O. T. Husanov konstitutsiyaviy


huquqiy davlatni tasavvur etib bo4lmaydi»2



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

huquqiy davlatni tasavvur etib bo4lmaydi»2, 
deb qonuniylikning 
ahamiyatini aniq ko‘rsatib bergan.
Konstitutsiyaning 
16-moddasidagi: 
«Mazkur Konstitutsiyaning birorta 
qoidasi 0 ‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan 
tarzda talqin etilishi mumkin emas», - degan qoida ham qonuniylik prinsipini 
ta ’minlovchi vositadir.
Davlat qonun yaratar ekan, avvalo, shu qonunlarga davlatning o‘zi rioya 
qilishi zarur.
Davlat hokimiyatining amalga oshiruvi qonunchilik (vakillik hokimiyati), ijro, 
sud hokimiyati, o‘z faoliyatini tashkil etishi, vakolati, bir-biri bilan munosabatida
1 Karimov I.A. 0 ‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 1992. 38-bet.
2 Karimov I.A. 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 1992. 17-bet.
85


faqat qonunlarga rioya qiladi. Qonunlarni bevosita o‘zlari bajaradi yoki ularning 
bajarilishi choralarini ko‘radi.
Qonuniylik prinsipi osoyishta hayot, rivojlanish va taraqqiyot, yuksak turm ush 
tarzi ozuqasidir. Qonuniylik prinsipi amal qilganda xavfsizlik, fuqarolarning 
huquq va erkinliklari ta ’minlanadi. H ar bir fuqaro o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Jam iyat va fuqarolar farovonligining muhim shartlaridan biri bozor 
munosabatlari bo‘lsa, ana shu munosabatlarda ham qonuniylik prinsipi amal 
qiladi.
D avlatning 
iqtisodiy 
sohaga 
aralashuvini 
cheklovchi, 
tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlovchi, mulk shakllarining tengligini ta ’minlovchi, iste’molchilar 
huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarga amal qilish - qonuniylik prinsipining 
ajralmas qismidir.
Oila m unosabatlarining Konstitutsiya va qonunlar bilan tartibga solinishi, 
shu qonunlarga rioya qilish zarurligi qonuniylik prinsipi doirasining juda ham 
kengligini ko‘rsatadi.
Qonuniylik prinsipiga amal qilish qonunlarning obro‘sini kuchaytiradi.
S huning uchun jamiyat a’zolarini faqat qonunlarni hurmat qilish ruhida 
tarbiyalash o‘ta muhimdir. Bunda ham eng ta ’sirli, samarali chora shaxsiy 
o‘rnakdir.
Barcha mansabdorlar, xizmatchilarning mansab darajasidan, jamiyat 
va davlat oldidagi xizmatlaridan q at’iy nazar, qonunlarga rioya qilishi oddiy 
fuqarolar uchun katta o‘rnak va saboq bo‘ladi.
0 ‘zi qonunlarga rioya qilmaydigan, uni har damda buzadigan, chetlab 
o‘tadigan rahbarlarni, boshqalarning qonunga rioya etishi haqidagi da’vati, 
ko‘rsatm asi hech qanday natija bermaydi.
Qonuniylikka erishishning ko‘plab vositalari qatorida har qanday qonun 
buzilishiga (u kattami, kichikmi) tegishli chora ko‘rish muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatda qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik 
kayfiyatini shakllantirish, qonun buzilishlariga qarshi ko‘rilayotgan choralarni 
ommaviylashtirish, qonuniylikni ta ’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Bu, eng avvalo, qonuniylik prinsipining amaliy ifodasidir. Qonunlar turli 
qoidalarni o‘rnatadi. Qonun qoidalari xalq xohish-irodasining hujjatda aks 
etishidir. Ana shuning uchun ham ularga amal qilish, qonunlarga muvofiq ish 
olib borish zarurdir.
Rivojlangan m amlakatlarning tajribasiga nazar solsak, albatta, shu 
mamlakatda davlat faoliyati, uning organlari faoliyati, mansabdor shaxslar 
va xizmatchilar faoliyati, jamoat birlashmalari, barcha nodavlat tashkilotlari 
qonunlarga muvofiq ish ko‘rganining guvohi bo‘lamiz.
Qonunga amal qilish rivojlanish va farovonlik garovi ekanligi tajribada 
isbotlangan. Shuning uchun Konstitutsiyaning 15-moddasida: «Davlat, uning 
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va
8 6


qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», - degan qoida o‘z o‘rnini topgan. Bu qoidani 
qonuniylik prinsipining asosiy sharti deyish ham mumkin.
Jahon davlatchilik tajribasiga o‘zining m a’lum hissasini qo‘shgan milliy 
davlatchiligimiz rivojlanish tarixida ham qonun va belgilangan tartib-qoidalarga 
amal qilish muhim hisoblanganligi ma’lum.
Sohibqiron Amir Temur davlatining rivojlanishi tartib-qoidalarga amal qilish 
natijasida bo‘lganligi, keyinchalik u barpo etgan saltanatning tarqalib ketishi va 
nihoyat mustamlaka asoratiga tushib qolishimizda qonun-qoidalarga rioya qilish 
susayganligi sabablardan biri bo‘lgan.
Qonunlarga muvofiq ish koYmaslik, oqibat natijada, har qanday davlat 
organlari faoliyatining buzilishiga olib kelib, bu davlat organlariga nisbatan 
ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
Qonunlarga rioya qilmaslik kimgadir ma’lum vaqt yoki muddat davomida 
manfaat keltirishi mumkin. Lekin keyinchalik esa bu katta zararlar keltirishi, 
fuqaro, xalq manfaatiga katta ziyon yetkazishi mumkin.
Qonunga rioya etish barcha organlar uchun zarur, ayniqsa, bu huquq-tartibot 
organlari, qonuniylikni ta ’minlovchi organlar faoliyatida o‘ta zarurdir.
Qonunlarda inson hayoti, sog‘lig‘i, boyligi, xavfsizligi haqidagi qoidalar 
belgilangani uchun ularga rioya qilmaslik inson hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizligi
boyligiga katta zarar yetkazadi. Qonun hujjatlariga rioya qilmaslik faqat bir 
rasmiy hujjatni bajarmaslikning o‘zi emas, u inson, uning huquq va erkinliklari, 
sha’ni, qadr-qimmati, xavfsizligi, mol-mulkiga taalluqli bo‘lganligi uchun ularga 
amal qilmaslik yuqoridagilarning barchasiga tajovuzdir.
Jamiyatda qonunlarni qabul qilish asosiy maqsad emas, unga amal qilish 
asosiy maqsad bo‘lib qolishi zarur. Shuning uchun ham Konstitutsiya va 
qonunlarga rioya etish zarur. Bu konstitutsiyaviy burch ham hisoblanadi. Rioya 
etish ixtiyoriy amalga oshirilmaganida majburlov choralari orqali ta ’minlanadi.
Qonuniylikda yana bir muhim masala boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning 
Konstitutsiyaga zid kelishi mumkin emasligi boiib, bu qoida Konstitutsiyaning 
16-moddasida o‘z aksini topgan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin