AQSh Konstitutsiyasi to‘rt asr yuzini koVgan Konstitutsiyadir.
U qabul qilingan
1787-yildagi sharoit va jamiyat taraqqiyoti XX asr oxiridagi va hozirgi sharoitdan
mutlaqo farq qiladi. AQSh Konstitutsiyasi, shundan kelib chiqib,
faqat hokimiyatga
bog‘liq masalalarnigina hal qilgan. Keyingi kiritilgan qo‘shimchalargina inson
huquqlariga taalluqli bo‘lgan. Shuning uchun AQShning Konstitutsiyasini sof
davlat (jamiyat emas) Konstitutsiyasi va huquqiy hujjati, desak bo‘ladi.
Angliyada
esa hozirgacha yozilgan, ya’ni yagona shakldagi Konstitutsiya yo‘q.
Shuning uchun ularning konstitutsiyalariga nisbatan keyingi davrda qabul
qilingan konstitutsiyalarga ishlatiladigan ta’rifni qo‘llab bo‘lmaydi. Ikkinchi jahon
urushidan keyingi mustamlakachilik tuzumining yemirilishi
natijasida vujudga
kelgan davlatlar, Sovet Ittifoqi tarqalib ketishi natijasida vujudga kelgan mustaqil
davlatlar konstitutsiyalarining tartibga solish doirasi nihoyatda kengaytirildi, bu
Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga yangicha ta’rif berishga asos bo‘ladi.
Lekin
«Konstitutsiya»
tushunchasiga
beriladigan ta’riflarda,
albatta,
uning
fuqaro va shaxs huquqiy holati, erkinligining kafolati ekanligi, davlat
hokimiyatini demokratik tashkil qilish hokimiyatlar bo‘linishi prinsipida bo‘lishi,
xalq suvereniteti saylab qo‘yiladigan vakillik organlari orqali amalga oshirilishi,
konstitutsiya erkinlik va hokimiyat munosabatida mutanosiblik bo‘lishini
ta’minlashi o‘z ifodasini topishi kerak.
Markscha-lenincha konstitutsiyaviy ta’limotga asosan,
konstitutsiyaning
mohiyatini sinfiy kurashdagi sinfiy kuchlar nisbati belgilar edi. Bu ularning
asosiy ta’limotida jamiyatning sinflarga bo‘linishi, albatta, hukmron sinfning
mavjud bo‘lishi, ularning irodasi hamma narsani belgilashi,
boshqalarning shu
irodaga bo‘ysunishga majburligi haqidagi ta’limotlariga mos edi.
U ta’limotda hokimiyat kimgadir (qandaydir) guruhga tegishli bo‘lishi qat’iy
e’tirof etilar, bu narsa yashirilmas edi.
Hozirgi demokratik jamiyatlarda hokimiyat mexanizmi bu kelishuvchilikdir
(sheriklik), chunki jamiyatda siyosiy kuchlar turli-tuman bo‘lib, hokimiyat uchun
kurashuvchi subyektlar soni cheklanmagan. Hokimiyatdagi kelishuvchilik (sheriklik)
istalmasa-da, ixtiyoriylik asosida bo‘lib, umumiy maqsadga erishishda manfaatdorlik
bo‘lishidan, hokimiyat va erkinlik masalasini qonun asosida
hal qilish zarurligidan
vujudga keladi. Shuning uchun hozirgi konstitutsiyalar, hatto eng kuchli bo‘lsa ham,
ayrim, ijtimoiy sinflarning manfaati uchungina xizmat qila olmaydi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi sinfiylikdan xoli, xalq manfaatini ifoda etuvchi
konstitutsiyadir.
Dostları ilə paylaş: