Fanning vazifasi hodisa va qonuniyatlarni passiv o'rganish bilan cheklanmaydi.
0 ‘rganish orqali vujudga kelgan ilmiy xulosa va fikrlarni hayotga joriy qilish
orqali ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni
takomillashtirishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Fanning xulosa va takliflari natijasida
huquqiy normalar takomillashadi, yangilari vujudga keladi, eskirganlari bekor
qilinadi.
Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha belgilanayotgan ustuvor vazifalarni
bajarish zarurati «Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga ham aniq vazifalarni
qo‘yadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning
ustuvor yo'nalishlarini belgilab bergan edi1. Shu asosda «Konstitutsiyaviy
huquq» fani mutaxassislari tegishli ilmiy tadqiqotlar olib borish, maqolalar
tayyorlash orqali mazkur masalalar yuzasidan ilmiy xulosa va mulohazalarni
bayon qilmoqda va bu masalalarni hal qilishga ijobiy hissa qo‘shmoqda.
Murojaatda ijro hokimiyati organlarini takomillashtirish, mahalliy vakillik
va ijro hokimiyati organlari hamkorligini kuchaytirish, davlat xizmatini
isloh qilish, saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar
belgilangan edi2. Bu, o‘z navbatida, «Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga muhim
va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi, konstitutsiyaviy
huquq normalarining takomillashuviga, uning natijasi esa, ijtimoiy munosabatlar
rivojlanishiga olib keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan « 0 ‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi» - Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari, Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida «Davlat va
jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari», «Qonun
ustuvorligini ta’minlash va sud huquqi tizimini yanada isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari» va shu boradagi aniq vazifalar belgilab berildi.
Dostları ilə paylaş: