II bob. KONSTITUTSIYAVIY NAZARIYA ASOSLARI1
l-§ . K onstitutsiya va davlat
Hozirgi kunda konstitutsiyani davlatsiz, davlatni konstitutsiyasiz tasavvur
qilish qiyin. Lekin ular ijtimoiy taraqqiyotning turli davri mahsulidir.
Davlat konstitutsiya paydo bolgan davrdan ancha
ilgari vujudga kelgan va
konstitutsiyasiz faoliyat ko‘rsatgan. «Konstitutsiya» atamasi Konstitutsiya Asosiy
qonun bo‘lgunga qadar ham mavjud bo‘lgan. Bu atama baynalminal atama bo‘lib,
lotin tilidan olingan va «o‘rnataman», «tasdiqlayman» degan ma’noni anglatadi.
«Konstitutsiya» atamasi hozirda «tuzilish» degan ma’noda ham ishlatiladi.
Yuridik jihatdan Rim imperatorlarining ko‘rsatmalari ham konstitutsiya deb
atalgan davrlar bo‘lgan.
Biz o‘rganadigan konstitutsiya esa, davlatning asosiy qonuni sifatida qaraladi.
Davlatlar paydo bo‘lgan davrdan boshlab davlat va shaxs o‘rtasida
munosabatlar mavjud bo‘lgan va munosabatlar o‘lchovida
davlat manfaati doimo
ustun bo‘lib kelgan (ma’lum vaqtgacha). XVII-XVIII asrlarda fuqarolarning o‘z
erki uchun, huquq uchun kurashi nihoyatda kuchaygan. Feodal tuzum o‘rnida
vujudga kelgan burjua tuzumi ham shu kurashlar natijasidir. Ana shu davrlarda
eski tuzum o‘rniga kelgan burjua tuzumi progressiv xarakterda bo‘lib, bu davrda,
eng avvalo, insonlarning huquq va erkinliklarini
qonunlarda mustahkamlash
amalga oshirib borildi.
Shu davrdagi demokratik revolyutsiyalar natijasida qo‘lga kiritilgan
yutuqlarni alohida qonunlar doirasida mustahkamlash zarurati tu g ‘ildi. Bunday
qonun sifatida konstitutsiya paydo bo‘ldi. Dastlabki
Konstitutsiya hisoblanuvchi
AQShning 1787-yilgi Konstitutsiyasi davlatning asosiy qonuni sifatida o‘rnatildi.
U qonunchilik, ijro, sud hokimiyatini tashkil etish prinsiplari va tartibi,
federatsiya tarkibiga kiruvchi subyektlar huquqlarini
belgilash bilan cheklangan
edi. Fuqaro, shaxs huquqlari unda belgilanmadi, bu Konstitutsiyada faqat
Kongress fuqarolar huquq va erkinliklariga zid keluvchi
qonunlar qabul qilishi
mumkin emas degan qoida o‘z aksini topgan. Konstitutsiya yaratuvchilarining
fikricha, «nima taqiqlanmasa, shu mumkin» degan g ‘oya,
prinsip fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishi, ta’minlashi mumkin.
Lekin xalq bunga rozi bo‘lmadi, ular asosiy qonunda huquq va erkinliklarni
alohida mustahkamlab qo‘yishni talab qilib chiqdi va ularning talabi
asosida ikki
yil ichida Konstitutsiyaga o‘nta qo‘shimcha kiritildi va bu qo‘shimchalar inson
huquqlariga taalluqli bo‘lib, «Huquqlar haqida Bill» deb tarixga kirdi.
Dostları ilə paylaş: