hayotga tatbiq qilinadi. Davlat hokimiyati yakkaboshchilik:
monarxiya, diktatura
shaklida yoki kollegial (jamoa) asosda, yakkaboshchilik asosida ish olib boruvchi,
xalq tomonidan saylab qo'yilgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati qo‘llanish
metodiga qarab, hukmronlik, zo‘ravonlik yoki
demokratik ko‘rinishga bo‘linishi mumkin.
0 ‘zbekiston demokratik davlat bo‘lganligi uchun davlat hokimiyati qonuniy
asosda saylab qo‘yilgan organlar:
prezident, parlament, hukumat, sudlar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va boshqa maxsus m uassasalar (prokuratura)
tomonidan amalga oshiriladi.
Ular tomonidan amalga oshiriladigan barcha faoliyat
xalq manfaatiga mos
tushishi zarur. Amalga oshiriladigan kuch ishlatish va boshqa tazyiqlar ham
xalq manfaati yo‘lida bo‘lishiga harakat qilinadi.
0 ‘zbekistonda davlat hokimiyati davlat mustaqilligini saqlash,
inson
huquqlarini himoya qilish, fuqarolar osoyishtaligini ta ’minlash, xalqning farovon
turmush tarzini yuksaltirish
vazifasidan kelib chiqib, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini
belgilaydi va ishni tashkil etadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, davlat hokimiyati uchun xos quyidagi
belgilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Davlat hokimiyati boshqa hokimiyatlardan ta ’sir
doirasining kengligi bilan
farq qiladi. Ya’ni faqat davlat hokimiyatigina m am lakatning barcha hududida,
barcha aholiga ta ’sir qiladi. Davlat hokimiyati mamlakat hududida yashayotgan
chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lm agan shaxslarga ham ta ’sir qiladi.
2. Davlat
hokimiyati maxsus subyektlar, p ro fe s s io n a ls , davlat xizmatchilari
tomonidan amalga oshiriladi.
3. Davlat hokimiyati ham m a uchun umum majburiy
qoidalar yaratadi, ularni
qollaydi va o‘zi ham o‘rnatilgan qoidalarga amal qiladi.
4. Davlat hokimiyati majburlovda real kuchga tayanadi, jazo choralarini qollaydi.
5.
Davlat hokimiyati doimiy, uzluksiz amal qiladi.
6. Davlat hokimiyati xalq irodasiga tayanadi.
Dostları ilə paylaş: