O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzu ni m u sta h k a m la sh u ch u n savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzu ni m u sta h k a m la sh u ch u n savollar
1. «Konstitutsiyaviy huquq» atamasi qanday ma’nolarda ishlatiladi?
2. Konstitutsiyaviy huquqning huquq sifatidagi tushunchasi qanday?
3. Konstitutsiyaviy huquqning huquq sifatidagi predmeti nima?
4. Nima uchun konstitutsiyaviy huquq huquq tizimida yetakchi hisoblanadi?
5. Konstitutsiyaviy huquqni alohida huquq tarmog‘i sifatida ko‘rsatuvchi 
belgilar qaysi?
6. Konstitutsiyaviy huquq normalari nima?
7. Konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar nima?
8. Konstitutsiyaviy munosabatlar qanday munosabatlar va ularning 
subyektlari kimlar?
9. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari nimalar?
10. Konstitutsiyaviy huquq tizimi qanday tuzilgan?
11. «Konstitutsiyaviy huquq» fani qanday fan va uning predmeti nima?
12. «Konstitutsiyaviy huquq» fanining vazifasi nimalardan iborat?
13. «Konstitutsiyaviy huquq» fanining boshqa fanlar bilan munosabati 
qanday?
22


II bob. KONSTITUTSIYAVIY NAZARIYA ASOSLARI1
l-§ . K onstitutsiya va davlat
Hozirgi kunda konstitutsiyani davlatsiz, davlatni konstitutsiyasiz tasavvur 
qilish qiyin. Lekin ular ijtimoiy taraqqiyotning turli davri mahsulidir. 
Davlat konstitutsiya paydo bolgan davrdan ancha ilgari vujudga kelgan va 
konstitutsiyasiz faoliyat ko‘rsatgan. «Konstitutsiya» atamasi Konstitutsiya Asosiy 
qonun bo‘lgunga qadar ham mavjud bo‘lgan. Bu atama baynalminal atama bo‘lib, 
lotin tilidan olingan va «o‘rnataman», «tasdiqlayman» degan ma’noni anglatadi. 
«Konstitutsiya» atamasi hozirda «tuzilish» degan ma’noda ham ishlatiladi. 
Yuridik jihatdan Rim imperatorlarining ko‘rsatmalari ham konstitutsiya deb 
atalgan davrlar bo‘lgan.
Biz o‘rganadigan konstitutsiya esa, davlatning asosiy qonuni sifatida qaraladi.
Davlatlar paydo bo‘lgan davrdan boshlab davlat va shaxs o‘rtasida 
munosabatlar mavjud bo‘lgan va munosabatlar o‘lchovida davlat manfaati doimo 
ustun bo‘lib kelgan (ma’lum vaqtgacha). XVII-XVIII asrlarda fuqarolarning o‘z 
erki uchun, huquq uchun kurashi nihoyatda kuchaygan. Feodal tuzum o‘rnida 
vujudga kelgan burjua tuzumi ham shu kurashlar natijasidir. Ana shu davrlarda 
eski tuzum o‘rniga kelgan burjua tuzumi progressiv xarakterda bo‘lib, bu davrda, 
eng avvalo, insonlarning huquq va erkinliklarini qonunlarda mustahkamlash 
amalga oshirib borildi.
Shu davrdagi demokratik revolyutsiyalar natijasida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarni alohida qonunlar doirasida mustahkamlash zarurati tu g ‘ildi. Bunday 
qonun sifatida konstitutsiya paydo bo‘ldi. Dastlabki Konstitutsiya hisoblanuvchi 
AQShning 1787-yilgi Konstitutsiyasi davlatning asosiy qonuni sifatida o‘rnatildi.
U qonunchilik, ijro, sud hokimiyatini tashkil etish prinsiplari va tartibi, 
federatsiya tarkibiga kiruvchi subyektlar huquqlarini belgilash bilan cheklangan 
edi. Fuqaro, shaxs huquqlari unda belgilanmadi, bu Konstitutsiyada faqat 
Kongress fuqarolar huquq va erkinliklariga zid keluvchi qonunlar qabul qilishi 
mumkin emas degan qoida o‘z aksini topgan. Konstitutsiya yaratuvchilarining 
fikricha, «nima taqiqlanmasa, shu mumkin» degan g ‘oya, prinsip fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishi, ta’minlashi mumkin.
Lekin xalq bunga rozi bo‘lmadi, ular asosiy qonunda huquq va erkinliklarni 
alohida mustahkamlab qo‘yishni talab qilib chiqdi va ularning talabi asosida ikki 
yil ichida Konstitutsiyaga o‘nta qo‘shimcha kiritildi va bu qo‘shimchalar inson 
huquqlariga taalluqli bo‘lib, «Huquqlar haqida Bill» deb tarixga kirdi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin