Demokratik davlat hokimiyat xalqqa tegishliligini bildiradi. Bunda hokimiyat
nafaqat xalqqa tegishli, balki hokimiyatning o‘zi
xalqdan vujudga kelishi, uning
yagona manbai xalq ekanligi bilan xarakterlanadi.
0 ‘zbekiston - demokratik davlat. Bu xalq hokimiyati amal qilishini bildiradi.
Davlat siyosiy hokimiyatini amalga oshirar ekan, xalqdan vakolat oladi.
Konstitutsiyaning «Xalq hokimiyatchiligi» bobida «Xalq davlat hokimiyatining
birdan-bir manbaidir», - deb belgilangan (7-modda).
Demokratik jamiyat hisoblanuvchi 0 ‘zbekistonda hokimiyat xalqqa tegishli.
Ana shu hokimiyat samarali ishlashi, undan barcha manfaatdor bo‘lishi uchun u
to‘g ‘ri tashkil qilinishi kerak. Xalq hokimiyatini to‘g ‘ri va samarali tashkil qilish
vositalaridan eng samaralisi va sinovdan o‘tgani hokimiyatni davlat hokimiyati
orqali amalga oshirishdir. Chunki davlat uzoq yillar davomida hokimiyatni amalga
oshirish bilan shug‘ullanadi va katta tajriba to‘plagan.
Bu faoliyatni yaxshiroq
amalga oshirish maqsadida davlat faoliyati, tuzilishi takomillashtirib boriladi.
Xalq davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organ va mansabdor shaxslarni
saylashda, tayinlashda bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etadi. Ular xalq oldida
m as’uliyatli hisoblanadi. Vakolatni xalqdan olgach, o‘zlarining faoliyatini xalq
manfaatlariga xizmat qilishga qaratadi. 0 ‘zbekistonda davlat faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan yo‘l ham xalq hokimiyatini
kuchaytirishga qaratilgandir.
Xalqning xohish-istagi davlat siyosatini belgilashda hal qiluvchi o‘rin
egallaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasida, barcha
demokratik davlatlar singari, davlat
hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va Respublika Konstitutsiyasi hamda uning
asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga
oshiriladi (7-modda).
Demak, birinchidan, davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlashi kerak,
ikkinchidan, davlat hokimiyati konstitutsiya va maxsus qonunlar vakolat bergan
organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiya davlat hokimiyatining
uch turdagi hokimiyat tarmoqlari: qonunchilik, ijro, sud organlari tomonidan
amalga oshirilishini belgilagan. Asosiy qonunda davlat boshlig‘i
- Prezident,
qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi Oliy Majlis va uning palatalari
vakolatlari belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyadan tashqari yana bir nechta
qonunlar mavjud bo‘lib, ularda davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar
vakolatlari belgilangan, jumladan, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati to‘g ‘risida»gi, «Sudlar to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
M ahkam asi to‘g ‘risida»gi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi qonunlar.
Bu Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunlarda
tegishli hokimiyat
organlarining vakolatlari, ularni amalga oshirish usul va vositalari, hokimiyatni
amalga oshirish jarayonida bir-biri bilan munosabati, xalq oldidagi mas’uliyati
belgilab qo‘yilgan.
71
Yuqoridagilarga e’tibor bersak, eng oddiy xulosa shundan iborat bo‘ladiki,
davlat hokimiyati xalq manfaatiga zid harakat qilmasligi va hokimiyatni qonun
vakolat bermagan hech qanday organ amalga oshirmasligi kerak.
Konstitutsiyani qabul qilish vaqtida Prezidentimiz tomonidan aytilgan:
« 0 ‘zbekistonda davlat hokimiyatining birdan-bir manbai xalq bo‘lib, davlat
xalqning irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi»1, - degan so‘zlar
Konstitutsiyada ham o‘z ifodasini topdi va amalda ham namoyon bo‘lmoqda.
Davlat hokimiyati faqat qonun vakolat bergan organlar tomonidan amalga
oshirilishi demokratik huquqiy davlat shartlaridan biridir.
Davlat hokimiyati
jamiyat hayotiga kuchli ta ’sir qiluvchi vosita ekan, u ham turli ta ’sirlardan o‘zini
himoya qilishi kerak.
Bu, eng avvalo, boshqa qonunda belgilanmagan organlar va tartibda davlat
hokimiyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymasligi bilan ta ’minlanadi.
Konstitutsiyamizning 7-moddasida: «Konstitutsiyada nazarda tutilm agan
tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini
to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini
tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka
tortishga asos bo‘ladi»,
deb belgilanib, bu masala huquqiy tomondan hal qilingan.
Bu yerda bir necha harakat qonunsiz hisoblanib, taqiqlangan. Bular, birinchidan,
davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish. Bunda bir hokimiyat organining
boshqa hokimiyat organi vakolatini egallab olishi yoki boshqa tuzilmalar, jamoat
birlashmalari tomonidan hokimiyat organlarining vakolatlarini egallab olishi nazarda
tutilgan. Ikkinchidan, asossiz ravishda hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish
yoki butunlay tugatish. Uchinchidan, Konstitutsiya va qonunlarda ko‘rsatilgandan
tashqari yangi organlar tuzish yoki mavjud organlarga o‘xshash organlar tuzish.
Bunday harakatlar qonunga xilof hisoblanadi. Sababi har
qanday qonuniy tuzilmalar
(organlar) faoliyatini to‘xtatish yoki tugatish, vakolatlarini o‘zlashtirish, yangi
organlar tuzish konstitutsiyaviy tuzumga xavf soladi, boshqaruvni izdan chiqaradi,
natijada, fuqarolar xavfsizligiga va barqarorlikka putur yetkazadi.
Bunday
noqonuniy
tuzilmalarni
tuzish,
qonuniy
davlat
hokimiyati
organlarining faoliyatini to‘xtatishga urinish hollari O ‘zbekistonda bo‘lgan.
N amanganda bir guru h kimsalar 90-yillarning boshida o‘zlaricha tartib o‘rnatish
maqsadida qonunsiz tuzilmalar tuzib, hokimiyat organlari vakolatlarini egallab,
jazolovchi o rg an larn in g o ‘rnini bosishga harakat qilishgan. Natijada, N am anganda
beboshlik vujudga kelgan, faqat qonuniy hokimiyat organlarining aralashuvi
natijasida qonuniy hokimiyat organlarining o‘rnini
bosishga qaratilgan harakat
o‘z vaqtida to‘xtatilgan va ko‘plab qon to‘kilishlarining oldi olingan.
Hokimiyat vakolatlarini o‘zlashtirish, faoliyatini to‘xtatish yoki tugatish,
noqonuniy tuzilmalar tuzish o g ‘ir oqibatlarga olib kelishi tufayli, ana shunday
holatlarda qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Bunday harakatlar
Dostları ilə paylaş: