chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda « 0 ‘zbekiston
Respublikasining
Fuqaroligi to‘g ‘risida»gi 2020-yil 13-martdagi Qonun kuchga kirguniga qadar
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga 0 ‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida
yashab turgan
shaxs istak bildirgan taqdirda, 0 ‘zbekiston Respublikasining
fuqarosi deb tan olinishi belgilangan. Ularning bolalari ham 0 ‘zbekiston fuqarosi
deb tan olinadi.
Qonun ayrim sabablar bilan fuqarolik yo‘qotilganda,
fuqarolikni tiklash
tartibini ham belgilaydi1.
4-§. Fuqarolikni tugatish
Fuqarolik - davlat tomonidan tartibga solinadi. Shuning uchun bu haqdagi
qonun fuqarolikka ega bo‘lish
asoslari, bu boradagi imtiyozlarni belgilash bilan
birga, fuqarolikni tugatish asoslarini ham belgilab qo‘ygan. Qonunning 4-bobi
shu masalalarni tartibga soladi.
Q onunning 23-moddasiga ko‘ra fuqarolik 2 xil asosda tugatilishi mumkin:
a) 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish;
b) 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish.
Fuqarolikdan chiqish ixtiyoriy bo‘lib, u shaxsning tegishli
organlarga bergan
iltimosi asosida amalga oshiriladi. Iltimosnomaga quyidagi hujjatlar ilova
qilinadi: so‘rovnoma, pasport va (yoki) yashash guvohnomasi,
nikoh tuzilganligi
yoki bekor qilinganligi to‘g ‘risidagi guvohnoma, iltimosnomada bola ko‘rsatilgan
bo‘lsa, uning tu g ‘ilganlik to‘g ‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa
pasporti, davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g ‘risida hujjat.
Ariza beruvchining 0 ‘zbekiston fuqrosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi va
qaram og‘ida boshqa shaxslar bo‘lsa, ularning mulkiy e’tirozi yo‘qligi
haqida
notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilishi shart.
0 ‘zbekiston fuqarosi quyidagi hollarda fuqaroligini yo‘qotadi:
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga,
huquqni
muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga
xizmatga
kirganligi oqibatida;
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz
doimiy konsullik hisobiga turm ag an bo‘lsa;
v) agar 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on
ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan
bo‘lsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan
holda
yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat
hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;
Dostları ilə paylaş: