Qo‘rquvlardan, totalitar tuzum ta’qibidan xalos bo‘lgan xalq o‘z
fikrini erkin
bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalarida, yig‘ilishlarda
har xil fikrlar bayon qilishga keng imkoniyat yaratildi. Loyiha bo‘yicha ko‘plab
takliflar tushdi. Shular asosida loyiha qayta ishlanib, takomillashgan loyiha
1992-yil 21-noyabrda ikkinchi marta umumxalq
muhokamasi uchun matbuotda
e’lon qilindi.
Mamlakatimizda konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi ikki
bosqichda o‘tkazilganligi, birinchi bosqich muhokamasi asosida tushgan taklif va
tavsiyalar asosida
loyiha takomillashtirilib, yana qayta muhokamaga qo‘yilganligi
jahon konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasida yangi holat desa ham bo‘ladi.
Chunki shu vaqtgacha konstitutsiyaviy loyihalar bir bosqichda o‘tkazib kelinar
edi. Bu tajriba Konstitutsiyaning yanada pishiq, puxta bo‘lishini ta’minladi.
Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi davrida 6
mingdan ortiq taklif,
tavsiya va mulohazalar bildirildi. Loyihani ishlovchi Komissiyaning o‘ziga
bevosita mingdan ziyod xatlar kelib tushdi.
Muhokama natijasida tushgan takliflarda ayrim normalarni o‘zgartirish,
qo‘shimcha qoidalar kiritish, moddalarni to‘ldirish, konstitutsiyaviy normalarni
aniq
ifodalash, ular ommaga tushunarli tilda bo‘lishi haqida mulohaza va
tavsiyalar bildirildi. Takliflar asosida loyiha matnining deyarli yarmi o‘zgarishga
uchradi, ularga aniqliklar kiritildi. Loyihadagi 127 ta moddadan deyarli 60 tasi
tuzatishlarga uchradi, ularning normalariga aniqliklar kiritildi. E’lon qilingan
loyiha variantidan 4 ta modda umuman chiqarib tashlandi.
Takliflar Konstitutsiyaning deyarli barcha holatlariga taalluqli bo‘ldi.
Umumxalq muhokamasi natijasida tushgan
takliflarga Komissiya raisi,
ayniqsa, katta e’tibor bilan qaradi1.
Umumxalq
muhokamasi
nafaqat
Konstitutsiyani
takomillashtirishga
xizmat qildi, u 0 ‘zbekiston Rezpublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov
ta’riflaganlaridek, xalq irodasini bevosita aniqlash,
muhokama natijasida
to‘plangan juda boy materiallarni har tomonlama va chuqur o‘rganib, tahlil qilib,
uni mujassam davlat irodasi sifatida Asosiy qonunda ifodalash imkonini berdi2.
Umumxalq muhokamasi 0 ‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlarning
umummaqsad yo‘lidagi birligini namoyon qildi. Xalqimiz
siyosiy sharoitlarni
to‘g ‘ri baholay olish qobiliyatiga ega ekanligi, tinch-totuv yashash uning orzusi
ekanligi,
siyosiy-huquqiy bilimlari, qarashlari hech bir xalqnikidan kam emasligi
muhokama natijasida yanada yaqqol ko‘rindi.
Loyiha har tomonlama o‘ylab, takomillashtirilgandan so‘ng, Konstitutsiyaviy
komissiya 1992-yil 7-dekabrda bo‘lib o‘tgan majlisida uni ko‘rib
chiqishni
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasiga kiritish haqida qaror qabul
Dostları ilə paylaş: