekistonning davlat suverenitetiga ega bo‘lishi, u orqali mustaqil tashqi
siyosat yuritishi natijasida xalqaro huquq subyekti sifatida faoliyat yuritishi,
albatta, sharafli ish. Lekin, 0 ‘zbekistonning xalqaro huquqning subyekti sifatida
namoyon bo‘lishi uning zimmasiga katta m as’uliyat ham yuklaydi. Ya’ni,
xalqaro huquqning to‘la huquqli subyekti sifatida xalqaro tashkilotlarga qabul
qilingan, ko‘p
tomonlama, ikki tomonlama shartnomalarda ishtirok etayotgan
ekan, mamlakatimiz oldida shu shartnom alarni bajarish yuzasidan ko‘plab
majburiyatlar ham vujudga keladi. Ularning qay darajada bajarilishiga qarab
jahon hamjamiyatida mamlakatimizga baho beriladi, shu orqali uning jahondagi
o‘rni aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: