yo‘q qilishni maqsad qilib qo‘ydi. Moskvaga tank va harbiy qo‘shin kiritdi.
OAV taqiqlandi. Moskva aholisining olib borgan qattiq
harakati natijasida bu
favqulodda organ tezda - 21-avgustda tugadi.
Ittifoq markazida bo‘lgan voqealar, totalitar tuzumni tiklashga, demokratik
yutuqlarni yo‘q qilishga bolgan urinishlar ittifoq respublikalarida bundan keyin
qaysi yo‘l bilan borishi kerakligini hal qilish zarurligini kun tartibiga qo‘ydi.
1991-yil 31-avgustda bo‘lib o‘tayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining sessiyasida 0 ‘zbekistonning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov
mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. Bunday xabar ko‘pchilik deputatlarni lol
qoldirdi. Chunki ko‘pchilik mustaqillikni orzu qilsa-da, uni ochiq bayon qila
olmas edi, uning oqibati nima bo‘lishini tasavvur qila olmas edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kutilmaganda mustaqillikni e’lon
qilishi, uning jasorati natijasi hamda prezidentlik faoliyati davridagi eng katta
xizmati bo‘ldi.
Mustaqillik e’lon qilindi. Bu degani hamma narsa bir zumda hal bo‘ldi
degani yoki bo‘ladi degani emas. Chunki mustaqillikka erishish,
rivojlanish,
taraqqiyot, xalqning farovon turmushini ta’minlamasdan, aksincha, turmush
tarzining nihoyatda yomonlashuviga olib kelgan holatlar tarixda uchraydi.
Shuning uchun, albatta, mustaqillikni oliy ne’mat, buyuk hodisa deyish,
uni e’lon qilish oson kechdi, deyish mumkin,
lekin mustaqillikni saqlash, undan
faqat ijobiy foydalanish juda mushkul va mas’uliyatli ishdir.
Mustaqillikka erishgandan keyin juda ko‘p masalalarni endi hech kimning
yordamisiz hal qilishga to‘g ‘ri kelar edi. Birinchi navbatda, fuqarolarning
tinchligini, ularning munosib hayot kechirishini ta’minlash, buning uchun
mamlakat xavfsizligini ta’minlash zarurati vujudga keldi. Mustaqillikdan so‘ng
qaysi yo‘l bilan borishni aniqlab olish zarur bo‘ldi, bu keyingi ishlarni to‘g ‘ri hal
qilishga asos bo‘lardi.
Shuning uchun, 0 ‘zbekiston
rahbariyati atrofda, xalqaro maydonda bo‘layotgan
voqealardan kelib chiqib, xalq xohish-irodasiga tayanib, mamlakatni demokratik
yo‘ldan rivojlantirish, demokratik mamlakatlarda e’tirof etilgan prinsiplarni qo‘llash
maqsadga muvofiqligini, demokratik davlat qurish yo‘lini tanladi.
Buning uchun demokratik talablarga va prinsiplarga
javob beradigan
davlat hokimiyatini yo‘lga qo‘yish; bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodni tashkil etish; fuqarolar manfaatiga mos keluvchi fuqaro, jamiyat,
davlat munosabatini o‘rnatish, unda fuqaro manfaatlarining ustunligini
ta ’minlash, inson, uning huquqi,
erkinligi, qadr-qimmati, sha’nini oliy qadriyat
darajasiga ko‘tarish; mamlakatda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini
birdek ta ’minlash; mamlakat xavfsizligini t a ’minlashni nazarda tutuvchi
tashqi siyosat olib borish mamlakatimiz oldidagi eng muhim vazifalar sifatida
maydonga chiqdi.
Bu
vazifaga erishish uchun, birinchi navbatda, huquqiy asosni yaratish,
ularni huquqiy normalarda mustahkamlash zarurati paydo bo‘ldi va shu vazifani
38
bajarish uchun mamlakatimizda birinchi marta mustaqil konstitutsiya ishlab
chiqishga zarurat tug‘ildi.
Shunday qilib, Konstitutsiya qabul qilish zarurati nima degan savolga
0 ‘zbekiston mustaqilligi va ana shu tufayli vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni
huquqiy
tartibga solish zarurligidir, deb javob bersak xato bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: