0 ‘zbekistonda siyosiy institutlar va fikrlar xilma-xilligi Konstitutsiyada hech
qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas,
degan qoida
asosida kafolatlanadi. Biror-bir mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilsa,
unda fikrlar xilma-xilligi to‘g ‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Chunki bunga
hukmron mafkura aslo yo‘l qo‘ymaydi.
6-§. 0 4zbekistonda demokratiya prinsiplari va shakllari
Ijtimoiy hayotda eng ko‘p ishlatiladigan so‘z demokratiya bo‘lib, uning
lug‘aviy m a’nosi yunoncha «democratia»
- xalq hokimiyati, «demos» - xalq,
«kratos» - hokimiyat so‘zidan kelib chiqadi.
Hozirgi davrda mazkur atama asl ma’nosiga ta ’sir qilmaydigan tarzda, turli
tushunchalarga tatbiq qilinadi. Ba’zi manbalarda demokratiyaga xalq hokimiyati
siyosiy liberalizmga, fuqarolar tinchligi va erkinligiga
asoslangan inson
huquqlaridan mahrum qilmaydigan davlat tuzilmasining shakli sifatida qaralsa1,
ba’zi manbalarda demokratiyaga xalqni hokimiyat manbasi sifatida e’tirof etgan
siyosiy tu z u m 2, deb qaraladi.
Har ikki tushuncha ham demokratiyaning mazmunini ochib beradi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
demokratiyaga
hozirgi
zamon
talablaridan, milliy xususiyatlardan kelib chiqib quyidagi ta’rifni beradi:
«Haqiqatan ham, demokratiya faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo‘lib
qolmay, shu bilan birga, xalqning turm ush tarzi va uning butun ruhiyati,
a n ’analari,
madaniyati, psixologiyasining xususiyatlari hamdir»3.
Konstitutsiyamizning 13-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasida demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti,
erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya
qilinadi», - deb belgilangan.
Demokratiya to‘g ‘risida turli fikrlar bo'lgani singari uning belgilari, prinsiplari
to‘g ‘risida ham shuncha fikrlar mavjud. Ayrim manbalarda demokratiyaning
belgisi, prinsiplari qatoriga ko‘pchilik hokimiyati va
unda ozchilikning huquqini
hurmatlash; asosiy davlat organlarining saylab qo‘yilishi; fuqarolarning erkinligi
va siyosiy huquqlarining mavjudligi; qonun ustuvorligi; hokimiyat bo‘linishi
prinsipining mavjudligi ko‘rsatilsa, boshqa manbalarda bularga qo‘shimcha qilib,
hukum atning
xalq irodasi bilan tuzilishi; fuqarolar huquq va erkinliklarining
kafolatlari mavjudligi; erkin va halol saylovlarning mavjudligi;
odil sudlovning
mavjudligi; hukumatni konstitutsiyaviy cheklashning mavjudligi; ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy liberalizm mavjudligi ko‘rsatiladi. Bular demokratiyaning qay
darajada ekanini ko‘rsatuvchi belgilar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: