O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§ . K o n stitu tsiy a n in g am al q ilish i va un i h im o y a la sh



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4 -§ . K o n stitu tsiy a n in g am al q ilish i va un i h im o y a la sh
Mamlakatning taraqqiyoti konstitutsiyaviy tuzum barqarorligiga, u esa 
Konstitutsiyaning amal qilishiga to‘g ‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Bu yerda, fuqarolarning 
qonunlarga itoatkorligi muhim rol o‘ynaydi. Lekin jamiyatdagi barcha fuqarolar 
ham, ba’zida ayrim guruhlar ham Konstitutsiyaga amal qilavermaydilar. Natijada, 
ularning faoliyati Konstitutsiyaga xavf tug‘diradi. Ayrim vaqtlarda bunday xavf 
davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan ham bo‘lishi mumkin, agar ular 
Konstitutsiyaga amal qilmasa, uning doirasidan chiqib ketsa.
Konstitutsiyaning 15-moddasida shu maqsaddan kelib chiqib, shunday 
hoi bo‘lmasligi uchun: «Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», deb 
qat’iy belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyani buzish, unga amal qilmaslik, davlatchilik 
asoslarini buzadi, fuqarolar o‘rtasida ishonchsizlikni vujudga keltiradi. Bu esa, 
inson huquqlarining buzilishiga, oqibatda davlat to‘ntarishiga olib keladi.
Shuning uchun davlatlar Konstitutsiya qabul qilish bilan cheklanmay, 
unga amal qilishni ta’minlash choralarini ko‘radilar. Bu, birinchi navbatda, 
konstitutsiyalarda ularning normalari hamma uchun birday amal qilishi belgilab 
qo‘yilganligida ko‘rinadi. Agar 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 15-moddasida 
Konstitutsiyaga amal qilish davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolar uchun shartligi belgilangan bo‘lsa, Konstitutsiyaning 
47-moddasida: «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni 
bajaradilar», 48-moddada: «Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, 
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat 
qilishga majburdirlar», - deb belgilangan.
32


Konstitutsiyaga amal qilmaganlik uchun javobgarlik mavjud bo‘lib, 
Konstitutsiyani qo‘pol va xavfli buzishlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilanadi. 
Deyarli barcha mamlakatlarda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash uchun harakat 
qilish, hokimiyatni kuch ishlatib yiqitish uchun da’vat qilish harakatlari jinoiy 
harakat, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat, Konstitutsiyani buzish deb 
qoralanib, ularga nisbatan jazo belgilanadi.
Konstitutsiyalarda konstitutsiyani himoya qilish vazifalari belgilab qo‘yiladi.
Konstitutsiyamizning 57-moddasida: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan 
o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi 
va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi 
chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning 
sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan 
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat 
birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi», - deb belgilangan 
qoidalar va g ‘oyalar Konstitutsiya himoyasiga bevosita taalluqlidir. Chunki 
yuqoridagi holatlarning barchasi Konstitutsiyada belgilangan munosabatlardir.
Konstitutsiyaga 
amal 
qilishni 
ta’minlovchi 
alohida 
vosita 
sifatida 
Konstitutsiyaviy sud faoliyatini ko‘rsatsa bo'ladi. Chunki Konstitutsiyaga amal 
qilish faqat uni bajarish emas, unga zid boshqa hujjatlarni ham qabul qilmaslikdir. 
Konstitutsiyaning 16-moddasida: «Birorta ham qonun yoki normativ-huquqiy 
hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas», - deb 
belgilangan.
Konstitutsiyamizning 108-moddasida: « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga 
qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi», - deb belgilangan bo‘lsa, 109-moddada 
uning vakolatlari yanada aniqroq ko‘rsatib o‘tiladi. Unga asosan,
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari qarorlarining, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, 
hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, 0 ‘zbekiston 
Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
qonunlari 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g ‘risida xulosa beradi;
3) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga 
sharh beradi;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan 
vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaga amal qilishda fuqarolarning bilimi ham muhim rol o‘ynaydi. 
Konstitutsiya bo‘yicha fuqarolarning bilimlarini kengaytirish maqsadida 2001-yil
33


4-yanvarda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish 
to‘g ‘risida»gi Prezident farmoyishi qabul qilingan.
Unda Konstitutsiyaning o‘rni, ahamiyati, ma’no va mohiyatini fuqarolarga 
yetkazish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etish va bilim berishning 
samarali mexanizmini yaratish belgilangan. Shu farmoyish ijrosi bo‘yicha 
mamlakatimizda e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi. Ta’limning turli 
bosqichlari uchun o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. 0 ‘quv 
rejalariga o‘quv kursi kiritildi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin