O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishiash - davr talabi. 5-J. - Т.: «O‘zbekiston», 1997. - 107-bet



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishiash - davr talabi. 5-J. - Т.: «O‘zbekiston», 1997. - 107-bet.
2 Karimov I.A. 0 ‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. -Т .: « 0 ‘zbekiston», 1992. 36-bet.
46


0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan 
iborat. Muqaddima - Konstitutsiyaning kirish qismi bo‘lib, unda bosib o‘tilgan 
yo‘l va mamlakatning asosiy vazifalari, ya’ni nima uchun Konstitutsiya qabul 
qilinganligi bayon qilinadi. Undagi qoida va g ‘oyalar keyinchalik Konstitutsiya 
normalarida u yoki bu shaklda, ko‘rinishda o‘z o‘rnini topadi.
Konstitutsiyaning birinchi bo‘limi «Asosiy prinsiplar» deb atalib, u «Davlat 
suvereniteti», «Xalq hokimiyatchiligi», «Konstitutsiya va qonunning ustunligi», 
«Tashqi siyosat» boblariga ajratilgan. Umuman, Konstitutsiya normalarini asos 
deb e’tirof etsak, birinchi bo‘lim asoslarning asosidir. Har qanday mamlakatni 
mustaqil davlat deyish uchun u aniq davlat shakliga, davlat suverenitetiga, uni 
xarakterlovchi belgi, xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Ayni shu masala birinchi 
bobda belgilangan.
Davlatning yashashi, faoliyat ko‘rsatishi uchun eng muhim masalalardan biri 
hokimiyat masalasidir. Davlat hokimiyati bu yerda markaziy o‘rinni egallaydi. Xalq 
esa davlat hokimiyatining yagona manbai bo‘lib maydonga chiqadi. Hokimiyat 
Konstitutsiyaning eng asosiy masalasidir, desak fikrimiz uncha to‘liq bo‘lmaydi. 
Konstitutsiyada hokimiyat va erkinlik masalasi asosiy o‘rinni egallaydi, desak 
fikrimiz to‘liq bo‘ladi. Chunki jamiyatning asosiy elementi shaxslardir. Ularning 
mavqei Konstitutsiyaning shu bobida belgilanadi.
Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi ta’minlanmay turib, Konstitutsiyaviy 
tuzum, huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolar manfaatini himoya qilish mumkin 
emas, shuning uchun ham mazkur munosabatlar Konstitutsiyaning III bobida 
mustahkamlangan.
Biron-bir davlat alohida, tashqi dunyodan ajralgan holda faoliyat ko‘rsata 
olmaydi. Mamlakat rivoji, xavfsizligi, fuqarolar turmush sharoiti tashqi aloqalarni 
to‘g‘ri o‘rnatishga bog‘liq. Shuning uchun Konstitutsiyamizning IV bobi normalarida 
ishonchli sinovlardan o‘tgan tashqi siyosat prinsiplari mustahkamlangan.
Konstitutsiyamizning birinchi bo‘limida mustahkamlangan normalar bevosita 
Konstitutsiyaviy tuzumga taalluqli bo‘lib, ular Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini 
o‘rnatgan 
va 
Konstitutsiyaning keyingi 
bo‘lim, 
boblaridagi 
normalarning 
belgilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 13-moddaning ta’sirini «Inson va 
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» bo‘limidagi normalarda, 
Konstitutsiyaning 11-moddasi ta’sirini «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» 
bo‘limida ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham Konstitutsiyaning birinchi bo‘lim 
normalari asos normalar yoki asosiy prinsiplar mustahkamlangan normalar deyiladi.
Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limi «Inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlanib, ular shaxsning huquqiy 
holatiga taalluqli bo‘lganligi uchun «Asosiy prinsiplar» bo‘limidan keyin 
berilgan. Ikkinchi bo‘limning umumiy qoidalari bobida fuqarolarning qonun 
oldida tengligi, davlat va fuqaroning bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va 
burchlari bilan o‘zaro bog‘liqligi, huquq va erkinliklar daxlsizligi, ulardan 
sud qarorisiz mahrum etish yoki cheklashga hech kimning haqqi yo‘qligi;
47


«Fuqarolik» bobida fuqarolikka ega bo‘lish asoslari, fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar va chet el fuqarolarining huquqlari belgilangan. Konstitutsiyaning 
alohida-alohida boblarida fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
huquqlari hamda erkinliklari, huquq va erkinliklarining kafolatlari va 
fuqarolarning burchlari belgilangan.
Konstitutsiyaning uchinchi bo‘limi «Jamiyat va shaxs» deb nomlangan. 
Uning boblarida jamiyatning iqtisodiy negizlari, ya’ni, 0 ‘zbekistonda bozor 
munosabatlari o‘rnatilishi, iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakldagi mulk 
tashkil etishi, xususiy mulk daxlsiz ekanligi, u davlat himoyasida bo‘lishi, 
iste’molchi huquqi ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat faoliyati 
erkinligi, umummilliy boyliklar doirasi va ulardan foydalanish, ularni muhofaza 
qilish belgilangan. «Jamoat birlashmalari» bobida jamoat birlashmalari tizimi 
(turlari), qanday jamoat birlashmalari tuzish mumkin ekanligi, davlat va 
jamoat birlashmalari o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslari, siyosiy partiya 
va kasaba uyushmalarining asosiy vazifalari, jamoat birlashmalarini tarqatib 
yuborish yoki faoliyatini cheklash tartibi, dinga munosabat tartibga solingan. 
To‘rtinchi bo‘lim «Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi» deb nomlangan, unda 
mamlakatimiz ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
huquqiy holati alohida-alohida boblarda belgilangan.
Konstitutsiyaning eng yirik beshinchi bo‘limi «Davlat hokimiyatini tashkil 
etish» deb nomlangan va u XVIII-XXVI boblarni o‘z ichiga olgan.
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi» (XVIII bob), «O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti» (XIX bob) boblarida ularni saylash tartibi, vakolatlari, 
o‘zaro munosabatlari asoslari belgilangan. «Vazirlar Mahkamasi» (XX) bobida, 
«Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» (XXI) bobida, « 0 ‘zbekiston Respublikasining 
sud hokimiyati» (XXII) bobida tegishli organlarni tashkil etish tartibi, prinsiplari, 
vazifalari, sud hokimiyati, mahalliy hokimiyat tizimi mustahkamlanib qo‘yilgan. 
XXIII bob 0 ‘zbekistonning saylov tizimi, fuqarolarning saylov huquqi prinsiplarini 
o‘rnatgan bo‘lsa, XXIV bob Prokuratura organlarining Konstitutsiyaviy maqomini 
belgilaydi. Konstitutsiyaning XXV bobi moliya va kredit masalalarini, XXVI bobi 
mudofaa va xavfsizlik masalalarini belgilagan.
Konstitutsiyaning oxirgi oltinchi bo‘limi (u boblarga bo‘linmagan, faqat ikki 
moddadan iborat) «Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi»ga bag‘ishlanadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin