faqat qonunlarga rioya qiladi. Qonunlarni bevosita o‘zlari bajaradi yoki ularning
bajarilishi choralarini ko‘radi.
Qonuniylik prinsipi osoyishta hayot, rivojlanish va taraqqiyot, yuksak turm ush
tarzi ozuqasidir. Qonuniylik prinsipi amal qilganda xavfsizlik, fuqarolarning
huquq va erkinliklari ta ’minlanadi. H ar bir fuqaro o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Jam iyat va fuqarolar farovonligining muhim shartlaridan biri bozor
munosabatlari bo‘lsa, ana shu munosabatlarda ham qonuniylik prinsipi amal
qiladi.
D avlatning
iqtisodiy
sohaga
aralashuvini
cheklovchi,
tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlovchi, mulk shakllarining tengligini ta ’minlovchi, iste’molchilar
huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarga amal qilish - qonuniylik prinsipining
ajralmas qismidir.
Oila m unosabatlarining Konstitutsiya va qonunlar bilan tartibga solinishi,
shu qonunlarga rioya qilish zarurligi qonuniylik prinsipi
doirasining juda ham
kengligini ko‘rsatadi.
Qonuniylik prinsipiga amal qilish qonunlarning obro‘sini kuchaytiradi.
S huning uchun jamiyat a’zolarini faqat qonunlarni hurmat qilish ruhida
tarbiyalash o‘ta muhimdir. Bunda ham eng ta ’sirli, samarali chora shaxsiy
o‘rnakdir.
Barcha mansabdorlar, xizmatchilarning mansab darajasidan, jamiyat
va davlat oldidagi xizmatlaridan q at’iy nazar, qonunlarga rioya qilishi oddiy
fuqarolar uchun katta o‘rnak va saboq bo‘ladi.
0 ‘zi qonunlarga rioya qilmaydigan, uni har damda buzadigan,
chetlab
o‘tadigan rahbarlarni, boshqalarning qonunga rioya etishi haqidagi da’vati,
ko‘rsatm asi hech qanday natija bermaydi.
Qonuniylikka erishishning ko‘plab vositalari qatorida har qanday qonun
buzilishiga (u kattami, kichikmi) tegishli chora ko‘rish muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatda qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik
kayfiyatini shakllantirish, qonun buzilishlariga qarshi ko‘rilayotgan choralarni
ommaviylashtirish, qonuniylikni ta ’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Bu, eng avvalo, qonuniylik prinsipining amaliy ifodasidir. Qonunlar turli
qoidalarni o‘rnatadi. Qonun qoidalari xalq xohish-irodasining hujjatda aks
etishidir. Ana shuning
uchun ham ularga amal qilish, qonunlarga muvofiq ish
olib borish zarurdir.
Rivojlangan m amlakatlarning tajribasiga nazar solsak, albatta, shu
mamlakatda davlat faoliyati, uning organlari faoliyati, mansabdor shaxslar
va xizmatchilar faoliyati, jamoat birlashmalari, barcha nodavlat tashkilotlari
qonunlarga muvofiq ish ko‘rganining guvohi bo‘lamiz.
Qonunga amal qilish rivojlanish va farovonlik
garovi ekanligi tajribada
isbotlangan. Shuning uchun Konstitutsiyaning 15-moddasida: «Davlat, uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va
8 6
qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», - degan qoida o‘z o‘rnini topgan. Bu qoidani
qonuniylik prinsipining asosiy sharti deyish ham mumkin.
Jahon davlatchilik tajribasiga o‘zining m a’lum hissasini qo‘shgan milliy
davlatchiligimiz rivojlanish tarixida ham qonun va belgilangan tartib-qoidalarga
amal qilish muhim hisoblanganligi ma’lum.
Sohibqiron Amir Temur davlatining rivojlanishi tartib-qoidalarga amal qilish
natijasida bo‘lganligi, keyinchalik u barpo etgan saltanatning
tarqalib ketishi va
nihoyat mustamlaka asoratiga tushib qolishimizda qonun-qoidalarga rioya qilish
susayganligi sabablardan biri bo‘lgan.
Qonunlarga muvofiq ish koYmaslik, oqibat natijada, har qanday davlat
organlari faoliyatining buzilishiga olib kelib, bu davlat organlariga nisbatan
ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
Qonunlarga rioya qilmaslik kimgadir ma’lum vaqt yoki muddat davomida
manfaat keltirishi mumkin. Lekin keyinchalik esa bu katta zararlar keltirishi,
fuqaro, xalq manfaatiga katta ziyon yetkazishi mumkin.
Qonunga rioya etish
barcha organlar uchun zarur, ayniqsa, bu huquq-tartibot
organlari, qonuniylikni ta ’minlovchi organlar faoliyatida o‘ta zarurdir.
Qonunlarda inson hayoti, sog‘lig‘i, boyligi, xavfsizligi haqidagi qoidalar
belgilangani uchun ularga rioya qilmaslik inson hayoti, sog‘lig‘i,
xavfsizligi,
boyligiga katta zarar yetkazadi. Qonun hujjatlariga rioya qilmaslik faqat bir
rasmiy hujjatni bajarmaslikning o‘zi emas, u inson, uning huquq va erkinliklari,
sha’ni, qadr-qimmati, xavfsizligi, mol-mulkiga taalluqli bo‘lganligi uchun ularga
amal qilmaslik yuqoridagilarning barchasiga tajovuzdir.
Jamiyatda qonunlarni qabul qilish asosiy maqsad emas, unga amal qilish
asosiy maqsad bo‘lib qolishi zarur. Shuning uchun ham Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etish zarur. Bu konstitutsiyaviy burch ham hisoblanadi. Rioya
etish ixtiyoriy amalga oshirilmaganida majburlov choralari orqali ta ’minlanadi.
Qonuniylikda yana bir muhim masala boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning
Konstitutsiyaga zid kelishi mumkin emasligi boiib, bu qoida Konstitutsiyaning
16-moddasida o‘z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: