1 «Xalq so'zi», 2020-yil 26-iyun.
106
Xalqaro huquq qoidalarini e’tirof etish mamlakatimizdagi chet el fuqarolari
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga barcha shaxsiy, iqtisodiy huquqlaridan
foydalanishga imkoniyat yaratilganligini bildiradi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yashash, daxlsizlik,
vijdon erkinligi, mehnat qilish, bilim olish va hokazo huquqlarga ega va ular
davlat tomonidan ta’minlanadi.
Sud organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chet el
fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham huquqlarini ta’minlash,
himoya qilish vazifasi yuklatilgan.
0 ‘zbekistonda istiqomat qiluvchi va boshqa sabablar bilan 0 ‘zbekistonda bo‘lib
turgan chet el fuqarolarining huquqlari shu mamlakatlarning 0 ‘zbekistondagi
vakolatli organlari tomonidan ham qo‘shimcha himoya qilinadi, ta’minlanadi. Bu
borada xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilinadi.
Yuqorida tilga olingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson
huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mamlakatimizda yashayotgan chet
el fuqarolari va fuqaroligi b olm agan shaxslarning huquqlarini ta ’minlashda
ishtirok etadi. Unga bu borada tegishli vakolatlar va vazifalar yuklangan.
«Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g ‘risida»gi
Q onunning 2-moddasiga asosan, u 0 ‘zbekistonda yashayotgan chet el fuqarolari
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari buzilishi yuzasidan berilgan
shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Shikoyat yuzasidan, uni hal qilish maqsadida o‘z
tekshiruvini o‘tkazadi. Shikoyat asosli bo‘lsa, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi
bo‘lmagan shaxsning talabi qondiriladi, bu esa, uning huquqi buzilishining oldini
oladi yoki huquqi buzilgan bo‘lsa, buzilgan huquqi tiklanadi.
7-§. Fuqarolik m asalasi bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari
Fuqarolik masalasi konstitutsiyaviy institut bo‘lganligi uchun unga taalluqli
ko‘pgina masalalar Konstitutsiyada belgilangan, bularga yuqorida to‘xtalib o‘tdik.
Fuqarolik masalalarini hal qilishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti alohida
rol o‘ynaydi. Konstitutsiyamizning Prezidentning vazifa hamda vakolatlari
belgilangan
93-moddasi
22-bandida
Prezidentning Respublika
fuqaroligi
masalasini hal qilish vakolati ko‘rsatilgan.
«Fuqarolik
to‘g ‘risida»gi
Qonunga
asosan,
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti respublikamiz hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mamlakat fuqaroligiga qabul qilish to‘g ‘risida;
chet ellarda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan
taqdirda ularni 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g ‘risida;
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash to‘g ‘risida; 0 ‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligidan chiqarish to‘g ‘risida; 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish
to‘g ‘risida qarorlar qabul qiladi.
107
Qonunda fuqarolik masalasini hal etishda ichki ishlar organlari va chet
davlatda faoliyat yurituvchi konsullik muassasalari ishtirok etishi belgilangan.
Ular shaxslardan 0 ‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan
chiqish masalalariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g ‘risida iltimosnomalarni
qabul qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni fuqarolik masalalarini
hal qilishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari
komissiyasiga alohida o‘rin ajratilgan. Komissiya 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
0 ‘zbekiston
Respublikasining
fuqaroligi
masalalarini
hal
etishga doir Konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida besh
yil muddatga tuziladi. Komissiya maslahat-ko‘maklashuvchi organ hisoblanib,
u n in g tarkibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya rais, rais o‘rinbosari, kotib va Komissiyaning boshqa a’zolaridan
tarkib topadi. Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va boshqa a’zolari uning
ishida jamoatchilik asosida ishtirok etadi. Komissiyaning reglamenti Prezident
tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib
chiqish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan
takliflar kiritish;
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik
masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
0 ‘zbekiston
Respublikasining fuqarolik
to‘g ‘risidagi
qonun
hujjatlari
ijrosini tahlil qilish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga m azkur yo‘nalishda
aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish;
fuqarolik masalalari bo‘yicha xalqaro amaliyotni va ilg‘or xorijiy tajribani
o‘rganish.
Komissiya:
- yurituvida turgan ish yuzasidan tegishli davlat organlaridan 0 ‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligi
masalalari
bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va
materiallarni talab qilib olish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha normativ-
huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish, tegishli takliflarni 0 ‘zbekiston
Respublikasining Prezidentiga kiritish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan zaru r
bo‘lgan qo‘shimcha axborot olish uchun o‘z majlislariga davlat organlari va
boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif etish va qonunda ko‘rsatilgan boshqa
huquqlarga ega.
Komissiyaning zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida ikki m arta
o‘tkaziladigan majlislari Komissiya ishining tashkiliy shaklidir.
Komissiyaning majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir.
108
Komissiya majlislarida 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
raisi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri va 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda
muhokama etiladigan masalalar yuzasidan m a’ruza qilishi mumkin.
Komissiya qarori majlisda hozir bo'lgan Komissiya a’zolari umumiy sonining
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Har bir mamlakatda yashayotgan shaxslarning mamlakat fuqarosi bo‘lishi
ularning taqdiriga ta ’sir qiladi. Faqat mamlakat fuqarolarigina mamlakat siyosiy
hayotida to‘laqonli ishtirok etadi va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kuchli himoyalanadi.
Shuning uchun davlatning fuqarolikka qabul qilish siyosati ham, uning
demokratik, insonparvarlik xususiyatini namoyon qiladi.
Shu sababli keyingi vaqtda mamlakatimizda fuqarolikka qabul qilish keskin
ko‘paygani ijobiy holdir.
Mamlakatimizda
1991-2007-yillarda
482
nafar
shaxs
0 ‘zbekiston
fuqaroligiga olingan bo‘lsa, 2007-yildan 2016-yil dekabr oyiga qadar biror kishiga
ham fuqarolik berilmagan. 2016-yildan 2020-yil 17-martgacha 13000 nafardan
ortiq shaxsga 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Amaldagi qonunga
asosan esa, mamlakatimizda yashayotgan 91500 nafar fuqaroligi bo‘lmagan
shaxsning 47500 nafari qisqa muddatda fuqarolikka o‘tish imkoniyati tu g ‘ildil.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida
50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog‘liq uzoq yillardan
buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etilganligini qayd etdi2.
Dostları ilə paylaş: |