manbasi
bo‘ladi.
M asalan,
«O‘zbekiston
Respublikasining
fuqaroligi
to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g ‘risida»gi
qonunlar va « 0 ‘zbekiston Respublikasining saylov kodeksi» va boshqalar.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
konstitutsiyaviy-huquqiy
mazmundagi farmon va farmoyishlari konstitutsiyaviy huquq manbalari
hisoblanadi. Masalan, hukumat tarkibi (tayinlash, vazifasidan ozod qilish),
markaziy davlat idoralarini tuzish, Konstitutsiyada belgilangan boshqa
mansabdor shaxslarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish
to‘g ‘risidagi farmonlar va shu kabi bir qator hujjatlar.
Oliy
Majlis
palatalarining
ayrim,
ya’ni
konstitutsiyaviy-huquqiy
mazmundagi qarorlari ham konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘lishi mumkin.
Ular tomonidan qabul qilingan reglamentlar ham manba hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga yana hukumat qarorlari, sud
qarorlari (Konstitutsiyaviy sud), mahalliy davlat hokimiyati organlarining
qarorlari ham kiritilishi mumkin. Faqat shunga alohida e’tibor berish kerakki,
bu hujjatlar konstitutsiyaviy huquq tartibga soluvchi munosabatlar doirasida
qabul qilingan, hamma uchun majburiy xarakterga ega, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsagina konstitutsiyaviy huquq manbasi
bo‘ladi.
Konstitutsiyalarning muqaddimasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
qoidalari ustunligi tan olinishi e’tirof etilgan, shu sababli, aytish mumkinki,
xalqaro huquq normalari ham konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: