O. T. Husanov konstitutsiyaviy


  Konstitutsiyaning vujudga kelishi va uning jamiyat hayoti taraqqiyotidagi o'rni, 0 ‘zbekiston



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


Konstitutsiyaning vujudga kelishi va uning jamiyat hayoti taraqqiyotidagi o'rni, 0 ‘zbekiston
K onstitutsiyasining yaratilishi, unda fuqarolar ishtiroki va K onstitutsiyam izning rivojlanishi haqida eng
muhim m a’lumotlarni akademik A. Saidov tomonidan yaratilgan « 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi tarixi*
asaridan olish mumkin. - T: «TASVIR», 2018.
23


Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni, cheklanmagan davlat hokimiyati 
xavfli ekanligini anglagan davlat falsafasining ma’lum elementi bo‘lib qoldi. 
Hokimiyatning cheklanmaganligi og‘ir oqibatlarga, to‘ntarishlarga, inqirozga 
olib kelishini oddiy xalq emas, hukmronlar ham tushunib yetdi va davlat 
hokimiyatini cheklash vazifasi Konstitutsiyaga yuklandi. Natijada, turli 
davlatlarda konstitutsiyalar qabul qilinishi natijasida uzoq davr hukm surayotgan 
va jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan mutlaq davlat hokimiyatini 
cheklash belgilandi. Bu, o‘z navbatida, jamiyatning boshqa a’zolari - xalqni 
huquq va erkinliklar bilan ta’minlashga olib keldi. Konstitutsiya hokimiyat va 
erkinlik, davlat va shaxs o‘rtasida mutanosib muvozanat bo‘lishini ta’minlovchi 
vosita bo‘lib maydonga chiqdi.
Lekin Konstitutsiyalarning vujudga kelishi, davlatlar tomonidan qabul qilinishi 
hamma vaqt yoki hamma joyda ko‘zlangan natijani bermadi yoki bermaydi. 
Chunki eng demokratik prinsiplar va ko‘pchilik manfaatiga mos qoidalardan iborat 
Konstitutsiyalar ham, tegishli tuzumlarning, xususiyatlaridan, hokimiyatdagi 
hukmronlarning xohish-irodasidan kelib chiqib, tor doira manfaatlariga xizmat 
qilishi mumkin. Buni Sobiq Ittifoq konstitutsiyaviy tajribasidan ham aniq ko‘rish 
mumkin.
Shuning uchun «Davlat va Konstitutsiya» deganda, ularni faqat do‘stlikda, 
hamkorlikda deb qarash uncha to‘g ‘ri emas. «Davlat va Konstitutsiya» o‘rtasida 
qarama-qarshilik bo‘lishi ham tabiiydir.
Lekin jamiyat mavjud qarama-qarshiliklarni hech kuch ishlatmay hal qilish 
yo‘lini topsa, bunday qarama-qarshiliklar xavfli bo‘lmaydi.
Demokratik davlatlar - konstitutsiyaviy davlatlardir. Lekin har qanday 
Konstitutsiyaga ega davlatni konstitutsiyaviy yoki demokratik davlat deb bo‘ lmaydi. 
Davlatni ham demokratik, ham konstitutsiyaviy deb atash uchun demokratik 
prinsip va qoidalardan iborat Konstitutsiyasi bo‘lishi va Konstitutsiyaning barcha 
normalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Barcha dunyo mamlakatlarining konstitutsiyalarini ko‘rsak, ularni yo xalq 
qabul qilgan, yoki xalq nomidan qabul qilingan, degan iboralarni uchratamiz. 
Masalan, AQSh Konstitutsiyasida: «Biz AQSh xalqi...», Germaniya Konstitutsiyada: 
«Mazkur asosiy qonunni nemis xalqi o‘zini ta’sis hokimiyati kuchi bilan qabul 
qildi», Fransiya Konstitutsiyasida: «Fransuz xalqi Konstitutsiyaviy qonunni 
ma’qulladi», degan so‘zlar bo‘lsa, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining muqaddimasida: 
«o‘zining muxtor vakillari siymosida 0 ‘zbekiston Respublikasining, mazkur 
Konstitutsiyani qabul qiladi», - deb qayd qilingan.
Hamma konstitutsiyalarda uning yo xalq nomidan, yoki ularning muxtor 
vakillari tomonidan qabul qilinishi ko‘rsatilar ekan, tabiiy holda u xalq manfaatini 
ifoda etishi kerak.
Xalq manfaati ularda huquq va erkinliklarning o‘rnatilishi hamda ularni 
amalga oshirish mexanizmini ta’minlash choralarini belgilash; shu maqsadda 
davlat hokimiyati, uning tuzilmalarini tashkil qilishning demokratik tartibini
24


belgilash; davlat hokimiyati faoliyatini qonun darajasida ifodalash; jamiyatning 
boshqa tuzilmalari bilan davlat munosabatini o‘rnatish orqali ta’minlanadi.
Konstitutsiya yana xalq suvereniteti, davlat suvereniteti, davlat hokimiyati 
manbalarini mustahkamlaydi. Rossiya Konstitutsiyasining3-moddasida: «Rossiya 
Federatsiyasida hokimiyatning yagona manbasi va suverenitet egasi yagona 
xalq», 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida: «Xalq davlat hokimiyatining 
birdan-bir manbaidir», degan qoidalar mavjud. Shundan, agar hokimiyat totalitar 
bo‘lsa, xalqning tabiiy huquqlarini buzsa, xalqda unday hokimiyatni ag‘darib 
tashlash huquqi bo‘ladi. Bu xalq suverenitetining haqiqiy ma’nosini ko‘rsatadi.
Shuningdek, konstitutsiyalar mamlakat birligini, hududlar bo‘linib ketmasligini 
ta’minlovchi normalardan iborat bo‘ladi. Konstitutsiya AQShda vujudga kelgan 
bo‘lsa-da, uning rivojlanishiga barcha xalqlar hissa qo‘shgan va qo‘shadi.
Ijtimoiy munosabatlarning kengayib borishi, ijtimoiy hayotning rivojlanishi 
konstitutsiya normalari bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning 
kengayib 
borishini 
taqozo 
etadi, 
bu, 
o‘z 
navbatida, 
konstitutsiyalarni 
takomillashtirishni taqozo etadi. Bu holatni dastlabki konstitutsiyalar bilan hozirgi 
davrda qabul qilingan konstitutsiyalarni taqqoslasak, qiyoslasak'aniq ko‘ramiz.
AQSh Konstitutsiyasi faqat hokimiyat va federatsiya subyektlarining 
huquqiy holati, keyingi kiritilgan qo‘shimchalar asosida fuqarolarning huquq, 
erkinliklarini tartibga solish bilan chegaralansa, keyingi davrda qabul qilingan 
va qilinayotgan konstitutsiyalarning vazifasi, maqsadi juda kengdir.
Hozirgi konstitutsiyalar faqat shaxs va davlat munosabati, hokimiyat 
tizimini mustahkamlab qolmay, jamiyatdagi boshqa tuzilmalar faoliyatini ham 
tartibga solmoqda, masalan, jamoat birlashmalari, oila va boshqalar. Bundan 
tashqari, konstitutsiyalarda inson va davlat munosabatida inson manfaatlarining 
ustunligini ta’minlovchi, hokimiyat faoliyatini cheklovchi, davlatga aniq 
majburiyatlar yuklovchi normalar kengroq o‘rin olmoqda.
Har bir mamlakatning konstitutsiyasiga xos eng asosiy xususiyat bu -
konstitutsiyaning asosiy qonunligidir. Konstitutsiyaning umumiy xususiyatlari 
ana shundan kelib chiqadi va ularga qo‘yiladigan umumiy talablar bo‘lishini 
keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga, konstitutsiyalar ma’lum taraqqiyot mahsuli, ma’lum 
mamlakatda yashayotgan xalqning ongi, dunyoqarashi mahsulidir. Unda tarixiy 
taraqqiyot tajribasi, milliy qadriyatlar, xalqning ma’naviy va axloqiy turmush 
tarzi, albatta, aks etadi, bu har bir mamlakat konstitutsiyalarida umumiylik 
bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishini taqozo etadi. Bunga 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasini o‘rganish vaqtida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
«Konstitutsiya insoniyat tarixida taraqqiyotning ma’lum vaqtida, yangilikning 
eskilik ustidan, erkinlikning haqsizlik ustidan, taraqqiyotning turg‘unlik ustidan 
g ‘alabasini qonuniy mustahkamlagan hujjat bo‘lib, u insonning or-nomusi, 
qadr-qimmati, mol-mulki himoyachisidir», degan ta’rif konstitutsiyaning o‘rnini 
ko‘rsata oladi va bunga e’tiroz bo‘lmasa kerak.
25


Konstitutsiyaning vujudga kelishi insoniyat tarixi taraqqiyoti mahsuli bo‘lib, 
u butun dunyoda rivojlanishga katta hissa qo‘shmoqda.
0 ‘zbekiston Birinchi Prezidentining: 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin