edi. Shu sessiyada qabul qilingan, hayotimiz dasturi bo‘lib qolgan Konstitutsiyada
esa « 0 ‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir», deb
m ustahkam lab qo‘yildi (3-modda).
Haqiqatan ham m a’lum hududning bo‘lishi
davlatning ajralmas xususiyati,
shartidir. Davlat (mamlakat) aniq bir hududda faoliyat ko‘rsatadi. Hudud esa,
m a ’lum chegaraga ega. Ana shu chegarani davlatning roziligisiz hech kim, hech
qanday ichki va tashqi kuch o‘zgartira olmaydi.
0 ‘zbekiston chegarasini o‘zgartirish, chegara o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi
respublika tarkibiga yangi davlat
tuzilmalarini qabul qilish, ularni 0 ‘zbekiston
tarkibidan chiqarish masalasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatiga kiradi (78-modda 6, 10-bandlar).
Boshqa hech kim, hech qanday organ yoki tuzilma chegara o‘zgartirish vakolatiga
ega emas.
0 ‘zbekiston chegarasi aniq belgilangan bo‘lishi
bilan birga, u daxlsizdir.
Bu degani uni hech qanday yo‘l bilan, hatto, zo‘rlik ishlatib ham o‘zgartirish
m umkin emas. 0 ‘z navbatida, 0 ‘zbekiston ham o‘z chegarasini boshqa davlatlar
hududi, chegarasi hisobiga kengaytirishga urinmaydi.
Chunki Konstitutsiyaning
17-moddasida boshqa davlatlar hududi, chegarasining daxlsizligini hurm at qilish
belgilangan.
0 ‘zbekiston severen davlat sifatida o‘z hududining bo‘linib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Hududi boMinishi uchun qilinadigan har
qanday harakatlarga qarshi
tegishli choralarni ko‘radi.
0 ‘zbekistonning suverenligi hududi, chegaralari daxlsizligini barqaror saqlash
imkonini berdi. Rasmiy ravishda mustaqil respublika hisoblanib, Ittifoq tarkibida
turgan vaqtda, m arkazning ko‘rsatmasi, irodasi bilan
ayrim hududlarni boshqa
respublikalarga o‘tib ketish hollari uchrab turar edi. Bu boshqa respublikalar
misolida ham tez-tez uchrab turgan. Respublikalar chegara va hududlarini
M arkaz
tashabbusi bilan, ayrim hollarda faqat bir kishining istagi bilan osongina
o‘zgartirish mumkinligining o‘zi har qanday respublika rasmiy mustaqil davlat
hisoblansa-da, aslida, suveren huquqi bo‘lmaganligini ko‘rsatuvchi isbotdir.
0 ‘zbekiston,
haqiqatan ham, suveren davlat bo‘lgach, bunday o‘zboshimchalik
barham topdi.
Dostları ilə paylaş: