O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§ . K o n stitu tsiy a v iy huquq norm alari, in stitu tla r i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§ . K o n stitu tsiy a v iy huquq norm alari, in stitu tla r i,
m u n o sa b a tla ri va u la r n in g su b yek tlari
Har qanday huquq ta rm o g ‘ini tasniflash uchun uni tashkil etadigan 
normalarning xususiyatlarini bilish, aniqlash zarur. Konstitutsiyaviy huquq 
normalarini aniqlar ekanmiz, birinchidan, ularga ham boshqa huquq 
tarmoqlari normalariga xos umumiy belgilar, xususiyatlar xos ekanligi va 
ikkinchidan, faqat shu tarm oq huquqiy normalariga xos xususiyatlar ham 
mavjudligini hisobga olish zarur.
Konstitutsiyaviy huquq normalari shu huquqning predmeti hisoblanuvchi 
ijtimoiy munosabatlar (huquqiy munosabatlar)ni tartibga soladi. Konstitutsiyaviy- 
huquqiy munosabatlar boshqa tarmoq huquqiy munosabatlaridan mazmuni, 
manbasi, o‘ziga xos turi, ta’sis xarakteri, amalga oshirishning alohida mexanizmi, 
subyektlarning o‘ziga xos xususiyati, tuzilishining o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Barcha konstitutsiyaviy-huquqiy normalar quyidagi asoslar bo‘yicha turlarga 
bo‘linadi.
1. Mazmuniga qarab, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish doirasiga 
qarab. Ayrim normalar konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, ayrimlari shaxsning 
huquqiy holati asoslarini va hokazolarni tartibga soladi.
2. Yuridik kuchiga qarab, bu huquqiy norma qaysi manbalarda, hujjatlarda 
mustahkamlanganiga bog‘liq.
3. Hududiy amal qilishiga qarab. Asosan, konstitutsiyaviy-huquqiy normalar 
mamlakatimizning butun hududida amalda bo‘lsa-da, ayrim holatlarda ma’lum
12


hududgagina tegishli normalar qabul qilinishi mumkin. Yoki mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining hujjatlari shu hududdagina amalda bo‘ladi.
4. Huquq normalarida mustahkamlangan qoidalarning tavsifiga ko‘ra. Ayrim 
normalar vakolat bersa, ayrim normalar majburiyat yuklaydi, ayrim normalar 
esa taqiqlaydi.
5. Imperativ va dispozitiv xarakterdagi normalar. Imperativ xarakterdagi 
norma aniq ko‘rsatma bajarilishi shartligi bo‘lsa, dispozitivda subyektga 
imkoniyat beriladi, u asosida ma’lum harakatni qilishi yoki qilmasligi mumkin.
6. Maqsadi va amalga oshirish mexanizmiga ko‘ra. Konstitutsiyaviy-huquqiy 
normalarning ayrimlari jarayonlarni tartibga solishni maqsad qilib qo‘ygan. 
Masalan, Reglament qoidalari.
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarda bir emas bir nechta normaning 
harakati orqali maqsadga erishiladi. Shuning uchun normalar maqsadi, xarakteri, 
o‘xshashligiga qarab birlashtiriladi. Har bir normani qaysi biriikka (guruhga) 
kiritish, ularning mansubligini aniqlash muhim masaladir.
Turdosh huquqiy normalarning majmuasi konstitutsiyaviy-huquqiy institut 
deb ataladi. Huquqiy institut aniq bir ijtimoiy munosabat bo‘yicha yoki umuman 
shu munosabatning barcha tomonlari bo‘yicha vujudga kelishi mumkin. Masalan, 
shaxsning huquqiy holati masalasi yirik konstitutsiyaviy huquqiy institut bo‘lsa, 
fuqarolik uning tarkibidagi kichikroq institutdir. Yoki, davlat hokimiyati organlari 
yirik konstitutsiyaviy institut hisoblansa, qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiyati, 
sud hokimiyati, saylov tizimi uning kichik institutlari hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy 
institutlar 
turli 
manbalardan 
(konstitutsiya, 
konstitutsiyaviy qonun, qonun, farmon, qarorlardan) iborat bo‘ladi.
Ana shu konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning amal qilishi natijasida 
konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Ularda ham boshqa huquqiy 
munosabatlarga tegishli umumiy xususiyatlar mavjud. Umumiylik shundaki, 
har qanday ijtimoiy munosabat huquq normasi bilan tartibga solingandagina 
huquqiy munosabat bo‘ladi. Huquqiy munosabat orqaligina huquq normalari 
amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos 
xususiyati (boshqa huquqiy munosabatlardan farqi) quyidagilarda ko‘rinadi.
1. Ular o‘zining alohida mazmuniga ega. Bu munosabatlar faqat 
konstitutsiyaviy huquq predmeti hisoblanadi.
2. Bu munosabat alohida subyektlar tarkibiga ega.
3. Barcha konstitutsiyaviy-huquqiy normalar ham aniq konstitutsiyaviy- 
huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Masalan, prinsip-normalar. Ular 
o‘zining tartibga soluvchi ta’sirini qoida, normalar orqali amalga oshiradi.
Shunday qilib, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, konstitutsiyaviy 
huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, ularning 
mazmuni subyektlar o‘rtasidagi yuridik aloqalar hisoblanadi hamda bu aloqalar 
tegishli huquqiy normalarda ko‘zda tutilgan o‘zaro huquq va burch shaklida 
bo‘ladi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar boshqa
13


huquqiy munosabatlarga nisbatan xilma-xildir. Asosan, huquqiy munosabatlar 
qoida, normalarning amal qilishi orqali vujudga keladi. Ular asosida aniq 
munosabatlar vujudga kelib, unda munosabatning aniq subyektlari va ularning 
huquq hamda majburiyatlari aniq bo‘ladi.
Prinsip-normalar, 
maqsad 
normalar, 
deklarativ 
normalar 
boshqacha 
munosabatlarni vujudga keltiradi va shu orqali tegishli normada yotgan 
ko‘rsatma, ta’kidlar hayotga tatbiq qilinadi. Bu huquqiy munosabatlar umumiy 
xarakterda bo‘lib, aniq subyektlari yo‘q, bo‘lgan taqdirda ham, ularning huquq 
va burchi o‘rnatilmaydi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar doimiy yoki vaqtincha bo‘lishi 
mumkin. Doimiyningmuddati belgilanmagan va ba’zi sabablar bilan u to‘xtatilishi 
mumkin. Masalan, fuqaroning vafot etishi.
Ayrim vazifalar bajarilganda ham munosabatlar tugashi mumkin. Masalan, 
saylov kampaniyasi tugashi bilan saylovchi va komissiyalar o‘rtasidagi 
munosabatlar tugaydi.
Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, tugashida yuridik fakt muhim 
rol o‘ynaydi. Yuridik fakt huquqiy munosabatni vujudga keltiradigan, o‘zgar- 
tiradigan, tugatadigan voqea yoki harakatdir.
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar subyektlar deb 
atalib, bu huquqiy munosabat subyektlari doirasi juda keng. Subyektlar qatoriga 
fuqaro, shaxs, xalq, millat, davlat, deputat va senatorlar, davlat organlari, 
nodavlat tashkilotlari, o'zini o‘zi boshqarish organlari kiradi. Saylov kampaniyasi 
davrida subyektlar miqdori yanada kengayadi, ularga saylov komissiyalari, 
kuzatuvchilar, vakillar, nomzodlarni kiritish mumkin.
Umumiy tarzda aytish mumkinki, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning 
subyektlari konstitutsiyaviy-huquqiy normalarga asosan huquq va burchga ega 
bo‘ladiganlar hisoblanadi.
Ayrim hollarda chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham 
munosabatlar subyekti bo‘lishi mumkin. Masalan, fuqarolikni so‘rab murojaat 
qilganda.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin