uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Hokimiyat,
boshqaruv
va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar» deb
nomlangan beshinchi bo‘limida jinoiy javobgarlik belgilangan1.
3-§. Davlat hokimiyati tizim in in g bo‘linishi prinsipi
0 ‘zbekiston o‘z taraqqiyotiga jahon davlatchilik taraqqiyotidagi eng ijobiy
xususiyatlarni, prinsiplarni amalda qo‘llash orqali erishishni maqsad qilib qo‘ygan.
Davlatni tashkil etish, davlat hokimiyatini amalga
oshirish masalasida ham
barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasida qo‘llanib kelayotgan va amalda o‘zini
oqlagan davlat hokimiyati tizimining hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipini Konstitutsiyada mustahkamlash
va amalda qo‘llash yo‘lidan bordi.
Hayotda va yuridik manbalarda «hokimiyat bo‘linishi prinsipi» degan atama
uchrab turadi. Aslida esa, davlat hokimiyati yagona, u bolinmaydi. Bo‘linish deganda,
faqat davlat hokimiyati tizimining tarmoqlarga bo‘linishi tushunilishi kerak.
Agar davlat hokimiyatini
bir katta daraxt deb olsak, daraxtning shoxlari shu
hokimiyatning tarmoqlaridir. Daraxt shoxlarga boMinishi bilan butunlay bo‘linib
ketmaganidek, hokimiyat tizimining tarmoqlarga boMinishi bilan hokimiyatning
yagonaligiga putur yetmaydi, chunki u bo‘linib ketmaydi.
Davlat hokimiyatini
alohida tarmoqlar tomonidan amalga oshirilishi hokimiyatning samarasini
oshiradi. Chunki ular shu ishga ixtisoslashgan.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1991-yil 31-avgustda mustaqillikning
birinchi huquqiy asosi « 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligi asoslari
to‘g ‘risida»gi Qonunida birinchi marta hokimiyat tizimi hokimiyatning boMinishi
prinsipida tashkil qilinishi ko‘rsatilgan.
Keyinchalik Konstitutsiyaning 11-moddasida «O‘zbekiston Respublikasi
davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va
sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi», - deb belgilandi. Shu asosda
0 ‘zbekistonda hokimiyatni amalga oshiruvchi organlar tizimi barpo etildi.
Mamlakatimizda qonunchilik hokimiyati Oliy Majlis, ijro hokimiyati Vazirlar
M ahkam asi
va hokimlar, sud hokimiyati Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va
hududiy tuzilishlardagi sudlar orqali amalga oshiriladi.
Hokimiyatning bo‘linishi prinsipidan kelib chiqib,
har bir alohida hokimiyat
tuzilmalarining vakolatlari aniq belgilab qo‘yiladi.
Hokimiyat bo‘linishi prinsipi faqat vakolatlarni aniq belgilab qo‘yishnigina
nazarda tutmaydi. Hokimiyat bo‘linishi prinsipi:
- vakolatlarni biror-bir organ yoki shaxs qo‘lida haddan ortiq, asossiz
to‘planishiga barham beradi;
- hokimiyat tuzilmalarining bir-birining
vakolatini egallash, ishiga asossiz
aralashuviga chek qo‘yadi;
Dostları ilə paylaş: