munosabati federatsiya davlatida uchraydigan munosabatlar asosida bo‘lmasdan,
Konstitutsiya doirasida tuziladigan shartnomalar hamda
bitimlar bilan tartibga
solinishi belgilab qo‘yilgan. 0 ‘zbekiston o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishini
ayrim manbalarda uchrab turadigan ma’muriy-hududiy bo‘linish asosida
emas, mamlakatni boshqarishning qulay bo‘lishi nuqtai nazaridan kelib chiqib hal
qilgan. Ya’ni, 0 ‘zbekiston hududi Qoraqalpog‘iston,
viloyatlar, tumanlar, shaharlar,
shaharchalar va qishloqlar (ovullar) deb ataluvchi hududiy birliklardan tashkil
topgan. 0 ‘zbekiston ma’muriy-hududiy birliklar sifatida shularni tanlab olgan.
0 ‘zbekiston suveren davlat sifatida davlat
hokimiyati organlari tizimi,
ularning turlari, hatto nomlarini ham o‘zi belgilagan. Bunda hokimiyatning
tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi asos qilib
olingan bo‘lsa, har bir hokimiyat
organining nomlanishiga, ularning har birining
tizimi o‘ziga xos xususiyatlarida tuzilishiga e’tibor berilgan. Hokimiyat organlari
oliy (markaziy), mahalliy organlardan iborat tarkibda tuzilgan.
Qonunchilik hokimiyati organi - Oliy Majlis bo‘lib, u avval bir palatali,
so‘ng ikki palatali
qilib tashkil qilingan, ijro hokimiyati Vazirlar M ahkamasiga
yuklangan. Dastlab, ijro hokimiyatini boshqarish Prezidentga tegishli bo‘lgan
bo‘lsa, keyinchalik Prezidentning bu vakolati bekor qilindi. Ijro hokimiyatining
markaziy organlari sifatida vazirlik, qo‘mita,
agentlik, kompaniyalar belgilandi.
Mahalliy miqyosda ham davlat hokimiyati vakillik va ijro hokimiyati
organlari tashkil qilindi. Vakillik hokimiyati xalq deputatlari Kengashlariga, ijro
hokimiyati hokimlarga yuklanib, ularning ikkalasiga
hokimlar boshchilik qilishi
belgilab qo‘yildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘zining sud tizimini (Konstitutsiyaviy sud, Oliy
sud, Oliy xo‘jalik sudlari) mustaqil belgiladi. Har bir sudning tizimi ham alohida
belgilandi.
0 ‘zbekistonda, bundan tashqari, biror hokimiyat tizimiga kirmaydigan,
alohida vazifalarni bajaruvchi davlat organlari ham faoliyat ko‘rsatadi, masalan,
M arkaziy
saylov komissiyasi, Prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Markaziy
bank va boshqalar.
Yuqoridagilarning barchasini 0 ‘zbekiston mustaqil ravishda o‘rnatgan,
tashkil qilgan.
0 ‘zbekiston davlat suverenitetiga ega bo‘lgach, o‘zi
mustaqil ravishda ichki
va tashqi siyosatni amalga oshira boshladi. 0 ‘zbekistonning ma’muriy-hududiy
tuzilishi, davlat hokimiyati tizimini, mustaqil olib borayotgan ichki va tashqi
siyosatni darslikning keyingi boblarida kengroq yoritamiz.
Davlat suverenitetining muhim xususiyatlaridan biri mamlakat chegara va
hududining daxlsizligidir. Konstitutsiya qabul qilingan 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy Kengashi o‘n birinchi sessiyasidagi Prezidentimiz nutqida:
Dostları ilə paylaş: