«X alqim iz siyosiy-h uq u q iy ta fa k k u rin in g
y u k sa k n a m u n asi bo‘lgan K onstitu tsiyam iz y u rtim izd a dem okratik
davlat va fuqarolik jam iyati barpo etish , 0 ‘zb ek isto n n in g xalqaro
m aydonda m unosib o4rin e g a lla sh id a m ustahkam poydevor bo‘lib
xizm at q ilm oqd a»1.
1
M irziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulu g‘, hayoti yorug* va kelajagi farovon bo'ladi. (kirill
alifbosida). Т.: « 0 ‘zbekiston*, 2018, 3-tom, 58-bet.
5
B irin ch i bo4im
O ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI
VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
I
bob. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQNING UMUMIY TASNIFI
l-§ . «K on stitu tsiyaviy huquq» tu sh u n ch a si
«Konstitutsiyaviy huquq» huquqshunoslikda tez-tez uchrab turadigan va bir
necha tushunchalarga nisbatan ishlatiladigan atamadir. Avvalo, «Konstitutsiyaviy
huquq» atamasi turli mamlakatlarning huquq tizimida alohida o‘ringa ega
bo‘lgan huquq tarmog‘iga nisbatan ishlatiladi va mamlakatning, jumladan:
«O‘zbekiston Konstitutsiyaviy huquqi», «Qozog‘iston Konstitutsiyaviy huquqi»,
«Rossiya Konstitutsiyaviy huquqi» deb ataladi. Ikkinchidan, «Konstitutsiyaviy
huquq» atamasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi alohida huquqiy fanga nisbatan
ishlatiladi
(«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi»
fani,
«Qozog‘iston Konstitutsiyaviy huquqi» fani, «Rossiya Konstitutsiyaviy huquqi»
fani) va u boshqa fanlarga xos barcha xususiyatlarga ega. Uchinchidan, «Kons
titutsiyaviy huquq» fuqarolarning konstitutsiyalarda belgilab qo‘yilgan asosiy
huquqlariga nisbatan ishlatiladi. Bu uch tushuncha turli ma’noda ishlatilsa-da,
ular bir-biri bilan bog‘liq. Konstitutsiyaviy huquqning huquq tarmog‘i sifatida
mavjudligi uning huquqshunoslar tomonidan o‘rganilishi zaruratini tu g ‘diradi,
bu, o‘z navbatida, «Konstitutsiyaviy huquq» fanining mavjud bo‘lishini taqozo
etadi, fan esa, faqat bilim berishnigina nazarda tutmay, huquq tarmoqlarining
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi, bir-biri bilan mosligi, muammolarni
o‘rganadi, huquqni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» tarmog‘i bir nechta huquqiy institutlardan tashkil
topgan bo‘lib, ulardan biri shaxsning huquqiy holatidir. Shaxsning huquqiy
holatida fuqarolarning asosiy huquqlari konstitutsiyaviy huquqlar deb atalib, ular
konstitutsiyaviy-huquqiy normalarda mustahkamlanadi. Bu esa, fuqarolarning
«konstitutsiyaviy huquqi» tushunchasi konstitutsiyaviy huquq (huquq tarmog‘i)
va «Konstitutsiyaviy huquq» fani tushunchalari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani konstitutsiyaviy huquqni huquq tarm og‘i
sifatida ham, fuqarolarning asosiy huquqlari sifatida ham o‘rganadi.
Aynan mazkur paragrafda va keyingi paragraflarda «Konstitutsiyaviy
huquq»ning huquq tarmog‘i sifatidagi xususiyatlarini o‘rganamiz.
Konstitutsiyaviy huquq O‘zbekistonda ham huquqning alohida tarmog‘i
bo‘lib, mamlakat huquq tizimining tarkibiga kiradi, shu bilan birga, u
huquq tizimida yetakchi huquq hisoblanadi. Shuning uchun unda barcha huquq
tarmoqlariga xos umumiylik mavjud va shu bilan birga, boshqa huquqlardan
6
ajralib turadigan xususiyatlarga ham ega. 0 ‘xshashlik, umumiylik shundaki,
«Konstitutsiyaviy huquq» ham huquq normalari yig‘indisidan iborat. Alohida
xususiyat uning yetakchi huquq ekanligi uning normalari boshqa huquqlar
uchun asos bo‘lishida ko'rinadi.
Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, konstitutsiyaviy huquq ma’lum ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
Bu ijtimoiy munosabatlar jamiyat, inson, davlat o‘rtasida vujudga keladi.
Konstitutsiyaviy huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy
munosabatlar tizimida asosiy, rahbariy, bosh munosabatlardan iborat bo‘ladi
va boshqa shunday munosabatlarning vujudga kelishi uchun asos, tayanch
vazifasini o‘taydi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq mulkiy munosabatlarning
asosini belgilashi bilan mulkiy munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, turli huquq tarmoqlari alohida-alohida ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solish bilan chegaralansa (fuqarolik huquqi - mulkiy munosabatlarni,
mehnat huquqi - mehnat munosabatlarini va hokazo), konstitutsiyaviy huquq
turli sohalarga taalluqli (mulkiy, mehnat, moliya, soliq) ijtimoiy munosabatlar
ning asoslarini tartibga soladi. Ya’ni, konstitutsiyaviy huquqning tartibga soluv
chi obyektlari doirasi boshqa huquq tarmoqlariga nisbatan keng va xilma-xildir.
Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Konstitutsiyaviy huquq mamlakatning
konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, jamiyat va shaxs munosabatlarining
(jamiyatning iqtisodiy negizi, jamoat birlashmalari, oila, ommaviy axborot
vositalari) asoslarini, mamlakatning davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi
asoslarini, davlat hokimiyatini tashkil etish asoslarini belgilovchi, o‘rnatuvchi
huquqiy normalar yig‘indisidir. Bu huquqiy normalar xalqaro shartnomalar,
Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, joriy (oddiy) qonunlar va boshqa qonun
osti hujjatlarida o‘z o‘rnini topgan. Bu konstitutsiyaviy huquqni huquq tarmog‘i
va yetakchi huquq sifatida ko‘rsata oladigan eng oddiy va tushunarli ta’rifdir.
Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim masala - inson
va davlat munosabatlarini tartibga soladi. Uning eng muhim masala deb hisob-
lanishi jamiyatning rivoji yoki aksincha, inqirozi inson va davlat munosabatlari
ning to‘g ‘ri o‘rnatilganligiga bog‘liqdir.
Konstitutsiyaviy huquq o‘z normalari orqali inson, uning huquq va
erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘taradi, shaxs va davlat munosabatlarida
shaxs manfaatlarining ustuvorligini belgilaydi, ijtimoiy adolat prinsipini bosh
prinsip darajasiga ko‘taradi, hokimiyat tuzilmalari tashkil qilinishining aniq tar-
tibini belgilaydi va ular faoliyatini qonun doirasida chegaralaydi.
Konstitutsiyaviy huquqqa, shulardan kelib chiqib, hokimiyat va erkinlik
o‘rtasidagi munosabatda mutanosiblikni o‘rnatuvchi, ta’minlovchi vosita deb
ham ta’rif bersa bo‘ladi. Chunki insoniyat tarixi shu ikki narsa: «hokimiyat» va
«erkinlik»da ustunlikka erishish uchun va ularning mutanosibligini ta’minlash
yo‘lida qilingan harakatlar tarixi, desak xato bo‘lmaydi.
7
Demokratik
tuzum
hisoblanuvchi
mamlakatlarning
konstitutsiyaviy
huquqlari «hokimiyat» va «erkinlik» o‘rtasida mutanosiblikni, muvozanatni
ta’minlashni maqsad qilib
qo‘yadi.
Buni 0 ‘zbekiston konstitutsiyaviy huquqiga
nisbatan ham aytish mumkin.
Konstitutsiyaviy huquqning mazmun-mohiyatini, vazifasini to‘g ‘ri anglash,
tasavvur qilish uchun har bir mamlakat konstitutsiyasini yaxshi bilish zarur.
Chunki konstitutsiyaviy huquq normalarining aksariyati, mutlaq ko‘pchilik desa
ham bo‘ladi, konstitutsiyalarda belgilangan va o‘z o‘rnini topgan.
Shuning uchun keyingi tegishli mavzularda bu masalalar maxsus yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: |