O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. K on stitu tsiyaviy kom issiya va u n in g faoliyati



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

2-§. K on stitu tsiyaviy kom issiya va u n in g faoliyati
0 ‘zbekistonda yangi konstitutsiya ishlab chiqish g ‘oyasi mustaqillik e’lon 
qilinguncha, hali ittifoq mavjud vaqtdayoq vujudga kelgan edi. Shu davrdayoq 
yangi Konstitutsiyani qabul qilish uchun ma’lum sabablar, yangi ijtimoiy 
munosabatlar vujudga kela boshlagan edi. Jumladan, 0 ‘zbekistonda Prezidentlik 
instituti vujudga keldi, saylov tizimi o‘zgartirilib, muqobil saylovlar o‘tkazila 
boshlandi, markaz bilan Respublika munosabatida yangi holatlar vujudga keldi, 
kommunistik partiya hukmronligiga barham berildi.
Mustaqillik uchun qo‘yilgan shahdam qadam sifatida e’tirof etiladigan,
1990-yil 20-iyunda qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasi yangi Konstitutsiya 
yaratish uchun ham asos bo‘ldi. Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengash 
sessiyasida shu hujjat prinsiplari asosida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish 
zarur, degan xulosaga kelindi va Prezident I. Karimov boshchiligida 64 kishidan 
iborat konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun komissiya tuzildi. Bu ittifoq 
roziligisiz qilingan katta voqea edi. Komissiya keng vakillik xarakteriga ega 
bo‘lib, uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar, 
Toshkent shahri vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, xo‘jalik 
rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Oliy Kengash 
o‘ninchi sessiyasida komissiya tarkibi qisman o‘zgartirildi.
1991-yil Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiyaning birinchi 
majlisi o‘tkazilib, komissiya a’zolari va yetakchi mutaxassislardan tashkil 
topgan, 32 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. Uning vazifasi sifatida loyiha 
tayyorlash bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish belgilanib, Konstitutsiya 
bolimlarini tayyorlash uchun 6 ta kichik guruh tashkil qilinib, ularning har 
biriga Konstitutsiyaning muqaddimasini, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini
fuqarolarning huquq, erkinlik, burchlari, fuqaro va jamiyat, davlat tuzilishi, 
davlat hokimiyati tizimi bo‘limlarini tayyorlash yuklandi. Kichik guruhlar 
tarkibiga 50 nafar olim, ilmiy xodimlar, mutaxassislar jalb etildi.
Komissiya raisi ishchi guruh oldiga:
- konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini o‘rganish;
- boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va 
qonunchilik borasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga olish;
- keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo‘lgan siyosiy-huquqiy 
hujjat yaratish vazifasini qo‘ydi*.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin