M a zk u r darslikni yoshlarga bilim berish
va tarbiyalashda uzoq yillar m ehnat qilgan
otam
-
Tillaboy H usatiov
va onam - Gulnora H usanovalarning
yorqin xotirasiga bag'ish laym a n.
K irish
«Konstitutsiyaviy huquq» fani O ‘zbekiston Respublikasining huquqiy fanlar
tizimida alohida o‘rin tutadi. Chunki bu fan orqali huquq tizimida yetakchi
huquq hisoblanuvchi «Konstitutsiyaviy huquq» o‘rganiladi.
Konstitutsiyaviy huquq yetakchi huquq tarmog'i bo‘lishi bilan birga, alohida
o‘z predmetiga ega huquq tarmog‘i hamdir.
Konstitutsiyaviy
huquq
normalari jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy
masalalarni, ularning asosiarini tartibga soladi. Bular xalq hokimiyatchiligini
amalga oshirish jarayonidan kelib chiqadigan «fuqaro-jamiyat-davlat» o‘rtasidagi
munosabatlar hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq - Konstitutsiyaviy tuzum asoslari, shaxsning
huquqiy
holati asoslari, jamiyat va shaxs munosabatlarini, ma’muriy-hududiy
va davlat tuzilishi masalalari, hokimiyatni tashkil etish va ularning faoliyati
bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat
huquq tarmog‘idir.
Ana shu masalalar va ularni tartibga
soluvchi huquqiy normalar esa,
«Konstitutsiyaviy huquq» fanida o‘rganiladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquq
normalarining mos kelishi masalasini o‘rganib, ijtimoiy munosabatlarni yanada
to‘g ‘ri tartibga solish, ularning rivojlanishiga imkon beradigan huquq normalarini
yaratish, mavjudlarini takomillashtirish bo'yicha taklif ishlab chiqishni maqsad
qilib qo‘yadi.
Konstitutsiyaviy huquq doirasida olib borilgan tadqiqotlar
Konstitutsiyaviy
munosabatlar va huquq normalarining takomillashuviga olib keladi.
Konstitutsiyaviy huquqning ta’lim jarayonidagi vazifasi - Konstitutsiyani
o‘quvchilarga chuqur o‘rgatishdir. Bu fan orqali Konstitutsiyaning ahamiyati,
vazifasi, funksiyasi, yuridik tabiati,
davlat tuzilishi, hokimiyatni tashkil etish,
shaxsning huquqiy holati, jamiyat, fuqaro, davlat munosabatlari o‘rganiladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani faqat Konstitutsiyaviy huquq normalarini
o‘quvchilar ongiga singdirish bilangina cheklanmay, u o‘quvchilarda qonunga,
Konstitutsiyaviy tuzumga,
boshqa fuqarolarga
nisbatan hurmat hissini
3
shakllantirish vazifasini ham bajaradi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqaligina
Vatanga sadoqat, jam iyatga hurm at paydo bo‘lib, b elgilangan bu rch larn i
ixtiyoriy bajarishga intilish vujudga keladi.
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning sakkiz yilligi munosabati bilan
o‘tkazilgan yig‘ilishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti o‘z nutqida
«Nima uchun Konstitutsiyani o‘rganish кегак?» degan savolni o‘rtaga tashlab,
Dostları ilə paylaş: