Konstitutsiyaning 78-moddasida Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni
amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan. 83-moddasida qonunchilik tashabbusiga
ega subyektlar doirasi belgilangan va 84-moddada qonun yaratish jarayoni
mustahkamlangan. Unga asosan, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda
e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. Qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan
konstitutsiyaviy qonunlar mutloq ko‘pchilik ovoz bilan ( 0 ‘zbekistonda uchdan
ikki qism ovoz bilan) qabul qilinadi.
Qonun qabul qilish jarayoni keng ravishda darslikning boshqa mavzularida
bayon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: