O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. 0 ‘zbekiston xalqi. X alqning jam iyat va davlat hayotidagi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

4-§. 0 ‘zbekiston xalqi. X alqning jam iyat va davlat hayotidagi
ishtiroki. Xalq nom idan ish olib borish
Konstitutsiyaning 8-moddasida: « 0 ‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, 
0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», degan qoida belgilanib, 
unda «xalq» tushunchasiga aniq, qisqa, huquqiy ta ’rif berilgan.

Karimov I.A. M amlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 2010. 10-bet.
74


«Xalq» tushunchasini aniqlash huquqiy munosabatlarda muhim o‘rin egallaydi. 
Chunki 0 ‘zbekistonda kimlar yashashidan qat’iy nazar davlat boshqaruvida 
faqat xalq ishtirok etadi, xalq esa, 0 ‘zbekiston fuqarolaridir. 0 ‘zbekiston fuqarosi 
bo‘lmagan shaxslar, ya’ni xorijiy mamlakat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar davlat boshqaruvida, idora ishlarida ishtirok etmaydi. 0 ‘zbekiston xalqi, 
ya’ni fuqarolarigina davlat boshqaruvida ishtirok etadi.
0 ‘zbekiston xalqining davlatni boshqarish ishlarida ishtiroki ularning 
siyosiy huquqlari hisoblangani uchun bunday huquqlar siyosiy huquqlarga 
taalluqli 
Konstitutsiya 
normalarida 
belgilab 
qo‘yilgan. 
Konstitutsiyaning 
32-moddasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va 
davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish 
huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar 
o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bu yerda xalqning davlat hayotida ishtirok etish yo‘llari aniq belgilab 
qo‘yilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 9-moddasida: «Jamiyat va davlat 
hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy 
ovozga (referendumga) qo‘yiladi», - deb belgilangan. 0 ‘zbekiston mustaqillikka 
erishgandan keyingi davrda, haqiqatan ham, eng muhim masalalar xalq 
muhokamasiga taqdim etilganligini, shuningdek, referendumga qo‘yilib, hal 
qilinganligini ko‘ramiz.
Bularni 
misollar 
bilan 
ko‘rsatish 
mumkin. 
Agar 
Konstitutsiyaning 
ijtimoiy hayotdagi o‘rnini ko‘radigan bo‘lsak, undan muhim hech narsa yo‘q. 
Konstitutsiya loyihasi ishlangach, u uzoq vaqt xalq muhokamasiga qo‘yildi. 
M uhokam a natijasida tushgan fikr-mulohazalar asosida loyihaga ko‘pgina 
tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritildi. Muhokama asosida xalq Konstitutsiyani 
yaratishda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yoki, keyingi vaqtda 
qabul qilinayotgan ko‘plab qonun loyihalari, albatta, xalq muhokamasiga qo‘yildi 
va ularning istak-mulohazalari qonunlarning qabul qilinishida inobatga olindi.
0 ‘zbekiston mustaqil davlat bo‘lgach, davlat rivojlanish tarixida referendum 
degan hodisa (voqelik) uchraydigan bo‘ldi. Uning natijasida, mustaqilligimiz 
xalq tomonidan m a’qullandi, Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga 
o‘zgartirildi va nihoyat, ikki palatali parlament tashkil qilindi.
Demak, eng muhim masalalarga xalq o‘z munosabatini bildirdi, xalqning 
ovozi shu masalalarni hal qilishda asosiy rol o‘ynadi.
Xalq davlat boshqaruvida muhokamalarda, referendumda ishtirok etish bilan 
qatnashar ekan, bular haqida aniqroq tushunchaga ega bo‘lish zarur.
Umumxalq muhokamasi nima, umumxalq ovozi (referendum) nima, degan 
savollar tez-tez uchrab turadi.
Umumxalq muhokamasida m a’lum bir masala yoki loyiha ommaviy axborot 
vositalari orqali e’lon qilinadi. Xalq uni o‘rganib, o‘z istak, mulohaza, takliflarini 
ommaviy axborot vositalari orqali bildiradi yoki pochta orqali yoki shaxsan 
tegishli organlarga yetkazadi. Muhokamada loyihaning u yoki bu qoida,
75


normalariga o‘zgartirish, biror qo‘shimcha kiritish, mavjud norma, qoidalarni 
olib tashlash haqida fikr bildiriladi, qanday fikr-mulohazalarni inobatga olish 
yoki rad etish tegishli organ, komissiya vakolatiga kiradi. M uhokam a bir necha 
kun, xafta yoki oylab davom etishi mumkin. Muhokamada qancha odam ishtirok 
etishi belgilab qo‘yilmaydi.
Umumxalq ovozi (referendum) masalani uzil-kesil hal qilish uchun yoki 
qonun loyihasini qabul qilish uchun o‘tkaziladi. Bunda masala ijobiy hal qilinadi 
yoki rad etiladi. Referendumda qancha xalq ishtirok etishi, qanchasining ovoz 
berishi masalaning hal qilinishini belgilaydi. U saylovdagi kabi ovoz berish 
orqali hal qilinadi. Uni saylovdan farqi, saylovda aniq nomzodlarga ovoz berilsa, 
referendumda aniq masalaga ovoz beriladi.
Xalq davlat hayotida boshqa usullar orqali ham ishtirok etadi. M asalan: 
saylov orqali, davlat organlarining faoliyatini nazorat qilish orqali. Bu masalalar 
keyingi mavzularda o‘rganiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasining referendumi 
to‘g ‘risida»gi maxsus Qonuni qabul qilingan bo‘lib, unda nima uchun referendum 
o‘tkazilishi, referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar doirasi, qanday 
hollarda referendum o‘tkazish mumkin emasligi, referendum o‘tkazishning 
asosiy prinsiplari va referendum o‘tkazish tartibi belgilab qo‘yilgan.
Qonunga asosan referendum o‘tkazish tashabbusi huquqiga: Respublika 
fuqarolari, Oliy Majlisning palatalari, 0 ‘zbekiston Prezidenti ega.
Fuqarolar referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadigan bo‘lsa, bunday 
tashabbusni referendumda ishtirok etuvchilarning kamida besh foizi qo‘llab- 
quvvatlasa, tashabbus amalga oshiriladi.
Referendum 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tayinlanadi. 
0 ‘zbekiston Prezidenti referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan taqdirda, 
Oliy Majlisga murojaat etishi yoki referendum o‘tkazish to‘g ‘risida o‘z qarorini 
qabul qilishi mumkin.
Referendum o‘tkazishda saylovlar vaqtidagi asosiy prinsiplar, tartiblar 
qo‘llaniladi.
Referendum o‘tkazish, uning natijalarini aniqlash, e’lon qilishda M arkaziy 
saylov komissiyasi ishtirok etadi.
Referendumda qabul qilingan qaror respublikaning butun hududida majburiy 
kuchga ega bo‘ladi va davlat hokimiyati tomonidan tasdiqlanishi sh art emas.
Yuqorida qayd etilganidek, xalq o‘z xohish-irodasini amalga oshirishni davlatga 
topshirgan. Bu qonuniy asosga ega. Lekin davlat juda murakkab tuzilma, uni 
harakatga keltiruvchi, yurgizuvchi ko‘plab mansablar, organlar mavjud. Xalq 
hokimiyatning yagona manbai bo‘lsa-da, ham m a vaqt, ham m a joyda to‘g ‘ridan- 
to‘g ‘ri harakat qila olmaydi. Buning imkoniyati ham yo‘q. Shuning uchun, xalq 
nomidan harakat qiluvchilar doirasi aniq chegaralab qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasida: « 0 ‘zbekiston xalqi nomidan 
faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi
76


mumkin», - deb mustahkamlab qo‘yilgan. Bu sharafli va mas’uliyatli vazifani 
Oliy Majlis bilan Prezident mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda 
ham amalga oshiradi.
Nima uchun faqat Oliy Majlis va Prezident?
Oliy Majlis ham, Prezident ham xalq vakilligining oliy ko‘rinishi. 0 ‘zbekiston 
Oliy Majlisi ikki palatadan iborat bo‘lib, quyi palata - Qonunchilik palatasi 
xalq tomonidan bevosita saylangan deputatlardan iborat bo‘lsa, yuqori palata -
S enatning a’zolari - senatorlar xalq saylagan mahalliy Kengash deputatlaridan 
va Prezident tayinlagan senatorlardan iborat. Quyi palata deputatlarini saylashda 
xalq bevosita ishtirok etsa, Senatni shakllantirishda vakillari orqali ishtirok 
etadi. Oliy Majlis oliy vakillik va yagona qonunchilik organidir. Shuning uchun 
ularning xalq nomidan ish olib borishi asoslidir.
Prezident - davlat boshlig‘i. 0 ‘zbekistonda Prezident bevosita xalq tomonidan 
saylanadi, u xalqdan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri vakolat oladi. Prezidentning bunday 
vakolatga egaligi Konstitutsiyaning yana boshqa moddasida ham ko‘rsatilgan: 
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
nomidan ish ko‘radi» (93-modda). Prezidentning ham xalq nomidan, ham davlat 
nomidan ish olib borishining m a’nosi bor. Chunki davlat xalq hokimiyatini 
tasarruf etuvchi tuzilma bo‘lsa, Prezident xalq saylagan, m a’qullagan davlat 
boshlig‘i.
Konstitutsiya xalq nomidan ish olib boruvchilarni aniq belgilab qo‘yar ekan, 
shu bilan boshqa hech qanday tuzilma bunday vakolatga ega emasligini ham 
ko‘rsatib qo‘ygan. Chunki jamiyatda bulardan tashqari boshqa tashkilot va 
tuzilmalar ham mavjud.
Shuning uchun, Konstitutsiyaning 10-moddasi ikkinchi bandida: «Jamiyatning 
biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida 
shaxs 0 ‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas», — deb qayd 
qilingan. Bu qoida jamiyatda o‘zboshimchalikni, jamiyatning buzilib ketishini, 
hokimiyat uchun noqonuniy kurashlarning oldini oladi va hech qanday siyosiy 
kuchlarga imtiyoz berilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin