solinadi (mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, ma’muriy huquq, moliya huquqi va
boshqalar). Lekin konstitutsiyaviy huquq asos, baza bo‘lish xarakteriga ega
huquqiy normalardan iborat bo‘lib, ular shaxsning huquqiy holatini belgilaydi.
Inson huquqlari eng ko‘p e’tibor talab qiladigan, shu bilan birga, murakkab
hodisadir. Inson huquqlarini e’lon qilish, e’tirof etish, hujjatlarda aks ettirish oson,
lekin ularni ta’minlash o‘ta murakkab masaladir. Sababi huquq va erkinlik burch
bilan bog‘liq, huquq va erkinlikning ta’minlanishi ayrim majburiy xarakterdagi
harakatlar qilishni yoki qilishdan tiyilishni taqozo etadi. Burch shaxslarning bir-
biri oldida emas, davlat va jamiyat oldida ham vujudga keladi. Bundan tashqari,
erkinlik hech vaqt mutlaq bo‘lishi mumkin emas. Ayrim holatlarda va sharoitda
uni cheklashga zarurat tug‘iladi.
Inson va davlat o'rtasidagi munosabatlarda faqat davlat tomonidan huquq va
erkinliklarni o‘rnatish muhim emas, ularning bajarilishi uchun kafolatlar hamda,
mexanizmlarning yaratilishi muhimdir. Shuning uchun davlat inson huquqlarini
ta’minlashda katta majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi va bu majburiyatlar
konstitutsiyaviy huquq normalari bilan mustahkamlab qo‘yiladi.
Davlat hokimiyatining tuzilishi faqat davlat hokimiyatining turli tarmoqlarini
amalga oshiruvchi davlat organlarini tuzish bilangina cheklanmay, ular
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishni ham nazarda tutadi. Faqatgina
o‘rnatilgan to‘g‘ri hokimiyatchilik munosabatlarigina inson manfaatlariga mos
tushishi mumkin, shuning uchun konstitutsiyaviy huquq shu vazifani bajarishni
o'zining maqsadi deb hisoblaydi.
Hokimiyatchilik munosabatlarining to‘g‘ri va samarali bolishini nazarda
tutib, konstitutsiyaviy huquq normalari bilan barcha hokimiyat organlari
kompetensiyalari, vakolatlari, vazifalari aniq belgilab
qo ‘yiladi.
Xulosa qilib aytganda, konstitutsiyaviy huquqning predmeti bu - shaxs
huquqiy holatini belgilash (shaxs va davlat munosabati) va hokimiyatchilikni
amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir.
Bularning tarkibi keng va xilma-xil munosabatlardan iborat bo‘ladi.
Bunda turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqi predmeti aynan
o‘xshasa-da, predmet tarkibiga kiruvchi munosabatlar doirasi har xil bo‘lishiga
e’tibor berish kerak. Masalan, bizning konstitutsiyaviy huquqimiz oila masalasini
alohida tartibga solsa, boshqa mamlakatlarda oila munosabatlari konstitutsiyaviy
huquq bilan emas, huquqning boshqa tarmoqlari bilan tartibga solinishi mumkin.
Yoki 0 ‘zbekiston tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjudligi, u bilan
0 ‘zbekiston munosabatini tartibga solish zarurati konstitutsiyaviy huquqning
predmetidagi o‘ziga xoslikni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: