VI bob. KONSTITUTSIYA VA QONUNNING USTUNLIGI
l-§. K onstitutsiya va qonunning ustunligi hamda ularning tan
olinishi va bajarilishi shartligi
Konstitutsiya
va qonunning ustunligi deganda, nimaga nisbatan ustunlik va
nima uchun ustunlik bo‘lishini aniqlash lozim.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi boshqa qabul qilinadigan barcha
hujjatlarga nisbatan (qonunosti hujjatlariga) qaratiladi.
Bundan tashqari,
Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ham ustunligi mavjud.
Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ustunligi deganda, boshqa birorta
qonun, ularning normalari Konstitutsiyaga zid bo‘lmasligi,
qonunning ustunligi
deganda esa, boshqa birorta qonunosti hujjatlarning qonunga zid kelmasligi
tushuniladi. Qabul qilinadigan har qanday boshqa hujjat Konstitutsiya,
qonun
normalarini o‘zgartirishni emas, ularning amal qilishini ta’minlashi zarur.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi ularning huquqiy tabiatidan kelib chiqadi.
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega alohida tartibda qabul qilinadigan
davlatning asosiy qonunidir. U xalq tomonidan (referendum orqali) yoki oliy
vakillik organi - Oliy Majlis (parlament) tomonidan qabul qilinadi.
Konstitutsiya
0 ‘zbekiston hududida birdek kuchga ega. 0 ‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro qilish
uchun qabul qilinadi.
0 ‘zbekiston qonunlari eng muhim va barqaror
ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solish uchun qabul qilinadi.
Bu boradagi munosabatlar 0 ‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy
hujjatlar to‘g ‘risida»gi Qonuni asosida tartibga solingan bo‘lib, «Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi»da belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosi sifatida 2012-yil
24-dekabrda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Qonunda normativ-
huquqiy
hujjatlarning turlari, ularning kim tomonidan qabul qilinishi, bir-biri
bilan
munosabatlari, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilab q o ^ ilg a n 1.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi yana bu masala Konstitutsiyada maxsus
belgilanganligida ham ko‘rinadi. Konstitutsiyaning III bobi «Konstitutsiya va
qonunning ustunligi» deb nomlanib, bu konstitutsiyaviy
tuzum ning asoslari,
asosiy prinsipi sifatida belgilanganligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning ustunligi - bu Konstitutsiyaning prinsiplaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: