O. T. Husanov konstitutsiyaviy


huquq iy dem okratik davlat, kuchli fuqarolik jam iyati barpo etish



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

huquq iy dem okratik davlat, kuchli fuqarolik jam iyati barpo etish
borasida m ustahkam poydevor bo‘lib xizm at qilm oqda»1, 
degan so‘zIar 
bilan Konstitutsiyamizga ham, uni vujudga keltirgan xalqimiz ongiga ham aniq 
ta’rif berilgan.
Konstitutsiyamiz davlatchiligimiz tarixida qabul qilingan eng demokratik 
Konstitutsiya bo‘ldi. Unda shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda birinchi 
marta shaxs ustuvorligi, shaxs, uning huquqi, qadr-qimmati, sha’ni oliy qadriyat 
sifatida belgilandi, shaxsning yashash huquqi asosiy huquq sifatida mustahkamlab 
qo‘yildi. Davlat mas’uliyatlari aniq ko‘rsatib qo‘yildi. Iqtisodiyot bozor 
munosabatlari tamoyillari asosida mustahkamlanishi belgilandi. Konstitutsiya 
asosida ko‘ppartiyaviylik, fikrlar xilma-xilligi belgilandi. Hokimiyatni tashkil 
etishda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi mustahkamlandi. Fuqarolik jamiyati 
asosi sifatida o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqei konstitutsiyaviy darajada 
belgilandi.
4 -§ . K on stitu tsiyad a jahon k on stitu tsiyaviy tajrib alari
va m illiy q a d riy a tla rn in g aks etish i
Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasi xalqaro ahamiyatga ega. Konstitutsiyalar 
qaysi mamlakatda qabul qilinmasin, jahon tajribasidan foydalaniladi. Chunki 
ular uzoq vaqtda qo‘lga kiritilgan va hayot tajribasidan o‘tgan, xalqlar qaysi

Shavkat M irziyoyevning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25-yilligiga
bag'ishlangan tantanali marosimdagi m a’ruzasi. «Xalq s o ‘zi», 2017-yil 8-dekabr.
43


millatlarga, dinga mansub bo‘lmasin, ko‘pchilik manfaatiga mos tushuvchi 
tamoyillar, tartiblar, qoidalarga tayanadi.
Jahon konstitutsiyaviy tajribalaridan foydalanish deganda, demokratik mamlakatlarda 
amal qilayotgan, taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilayotgan qoidalarni qollash tushuniladi.
Konstitutsiyamizda jahon tajribasidan foydalanganimiz quyidagilarda ko‘rinadi.
Birinchi. Inson va davlat munosabatlarini belgilashda. 0 ‘zbekistonda qabul 
qilingan barcha konstitutsiyalarda (1927, 1937, 1978-yillar) davlat manfaatlari 
ustunligi belgilangan edi. Jahondagi demokratik mamlakatlar tajribasida va 
inson huquqlari to‘g ‘risidagi xalqaro hujjatlarda inson manfaati yuqori turishi, 
buni amalga oshirish uchun davlatning aniq majburiyatlari belgilangan edi. Shu 
g ‘oya Konstitutsiyada o‘z ifodasini topdi. U huquqiy jihatdan: «Davlat organlari 
va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda), 
«O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, 
ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa 
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi» (13-modda), «Davlat fuqarolarning 
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini 
ta’minlaydi» (43-modda), degan qator moddalarda mustahkamlangan.
Ikkinchi. Insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilash jahon tajribasidan 
kelib chiqib amalga oshirildi, Insonning asosiy huquqlari, avvalo, shaxsiy, siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy huquq guruhlariga bo‘lib mustahkamlandi. Shaxsiy huquqlar 
qatoriga tabiiy huquqlar kiritilib, ularni ta’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi. 
Konstitutsiya shaxsning asosiy huquqlarini belgilabgina qolmay, ularni ro‘yobga 
chiqarish, himoya qilish, ta’minlash mas’uliyatini ham mustahkamlab qo‘ydi. Bunga: 
«Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, 
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat 
qilish huquqiga ega» (35-modda), «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud 
orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining 
g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi» 
(44-modda), degan Konstitutsiya normalarini misol qilish mumkin.
Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquqlar doirasi kengaytirildi, 
yashash huquqi (24-modda), jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir 
shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi 
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi, ayblanuvchiga himoyalanish huquqi 
kafolatlanishi, hech kim qiynoqqa solinmasligi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki 
inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tazyiqlarga duchor etilishi mumkin 
emasligi, hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazish 
mumkin emasligi (26-modda), axborot olish, izlash, tarqatish (29-modda), 
mulkdor bo‘lish (36-modda), tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi 
(53-modda) va boshqa huquqlar asosiy huquq sifatida belgilandi.
Bozor munosabatlaridan kelib chiqib, fuqarolarning belgilangan soliq va 
yig‘imlarni to‘lash burchi (51-modda) kiritilib, shaxsni kamsituvchi ilgari asosiy
44


burch hisoblangan burchlar chiqarib tashlandi va majburiy mehnat taqiqlanishi 
mustahkamlab qo‘yildi (37-modda).
Uchinchi. Davlat hokimiyatini tashkil qilishda jahon tajribasiga murojaat 
qilindi. Shu tufayli barcha demokratik mamlakatlarda hokimiyatni tashkil 
qilishda qo‘llanib kelayotgan prinsip - davlat hokimiyati tizimi, qonunchilik, 
ijro va sud hokimiyatining bo‘linishi prinsipi Konstitutsiyada mustahkamlandi 
(11-modda).
Shunga asosan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi 
organlarning vakolatlari aniq belgilandi. Ularning mustaqilligini ta’minlovchi, 
bir-birini tiyib turishini mustahkamlovchi normalar kiritildi.
To‘rtinchi. Iqtisodni bozor munosabatlari asosida tashkil qilish masalasida 
ham jahon konstitutsiyaviy tajribasiga murojaat qilish zaruriyati tug‘ildi. 
Shu asosda Konstitutsiyamizda unga taalluqli masalalar mustahkamlandi. 
Konstitutsiyaning 53-moddasida bu quyidagicha bayon qilingan: «Bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
0 ‘zbekiston 
iqtisodiyotining 
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning 
huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish 
erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab- 
baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. 
Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina mulkdan mahrum etilishi 
mumkin».
Xususiy mulk daxlsizligining o‘rnatilishi, uning davlat himoyasida bo‘lishi 
fuqarolarning moddiy turmushi farovon bo‘lishiga olib keladi.
Beshinchi. Konstitutsiya Asosiy qonun ekan, unga amal qilish va muhofaza 
qilishda ham alohida vositalar va tartib bo‘lishi shart. Konstitutsiya o‘zini muhofaza 
qilishni ham jahon tajribasidan kelib chiqib hal qilgan. Uning 93-moddasida: 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: ...0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlariga rioya etilishining kafilidir», deb belgilangan. 92-moddada Prezident 
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishga qasamyod qilishi belgilangan.
Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligi mustahkamlandi. Shu tizimga 
kiruvchi Konstitutsiyaviy sudga Konstitutsiyani himoya qilish vazifasi yuklandi. 
Konstitutsiyaning 108-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga 
qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi», - deb belgilangan bo‘lsa, 109-moddasida 
ushbu vazifa hamda vakolatlar yanada kengroq va aniqroq mustahkamlab qo‘yilgan.
Oltinchi. Konstitutsiyamiz sotsialistik tuzumda vujudga kelgan, uning ta’siri 
hisoblangan yakka partiya (kommunistik partiya) hukmronligiga barham berib, 
jahon demokratik davlatchiligi tarixida qo‘llanib kelayotgan ijtimoiy hayot, 
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishni, 
biron-bir mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligini 
mustahkamladi va ko'ppartiyaviylikka asos soldi (12-modda). Turli fikrlilik
45


Konstitutsiyaning 34-moddasi normalari bilan yanada kengaytirildi. Unga 
asosan, «siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, 
shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi 
muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim 
kamsitishi mumkin emasligi mustahkamlab qo‘yildi.
Shuning uchun ham « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi eng 
demokratik, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan me’yor va talablarga javob beradi»1.
Konstitutsiyamiz jahon konstitutsiyaviy tajribasiga tayanib, undagi eng 
ijobiy jihatlarni o‘zida aks ettiradi, u milliy qonunchiligimiz asosi, mustaqil 
davlatchiligimizning asosiy qonunidir. Buni Prezidentning: 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin