Haqiqatan ham, hozirgi davlatchilik tajribasida respublikaning uch turi:
prezidentlik
respublikasi, parlamentar respublika, respublikaning aralash shakli
(yarim prezidentlik) uchrab turibdi.
Prezidentlik respublikasida prezident fuqarolar tomonidan saylanadi. Prezidentning
yakka o‘zi parlament ishtirokisiz hukumatni shakllantiradi (ayrim paytlarda hukumatni
ham o‘zi boshqaradi), hukumat faqat prezident oldida hisob beradi,
parlament
hukumatga ishonchsizlik votumi bildira olmaydi, prezident parlamentni tarqatish
huquqiga ega bo‘lmaydi, hukumat a’zolari bir vaqtning o‘zida parlament a’zolari bo‘la
olmaydi. Bunga AQSh, Meksika davlatlarini misol qilish mumkin.
Parlam entar respublikalarda prezident parlament tomonidan saylanadi.
Parlament saylovlarida eng ko‘p ovoz olgan partiya rahbari hukum at boshlig‘i
lavozimini egallaydi va hukumatni tuzadi. Parlament
hukumat faoliyati ustidan
to‘liq nazorat qiladi. H ukum atga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish mumkin.
Bunday holda hukumat to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri iste’foga chiqadi. Prezident hukum at
taklifiga ko‘ra parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. H ukum at a’zolari
parlament a’zolari orasidan saylanib, parlamentdagi o‘rnini ham saqlab qoladi.
Bunday davlatlarga Italiya va Germaniyani ko‘rsatish mumkin.
Respublikaning aralash shaklida (yarim prezidentlik) prezident fuqarolar
tomonidan
saylanadi, hukumatni o‘zi shakllantiradi va hukum at unga hisob
beradi. Parlament hukumatga ishonchsizlik votumi bildirishi mumkin. Prezident
parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. H ukumat a’zolari bir vaqtning o‘zida
parlament a’zosi bo‘la olmaydi. Parlament hukumatni nazorat qilish vakolatiga,
mexanizmiga ega bo‘ladi.
Agar yuqoridagilarga e’tibor bersak, O ‘zbekistonda
respublikaning aralash
(yarim prezidentlik) shakli mavjud ekanligi haqida tasavvurga ega bo‘lamiz.
Chunki Prezident aholi tomonidan saylanadi, hukumatni tuzishda Prezident va
Oliy Majlis ishtirok etadi, hukumat Prezident va Oliy Majlis oldida javobgar.
H ukum at faoliyatini
Oliy Majlis nazorat qiladi, Oliy Majlis hukum atga nisbatan
ishonchsizlik votumi bildirishi mumkin. Prezident Oliy Majlis palatalarini
tarqatib yuborishga haqli.
Dunyodagi barcha mamlakatlar o‘z davlat boshqaruv shaklini belgilar ekan,
albatta, shu boshqaruv shakli xalq irodasiga mos bo‘lishini
nazarda tutadi,
tarixiy an’analarni hisobga oladi, jahon tajribalaridan foydalanadi.
0 ‘zbekistonda keyingi vaqtlarda erkinlashtirish doirasida amalga oshirilgan
islohotlar, davlat boshqaruv shaklining mukam m al bo‘lishiga, demokratik
prinsiplarga mos tushishiga ta ’sir qildi.
Prezident, parlament, hukum at
vakolatlarining qayta taqsimlanishi, ular o‘rtasidagi
aloqalarning chuqurlashuvi
boshqaruv shaklining mukammallashuviga olib kelmoqda.
M amlakatimiz mustaqillikka erishgan paytdan to hozirgacha bo‘lgan davrda
prezident maqomining o‘zgarib borayotganligi, uning vakolatlari parlament
va
hukumatga o‘tib
borayotganligi,
demokratlashtirishning
chuqurlashib
borayotganini bildiradi.
60
Prezidentning bir vaqtning o‘zida Vazirlar M ahkamasi Raisi bo‘lishi
tajribasining bekor bo‘lishi, keyinchalik Prezidentning ijro hokimiyati boshlig‘i
bo‘lish tajribasining bekor bo‘lishi davlat boshqaruvini demokratlashtirishning
ishonchli ko‘rsatkichidir.
Dostları ilə paylaş: