O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. «K onstitutsiyaviy huquq» fa n in in g boshqa



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

10-§. «K onstitutsiyaviy huquq» fa n in in g boshqa
fanlar bilan bog‘liq ligi
Biror-bir fan o‘z holicha to‘la mustaqil faoliyat ko‘rsatmaydi. Mustaqil faoliyat 
olib boradigan bo‘lsa, belgilangan vazifalarni to‘la, bekamu ko‘st bajara olmaydi.
Fanlarning o‘zaro aloqada rivojlanishi bu qonuniyatdir.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani, birinchi navbatda, ijtimoiy fanlar tizimiga 
kirgani uchun shu tizimdagi fanlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi 
tabiiydir. Masalan, barcha ijtimoiy fanlarni o‘rganish usullarida umumiylik 
mavjud bo‘lganligi uchun ular bir xil - tarixiy, qiyosiy, tizimli va boshqa 
usullardan foydalanadi. Barcha ijtimoiy fanlar oldida maxsus vazifalar bilan 
birga, umumiy vazifalar ham mavjud. Ya’ni ularning barchasi komil insonni 
shakllantirish, shaxslarni bir-biriga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanga 
sadoqat, vatanparvarlikni vujudga keltirish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. Ana 
shunday umumiylikning mavjudligi ijtimoiy fanlar o‘rtasida aloqa, hamkorlik 
bo‘lishi zarurligini koYsatadi.
Qolaversa, «Konstitutsiyaviy huquq» fani yuridik fanlar tizimidagi alohida 
bir fandir. Shuning uchun uni yuridik fanlar bilan aloqasi yanada kuchli va aniq 
aks etadi.
Bu aloqa ayrim yuridik fanlarga tayanish, ulardan ozuqa olish asosiga 
qurilsa, ayrim yuridik fanlarga tayanch bo‘lish, ularga ozuqa berish shaklida 
namoyon bo‘ladi.
Birinchi guruh fanlariga «Davlat va huquq tarixi», «Davlat va huquq 
nazariyasi» fanlarini kiritish mumkin. «Davlat va huquq tarixi» fani davlat 
va huquqning vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari, konstitutsiyalarning 
vujudga kelish va rivojlanish jarayonlarini o‘rganadi. «Konstitutsiyaviy huquq» 
fani konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini o‘rganishda tarix faniga, uning 
ta’limotlariga tayanadi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fanining «Davlat va huquq nazariyasi» fani bilan 
aloqasi yanada aniq va keng aks etadi. «Davlat va huquq nazariyasi», umuman, 
davlat va huquq, uning shakllari, turlari haqida nazariy asos bilimlarni beradi. 
Davlat hokimiyati, uning bo‘linish prinsiplari haqidagi rahbariy bilimlar ham shu 
fanda beriladi, ularni chuqur bilmay, huquqiy norma, huquqiy institut, ularning 
tuzilishi, vujudga kelishi, huquq manbalari, huquqiy munosabatlar, huquq 
subyektlari haqida yetarli bilim va ma’lumotga ega bo‘lmay, «Konstitutsiyaviy 
huquq» fani masalalarini o‘rganib bo‘lmaydi. «Davlat va huquq nazariyasi» 
yuqoridagi kategoriya va hodisalarni umumiy tarzda o‘rgansa, «Konstitutsiyaviy 
huquq» fani ularni aynan, konstitutsiyaviy huquq doirasida o‘rganadi. Masalan, 
ijtimoiy munosabatlar, huquqiy normalar, «Davlat va huquq nazariyasi» fanida
21


umumiy tarzda o‘rganilsa, konstitutsiyaviy huquq konstitutsiyaviy ijtimoiy 
munosabatlarni, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni o‘rganadi.
Ikkinchi guruhdagi fanlar tarmoq huquqiy fanlar bo‘lib, ular «Konstitutsiyaviy 
huquq» faniga tayanadi. Ya’ni ular o‘rganadigan, tartibga soladigan ijtimoiy 
munosabatlarning asoslari konstitutsiyaviy huquqda belgilangan va o‘rganiladi. 
Bu guruhga barcha tarmoq va amaliy, protsessual huquqlarni kiritish mumkin, 
jumladan: fuqarolik huquqi, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, yer huquqi
soliq huquqi, jinoyat huquqi, jinoyat protsessual huquqi, fuqarolik protsessi va 
boshqalar.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin