O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§ . K o n stitu tsiy a la rn in g turlari



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6 -§ . K o n stitu tsiy a la rn in g turlari
Konstitutsiyalar taraqqiyotning turli davrlarida va alohida sharoitlarda 
vujudga kelganligi sababli ularning turlari ham xilma-xildir. Ularning turlanishiga 
shakli, qabul qilinish tartibi, amal qilishi va boshqalar ta’sir qiladi.
Eng avvalo, konstitutsiyalar yozilgan va yozilmagan konstitutsiyalarga 
bo‘linadi. Aksariyat mamlakatlarning konstitutsiyalari alohida tartibda qabul 
qilingan, yagona hujjat tartibida mavjud bo‘lgan Konstitutsiya bo‘lib, ular 
yozilgan konstitutsiya deb e’tirof etiladi.
Ayrim mamlakatlarda konstitutsiyalar yagona hujjat shaklida bo‘lmay, 
turli munosabatlarni tartibga soluvchi turli hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, 
ular ham Konstitutsiya hisoblanadi. Hatto, konstitutsiyaviy kelishuv hujjatlari
odatlar ham Konstitutsiya hisoblanadi. Bunday mamlakatlar konstitutsiyalari 
yozilmagan konstitutsiya hisoblanadi (Buyuk Britaniya, Shvetsiya va hokazo). 
Bunday mamlakatlarning konstitutsiyalari ham kuchli konstitutsiyaviy tuzum 
bo‘lishini ta’minlamoqda.
Konstitutsiyalar yana qabul qilinish tartibiga ko‘ra ham turlanadi.
Asosan, konstitutsiyalar legitim vosita orqali, ya’ni ko‘pchilik e’tirof etgan 
yo‘llar bilan qabul qilinishi mumkin. Konstitutsiya xalq tomonidan (referendum 
yo‘li bilan) - Rossiya, Fransiya konstitutsiyalari, Konstitutsiya qabul qilish 
uchun maxsus chaqirilgan ta’sis majlisi tomonidan - AQSh, Italiya, Hindiston 
konstitutsiyalari yoki qonunchilik organi - Parlament tomonidan ( 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasi) qabul qilinishi mumkin. Ayrim mamlakatlar konstitutsiyasi oldin 
parlamentda qabul qilinib, keyin referendum orqali (Ispaniya Konstitutsiyasi) 
qabul qilinishi mumkin. Bunday tartibda qabul qilingan konstitutsiyalar hadya 
qilinmagan konstitutsiyalar hisoblanib, ularni qabul qilish tartibi demokratik 
hisoblanadi. Jahon konstitutsiyaviy tajribasida kam uchrasa-da, oktroir 
(yuqoridan hadya qilingan) konstitutsiyalar ham uchraydi. 0 ‘z davlati uchun 
monarx davlat boshlig‘i tomonidan hadya qilingan konstitutsiya bunga misol 
bo‘ladi. Yaponiya imperatori tomonidan hadya qilingan Konstitutsiya hadya 
qilingan konstitutsiyadir. Oktroir konstitutsiyalarning ikkinchi guruhiga
35


mustamlakachi davlat o‘z mustamlakasiga mustaqillik berayotganda qabul 
qilingan konstitutsiyalarni kiritish mumkin. Buyuk Britaniya o‘z qaramog‘idagi 
ko‘pgina davlatlarga Konstitutsiya hadya qilgan.
Konstitutsiyalarni mamlakat dohiysi, yo‘lboshchisi nomi bilan atash ham 
tajribadan ma’lum. 1936-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Stalin Konstitutsiyasi
1977-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Brejnev Konstitutsiyasi, 1993-yilgi Rossiya 
Konstitutsiyasi Yelsin Konstitutsiyasi, deb ham ataladi. Sababi, shu yo‘lboshchilar 
Konstitutsiya qabul qilishda yetakchi rol o‘ynagan.
Konstitutsiyaga 
o‘zgartirish 
kiritish 
tartibiga 
qarab, 
konstitutsiyalar 
«yumshoq» va «qattiq» konstitutsiyalarga bo‘linadi. «Yumshoq» konstitutsiyaga 
o‘zgartirish kiritish tartibi oddiy qonunga o'zgartirish kiritish tartibiga o‘xshash 
bo‘ladi.
«Qattiq» konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishda murakkab tartib o‘rnatilgan. 
Masalan, shunday taklif tushgandan so‘ng muhokama uchun ma’lum vaqt 
ajratiladi, o‘zgartirish kiritish uchun mutlaq ko‘pchilik ovozi talab etiladi, agar 
Konstitutsiya federativ davlat Konstitutsiyasi bo‘lsa, o‘zgartirishni federatsiya 
subyektlari ham ma’qullashi talab etiladi.
AQSh Konstitutsiyasini haqiqatan qattiq konstitutsiya desa bo‘ladi. Uning 
qabul qilinganligiga 230 yildan ortiq o‘tgan vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, unga bor 
yo‘g‘i 27 ta qo‘shimcha kiritilgan, uning ham 10 tasi dastlabki ikki yilda -
1787-89-yillarda amalga oshirilgan.
Rossiya Konstitutsiyasi ham qattiq Konstitutsiya hisoblanadi. 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish uchun oddiy qonunlarga nisbatan ancha 
murakkab tartib o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, konstitutsiyalarni vaqtincha va doimiy konstitutsiyalarga 
bo‘lish mumkin. Vaqtincha konstitutsiyalar o‘tish davrida, ko‘pincha davlat 
to‘ntarishlaridan keyin qabul qilinadi va ma’lum vaqt faoliyat ko‘rsatadi. Doimiy 
konstitutsiyalar muddati yo‘q, uzoq vaqt davomida amalda bo‘ladi. AQSh 
Konstitutsiyasi hozir to‘rt asr yuzini ko‘rgan eng keksa konstitutsiyadir.
Shunday qilib, Konstitutsiya: yozilgan va yozilmagan; hadya qilinmagan 
(legitim usulda qabul qilingan) va hadya qilingan (oktroir); qattiq va yumshoq; 
vaqtincha va doimiy turlarga bo‘linadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin