3-§. Davlat va fuqaro munosabatlari Davlat va fuqaro munosabati davlatchilik tarixida markaziy masalalardan
biri bo‘lib kelgan. Davlat va fuqaro munosabatini qanday tashkil qilishga davlat
kim ning manfaatini himoya qilishi, kimning irodasini ifoda etishi hal qiluvchi
omil bo‘lib xizmat qilgan.
Davlat va fuqaro munosabati davlat suverenitetiga nima aloqasi bor, degan
savol tu g ‘ilishi mumkin.
Aytish
mumkinki,
bu
munosabatni qanday tashkil qilishga davlat
suverenitetining to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri aloqasi bor. Faqat davlat suveren davlat
bo‘lgandagina fuqarolar bilan o‘zi xohlagancha, manfaatlar mutanosibligi asosida
munosabatni o'rnatishi mumkin.
Bundan tashqari, suverenitet faqat davlat suvereniteti bilan cheklanmaydi,
xalq suvereniteti ham mavjud bo‘lib, bu orqali xalq o‘z irodasini amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda etishi, uning
manfaatlariga xizmat qilishi qonuniy mustahkamlab qo‘yilgan. Bu qoida davlat va
fuqaro munosabatini tashkil etishda asosiy prinsip hisoblanadi. Konstitutsiyaning
barcha davlat va fuqaro munosabatlariga taalluqli qoidalari, normalari shu qoidaga
mos kelib, uni ro‘yobga chiqarishga qaratiladi. Masalan, Konstitutsiyaning
42-moddasidagi: «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga
g ‘amxo‘rlik qiladi», 43-moddasidagi: «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va
qonunlarda m ustahkam langan huquqlari va erkinliklarini ta ’minlaydi» yoki
53-moddadagi: «Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib...»,
degan qoida fuqaro manfaatini himoya qilishda davlat asosiy m as’ul ekanligini
ko‘rsatadi.
Davlatning xalq irodasini ifoda etishi (xalq bu 0 ‘zbekiston fuqarolari),
u ning m anfaatlariga xizm at qilishi, K onstitutsiyaning 2-moddasida yanada
aniqlashtirilib, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar
oldida m as’uldirlar, deb belgilab qo‘yildi. Sababi, davlat organlari (vakillik, ijro,
sud) davlatning aniq vazifalarini hal qiladigan, shunga yarasha davlat tomonidan
yetarli vakolatlar bilan ta’minlangan tuzilmadir. Xuddi shuningdek, mansabdor
shaxslar ham davlat vakilidir. Davlat organlari va mansabdor shaxslar
davlatning fuqarolar oldidagi m as’uliyatini amaliy jihatdan bajaradigan davlat
vakilidir. Davlat juda keng tushuncha. Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyati,
umum iy m a’noda, deklarativ tushunchaga o‘xshab qoldi. Davlatning fuqarolar
oldidagi m as’uliyati aniq usullar, mexanizmlar orqali hayotiy voqeaga aylanishi
mumkin. Bu esa, davlat organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolar oldida
61
m a s’uliyatining belgilanishi bilan davlat mas’uliyati ro‘yobga chiqarishini
bildiradi.
0 ‘zbekiston Prezidentining