Lekin hayot doimo o‘zgarishga, ilgari yurishga moyil ekanligini inobatga
oladigan bo‘lsak, asosiy ijtimoiy munosabatlar ham o‘zgaradi, ularni yangicha
tartibga solish zarurati, turli davrdagi sharoitning xilma-xilligi konstitutsiyaga
ham o‘zgartirish kiritish zaruratini vujudga keltiradi.
0 ‘zbekistonning
rivojlanishi, unda olib borilayotgan islohotlar, albatta,
ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Davlat qurilishi va
boshqaruvi sohasida olib borilayotgan islohotlar esa, hokimiyat tuzilmalari
tarkibi, faoliyatini takomillashtirish, hokimiyat tizimi bo‘linishi
prinsipini yanada
chuqurlashtirish, uning natijasida vakolatlarni yanada aniq belgilash zaruriyatini
tu g ‘dirmoqda. Demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi, erkinlashtirish siyosati
davlat boshlig‘i maqomida o‘zgarishlar bo'lishini, uning davlat boshlig‘i sifatidagi
maqomini kuchaytirib, ijro hokimiyati
tarkibidan chiqarishni, ayrim vakolatlarni
Parlamentga, hukumatga o‘tkazish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Jamiyatda
siyosiy hayotning rivojlanishi shu jarayonda ishtirok etuvchilarning faolligiga
bog‘liq, bu avvalo, siyosiy partiyalar rolini oshirishni taqozo etadi. Bu ham
Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etdi.
Demokratik
talablarni belgilash, jahon davlatchiligi tajribasidagi ijobiy jihatlarni olishga
intilish ham Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishiga olib kelishi mumkin.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham
shu asosda amalga oshirildi.
Konstitutsiyaga birinchi o‘zgartirish 1993-yilda kiritilib, unga asosan Oliy
Kengash deputatlariningsoni 150 nafar bo'lishi haqidagi norma chiqarib tashlandi
va qonunlarda deputatlar soni 250 nafar bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyamizga eng katta va salmoqli o‘zgartirish 2003-yil 24-aprelda
kiritildi. Buning asosi va sababi 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan
referendum
natijalari bo‘ldi. Referendum natijasida xalq parlamentning ikki palatali bo‘lishi
va Prezident vakolatini 5 yildan 7 yilga o‘zgartirishni ma’qulladi. Shu asosda
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy
prinsiplari to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi1. Qonunning
birinchi moddasida: «Ushbu Qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
moddalariga o‘zgartirish kiritish uchun asos bo‘ladi», — deb mustahkamlab qo‘yildi.
Shu asosda Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritildi.
Ularning natijasida, «Prezident bir vaqtning o‘zida
Vazirlar Mahkamasi Raisi bo‘ladi», - degan qoida bekor qilindi, uning vakolat
muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgartirildi, ayrim vakolatlari Senatga o‘tkazildi;
- parlament ikki palatali tizimda (quyi va yuqori palata) tashkil qilindi.
Senatni shakllantirish tartibi, uning vakolatlari, Qonunchilik palatasi vakolatlari,
ularning birgalikdagi
vakolatlari mustahkamlandi;
- Vazirlar Mahkamasini shakllantirish, uning ishida Prezident ishtiroki
masalalari yangicha hal qilindi;
Dostları ilə paylaş: