fuqarolari o‘z m ablag‘larini saylov uchun ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin.
Bu mablag‘larni M arkaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi davrida
foydalanish uchun qabul qiladi (98-modda).
Bu normalarni mazmunidan kelib chiqilsa, birinchi, saylovning xarajatlari
davlat hisobidan,
uning budjetidan qoplanadi; ikkinchi, nomzodlarni boshqacha
tarzda qo‘llab-quvvatlash mumkin emas; uchinchi, saylov o‘tkazish uchun
ixtiyoriy mablag4 o‘tkazish mumkin, lekin bu biror partiya yoki nomzod uchun
emas, um um an, saylov uchun bo‘ladi, undan Markaziy
saylov komissiyasi teng
foydalanishni belgilaydi.
Bunday tartibning o‘rnatilishi saylanadigan Prezident va deputatlar hech
qanday kuchlarga, tashkilotlarga qaram bo‘lib qolmasligini ta’minlaydi.
Siyosiy
partiyalarning
vakillik
organlariga
saylovda
ishtirok
etishini
moliyalashtirish tartibi «Partiyalarni moliyalashtirish to‘g ‘risida»gi Qonunning
8-moddasida va Kodeksning 100-moddasida belgilangan. Yuqoridagilarga qo‘shimcha
sifatida mazkur moddada siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasiga saylovda
ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir
deputatlikka nomzod hisobiga to‘g ‘ri keladigan miqdori Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan belgilanadi. Davlat mablag‘lari shu partiyadan
Qonunchilik palatasi
deputatligiga nomzodlar ko‘rsatilgach, ro‘yxatga olingan
nomzodlar soniga muvofiq
hammada siyosiy partiyaning hisob-kitob varag'iga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Q onunning shu moddasida ajratilgan mablag‘lardan siyosiy partiyalar
qanday va nima uchun foydalanishi ham ko‘rsatib qo‘yilgan.
Saylov yakunlari bo‘yicha siyosiy partiya Qonunchilik palatasida partiya
fraksiyasi tuzish uchun zarur miqdorda (9 kishi) deputatlik o‘rnini ololmasa,
shu siyosiy partiyaga saylovda ajratilgan davlat mablag'lari partiyaning boshqa
mablag‘lari hisobidan davlat budjetiga qaytarilishi kerak.
Saylov tizimida saylov jarayoniga bog‘liq, lekin o‘zi alohida vaqtlarda
vujudga keladigan hamda o‘zining tegishli bosqichlardan iborat jarayoni mavjud
bo‘lgan voqea - saylov instituti bo‘shab qolgan o‘rinlarga
deputatlar saylovini
o‘tkazishdir.
Vakillik organlarining vakolat muddati besh yil. Shu muddat davomida turli
sabablar bilan deputatlik o‘rinlari bo‘shab qolishi mumkin, masalan:
- deputat vafot etsa;
- deputatning vakolati haqiqiy em as deb topilsa;
- deputat chaqirib olinsa;
- boshqa m amlakat fuqaroligini olsa yoki yashash uchun boshqa
m am lakatga ketsa;
- deputatlikni istisno qiladigan boshqa ishga o‘tsa, Qonunchilik palatasi
deputati boshqa haq to‘lanadigan ishlarga tayinlansa, saylansa, deputat vakolati
muddatidan oldin to‘xtagan hisoblanadi.
Prezidentning vakolati Konstitutsiyaning 96-moddasida ko‘zda tutilgan
holatda muddatidan avval to‘xtatilishi mumkin.
232
Yuqoridagi holatlar yuzaga kelsa, Markaziy saylov komissiyasi Prezident
saylovini va alohida okruglar bo‘yicha Qonunchilik palatasi
deputatlari saylovini
tayinlaydi. Mahalliy Kengash deputatlari saylovi esa, tegishlicha viloyat, tuman,
shahar Kengashi tomonidan saylov o‘tkazilishiga bir oy qolganda tayinlaydi.
Prezident saylovi uch oy ichida o‘tkaziladi. Saylovlar saylov qonunlarining
barcha talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Deputatlar saylovi bir oy ichida
o‘tkazilishi munosabati bilan, saylov tadbirlari qisqartirilgan muddatda o‘tkaziladi.
Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun, uchastka saylov
komissiyalari esa, o‘n besh kun qolganda tuziladi.
Deputatlikka nomzodlarni
ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganda tugallanadi. Deputatlarning
vakolat muddati tugashiga olti oy qolganda o‘rin bo‘shab qolsa, shu o‘ringa
yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi ham mumkin.
0 ‘rni bo‘shab qolgan okruglarda saylov tashkil qilish va o‘tkazish,
nomzodlar ko‘rsatish, tashviqot-targ‘ibot ishlari ro‘yxatini tuzish, saylovchilarni
ogohlantirish, ovoz berishni tashkil etish, saylov natijalarini aniqlash saylov
qonunchiligida belgilangan tartiblar asosida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: